Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

 


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
152 
TARIX DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING 
O‘RNI 
Rahimova H.I. - Navoiy shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi 
 
 
Annotatsiya: 
maqolada O‘zbekisron Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishda yangi 
ilgor pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi va ushbu jarayonning samarali tashkil 
etilishining samarali omillari, Maktablarda o‘qitilayotgan ijtimoiy, shu jumladan tarix fani 
darslarida pedagogik texnologiyalarning qay darajada ahmiyat kasb etishi istiqboldagi 
samarali jihatlari haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.
Аннотация:
в статье рассматривается внедрение новых передовых педагогических 
технологий в развитие системы образования Республики Узбекистан и действенные 
факторы эффективной организации этого процесса, значение педагогических 
технологий в социальной, в том числе исторической, преподаваемой в школах и 
обратная связь предоставляется. 
Annotation: 
the article discusses the introduction of new advanced pedagogical 
technologies in the development of the education system of the Republic of Uzbekistan and 
the effective factors of the effective organization of this process, the future effectiveness of 
pedagogical technologies in schools, including history and feedback is provided. 
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi, insoniyat fan o‘qi atrofida aylanayotgandek go‘yo. Jahonning yetakchi 
davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz 
emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari 
bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Darhaqiqat, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev so‘nggi yillarda ta’lim sohasini isloh 
qilishga, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirishga, xususan, tizimga rivojlangan 
xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etishga jiddiy e’tibor qarata boshladi. Binobarin, 
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni 
tasdiqlanishi buning yaqqol isbotidir. Qolaversa, “2017–2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yich Harakatlar strategiyasi”da ham ta’lim sohasini 
tubdan takomillashtirishga e’tibor qaratilgan. 
Ushbu konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari 
ta’lim tizimini tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash o‘sib kelayotgan 
yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga 
ko‘tarish, o‘quv tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish 
maqsadida tasdiqlandi, shuningdek O‘zbekistonni 2030-yilga kelib PISA (The Programme 
for International student Assessment) Xalqaro miqyosida o‘quvchilarni baholash dasuri 
reytengi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilgor mamlakati qatoriga kirishiga erishish 
maqsadi ustuvor qilib belgilandi. 
Haqiqatan keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga 
oshirilayotgan islohatlarning asosini jahon ta’limi standartlariga javob bera oladigan ilgor 
tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim -tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch sarflab, 
yuqori samaradorlikka erishish yo‘lida amaliy faoliyat olib borilmoqda, Hozirgi kunda 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa 
o‘quvchilarning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarni orttirish, ularning tasavvurlarini 
kengaytirishdan iborat. Ana shu ishni amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator 
tadbirlar bajarildiki natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim samaradorligining 
muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri bu 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning haqiqatni birgalikda izlash va o‘quvchilarning butun dars 



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish