Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент архитектура қурилиш институти мухандислик қурилиш инфраструктураси факультети



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/36
Sana27.04.2020
Hajmi0,91 Mb.
#47414
TuriДиплом
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
aralash usul bilan portlandtsement ishlab chiqarish



 

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 



 

ТОШКЕНТ АРХИТЕКТУРА ҚУРИЛИШ ИНСТИТУТИ 

 

МУХАНДИСЛИК ҚУРИЛИШ ИНФРАСТРУКТУРАСИ ФАКУЛЬТЕТИ 

 

ҚУРИЛИШ МАТЕРИАЛЛАРИ, БУЮМЛАРИ ВА КОНСТРУКЦИЯЛАРИ 

ТЕХНОЛОГИЯСИ КАФЕДРАСИ 

 

 

 

 



 

 

 

 



Мавзу: «Аралаш усул билан портландцемент ишлаб чиқариш» 

 

 



 

ДИПЛОМ ЛОЙИХА 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 



Диплом бажарди: Тохиров Ж. 

Диплом рахбар: Қодирова Д. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

ТОШКЕНТ – 2012 


 

 



MUNDARIJA: 

Bet 


1.  Kirish…………………………………………………………………….2 

2.  Texnologik qism………………………………………………………..12 

 

Mahsulotning nomenklaturasi……………………………………....13 



 

Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash…………………......….32 

 

Sexning ish rejimi…………………………………………….……..39 



 

Buyum turlari bo‘yicha sex mahsuldorligini hisoblash……………..40 

 

Xom ashyo va yarim fabrikatlarga sexning talabini aniqlash……….41 



  Texnologik uskunalarni tanlash va asoslash………………………...43 

3.  O‘rta kalonnani hisoblash…………………………………....................46 

4.  Iqtisodiy qism…………………………………………………………...51 

5.  Mehnat muhofazasi……………………………………………………..57 

6.  Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………74 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

O‗tgan yili faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va 



texnologik  qayta  jihozlash  hamda  zamonaviy,  yuksak  texnologiyalarga  asoslangan 

yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati 

yuritishga alohida e‘tibor qaratildi. 

Mamlakatimiz 

iqtisodiyotini 

rivojlantirishga 

yo‗naltirilayotgan  kapital 

qo‗yilmalar hajmi ancha oshib, o‗tgan yilga nisbatan ularning o‗sish sur‘atlari 109,3 

foizni,  yalpi  ichki  mahsulot  tarkibidagi  ulushi  esa  24,5  foizni  tashkil  etishi 

kutilmoqda.Shuningdek, xorijiy investitsiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 16 

foizga  ko‗payib,  3  milliard  300  million  dollardan  oshadi.  Mazkur  mablag‗ning  2 

milliard 300 million dollardan ortig‗i yoki qariyb 70 foizini to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 

investitsiyalar  tashkil  etishi  ayniqsa  e‘tiborlidir.Bu  xorijiy  investorlarning 

iqtisodiyotimizning  mustahkamligi  va  barqarorligiga,  eng  muhimi,  O‗zbekiston 

taraqqiyotining istiqboliga bo‗lgan qiziqishi va ishonchi tobora ortib borayotganidan 

yaqqol dalolat beradi. 

O‗tgan  yili  protokol  bilan  belgilangan  topshiriqqa  binoan  mamlakatimizning 

barcha  yirik  korxonalari  va  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  o‗tkazilgan  texnik  audit 

natijasida  37  mingga  yaqin  asbob-uskuna  va  texnologiyalarning  jahon  miqyosida 

sinovdan o‗tgan, zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi. 

Viloyat va hududiy tuzilmalar rahbarlari transport va kommunikatsiya, birinchi 

navbatda  yo‗l  qurilishi  sohasi, shuningdek,  ijtimoiy  va  obodonlashtirish ishlari  ko‗p 

mehnat  talab  etadigan  va  ayni  vaqtda  yaxshi  haq  to‗lanadigan,  aholini  ish  bilan 

ta‘minlash imkonini beradigan tarmoqlar ekanini doimo yodimizda tutishimiz zarur. 

Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  mamlakatimizning  barcha  hududlarini  ishonchli 

ravishda  bog‗laydigan,  mintaqaviy  va  jahon  bozorlariga  chiqishni  ta‘minlaydigan 

O‗zbek  milliy  avtomagistrali  tarkibiga  kiradigan  yo‗llarni  qurish  va  rekonstruksiya 

qilish loyihalarini jadal amalga oshirish biz uchun g‗oyat muhim ahamiyatga ega.Shu 

maqsadda  2012-yilda  517  kilometrlik  avtomobil  yo‗llari,  ikkita  yirik  transport 

bog‗lamasi,  544  pogon-metr  ko‗prik  va  yo‗l  o‗tkazgichlarni  qurish  hamda 

rekonstruksiya 

qilish 


mo‗ljallanmoqda.  Buning  uchun  Respublika  yo‗l 


 

jamg‗armasidan 360 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi, o‗tgan yilga nisbatan 



12,5 foiz ko‗p mablag‗ yo‗naltirish rejalashtirilmoqda. 

O‗zbek  milliy  avtomagistralini  modernizatsiya  qilish  nafaqat  mamlakatimiz, 

balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan strategik ahamiyatga ega ekanini 

inobatga  olgan  holda,  ushbu  loyihani  amalga  oshirishda  Osiyo  taraqqiyot  banki, 

Islom  taraqqiyot  banki,  Arab  Muvofiqlashtirish  guruhi  a‘zolari  singari  xalqaro 

moliya  tuzilmalari  faol  ishtirok  etmoqda.Mazkur  tashkilotlar  tomonidan  742 

kilometrlik  avtomobil  yo‗llarini  qurish  va  rekonstruksiya  qilish,  yo‗l  qurilishi 

bo‗yicha zamonaviy texnika sotib olish uchun 1 milliard 400 million dollarga yaqin 

imtiyozli kreditlar ajratildi. 

Faqat  2012-yilning  o‗zida  ushbu  maqsadlar  uchun  109  million  dollar 

miqdoridagi  mablag‗ni  o‗zlashtirish,  165  kilometr  sment-beton  qoplamali  yo‗llarni 

foydalanishga  topshirish,  jumladan,  Qamchiq  dovoni  orqali  o‗tadigan  yo‗lni 

rekonstruksiya qilish mo‗ljallanmoqda. 

Faqat  o‗tgan  yilning  o‗zida  namunaviy  loyihalar  asosida  umumiy  maydoni  1 

million  100  ming  kvadrat  metrga  teng  bo‗lgan  7  ming  400  ta  xususiy  uy-joy  qurib 

bitkazildi.  Bu  maqsad  uchun  576  milliard  so‗mlikdan  ortiq  investitsiyalar 

yo‗naltirildi, ularning 63 foizidan ziyodini markazlashtirilgan manbalar va ―Qishloq 

qurilish bank‖ mablag‗lari tashkil etadi. 

Joriy yilda umumiy turar-joy maydoni 1 million 200 ming kvadrat metrdan ortiq 

bo‗lgan 8 ming 510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishi rejalashtirilgan, bu esa o‗tgan 

yilga nisbatan 15 foiz ko‗pdir. 

Shu  bilan  birga,  davlat  mablag‗lari,  takror  aytaman  –  byudjet  mablag‗lari 

hisobidan  turar-joy  posyolkalarini  qurish  bo‗yicha  oldindan  tasdiqlangan  kompleks 

rejalarga muvofiq 425 kilometrdan ziyod vodoprovod tarmog‗i, qariyb 260 kilometr 

yelektr liniyalari, 375 kilometr gaz tarmoqlari va 306 kilometr ichki yo‗llar qurilishi 

rejalashtirilgan. 

Ijtimoiy  infratuzilma  ob‘ektlarini  barpo  etish  hisobidan  kompleks  qurilish 

joylarida 26 ta qishloq vrachlik punkti, 10 ta umumta‘lim maktabi va 680 tadan ziyod 

xizmat ko‗rsatish va servis ob‘ekti foydalanishga topshiriladi. 



 

Ushbu  maqsadlarda  yil  davomida  qariyb  810  milliard  so‗mlik  kapital 



qo‗yilmalarni  o‗zlashtirish  rejalashtirilmoqda.  Umuman  aytganda,  Qishloq  joylarda 

uy-joy  qurilishini  rivojlantirishning  2015-yilgacha  mo‗ljallangan  tasdiqlangan 

dasturini  amalga oshirish ishlariga 2  milliard 200  million  AQSh dollari  qiymatidagi 

mablag‗  yo‗naltirish  ko‗zda  tutilmoqda.Bu  dasturning  amalga  oshirilishida  Osiyo 

taraqqiyot  banki  faol  ishtirok  etmoqda.Mazkur  bank  qishloqda  yakka  tartibdagi  uy-

joylar  qurilishiga  500  million  dollar  miqdorida,  jumladan,  2012-yilda  160  million 

dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. 

Shu  borada  masalaning  yana  bir  jihatiga  e‘tiboringizni  qaratmoqchiman. 

―Qishloq  qurilish  bank‖  tomonidan  uning  o‗z  mablag‗lari  va  Osiyo  taraqqiyot 

bankining zayom mablag‗lari hisobidan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi 

uy-joylarni  qurish  uchun  kreditlar  qishloq  aholisiga  imtiyozli  shartlarda,  15-yil 

muddatga  yillik  7  foizli  stavka  bo‗yicha  berilmoqda.  Bu  esa  tijorat  banklarining 

ipoteka  kreditlari  stavkasidan qariyb  ikki barobar  past  bo‗lib, mohiyat  e‘tibori bilan 

qishloqda  yashayotgan  oilalarga  katta  imtiyoz  va  imkoniyat  yaratib  berishga 

qaratilgandir. 

Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va  viloyatlar  hokimliklari, 

―Qishloq  qurilish  invest‖  kompaniyasi,  Davlat  arxitektura  va  qurilish  qo‗mitasi, 

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, ―Qishloq qurilish bank‖ shu yil fevral oyining 

oxirigacha qishloq joylardagi yakka tartibdagi turar-joy massivlarida uy-joylar, tashqi 

muhandislik  va  transport  kommunikatsiyalari,  ijtimoiy  va  bozor  infratuzilmasi 

ob‘ektlarini moliyalashni va ularning qurilishi boshlanishini ta‘minlasin. 

Ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilmani,  transport  va  kommunikatsiyalar 

qurilishini  jadal  rivojlantirish,  aholi  punktlarini  obodonlashtirish  ishlarining 

ko‗lamini kengaytirish hisobidan 2012-yilda qariyb 75 mingta yangi ish o‗rni tashkil 

etish ko‗zda tutilmoqda. 

 

 



 

 



 

Mustaqillik  yillari  davomida  qo‘llanilib  kellanilayotgan  bosqichma  –  bosqich 



islohatlar  siyosati  O‘zbekiston  aholisi  hayotida  farovonlikni  oshirishda  anchagina 

ijtimoiy – iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan rivojlanib kelayotgan Respublika 

jahon hamjamoyati tomonidan tan olindi va o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. 

Yuzaga  kelgan  barcha  imtiyozlardan  unumli  va  oqilona  foydalanish  uchun 

samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi. 

Respublikamiz xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materyallari 

salmoqli  o‘rin  egallaydi.Shu  jumladan  qurilish  materyallarini  umumiy  ishlab 

chiqarish  hajmiga  nisbatan  tsement  –  70  %  ni,shifr  –  15  %  ni,maxsus  qurilish 

materyallari  –  10  %ni  va  boshqalar  -  5  %  ni  tashkil  qiladi.Ushbu  keltirilgan 

ma‘lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki  qurilish  materyallari  ichida  sement  ishlab 

chiqarilishi  katta  ahamiyatga  ega  va  tez  suratlarda  rivojlanib  bormoqda.Masalan 

mamlakatimizda  2000  yilda  3.28  mln  tonna  tsement  ishlab  chiqarilgan  bo‘lsa,bu 

ko‘rsatkich 2009 yilga kelib 6.85 mln tonnaga yetgan. 2011 yilga kelib esa tsement 

ishlab  chiqarilish  hajmi  6.99  mln  tonnani  tashkil  etgan  bo‘lsa  eksport  hajmi  ham 

oshib 1 mln tonnaga etdi. 

Sement  tarixiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,dunyoda  birinchi  sement  ishlab 

chiqaradigan  zavod  1839-yilda  Rossiyaning  Petrburg  shahri  yaqinida  ish  boshlagan 

bo‘lsada,XIX  asrning  oxiri  va  XX  asrning  boshlariga  kelibgina  sement  sanoati  tez 

tarqqiy etgan.  

Ixtiro qilinishi rus harbiy texnigi E Cheliyev va ingliz olimi Jozef Aspidin bilan 

boliq.Eng  qizii  bu  ikki  olimlar  bir-birlaridan  bexabar  holda  bir  vaqtda  1824  -1825 

yillarda sementni kashf qilishgan. 

Angliyalik  tadqiqotchi  Jozef  Aspidin  mustahkam  sunniy  tosh  sohasida  ish  olib 

borib 1824-yilda yaratgan ―Sunniy tosh ishlab chiqarishning takomillashgan usuli‖  

ishi  uchun  patent  oldi.Bu  sunniy  tosh  Portland  shahri  yaqinida  qazib  olinayotgan 

portland toshiga o‘xshaganligi sababli portlandsemet deb atalgan. 

Rus  harbiy  texnigi  E.Cheliyev  esa  suvga  chidamli  sementning  yanada 

takomillashgan turini yaratish hususuda izlanish olib borib,1825 – yili juda muhum  




 

ixtiro  qildi:ohak  bilan  tuproq  aralashmasi  1200  …  1300 



0

C  gacha,ya‘ni  oqarib 

tovlana  boshlaguniga  qadar  kuydirilganiga  qovushib  pishgan  ―kesaklangan‖ 

mahsulot  hosil  bo‘ldi.Uni  tuyib  suvga  qorilsa,suvga  chidamli  va  ajoyib  mexanik 

xossaga  ega  bo‘lgan toshga  aylanadi.E.Cheliyev  o‘zining  o‘sha  kezlarda  Moskvada 

nashr  etgan  ―Arzon  va  yaxshi  mergel  ishlash  yoki  suv  inshoatlari,chunonchi, 

kanal,ko‘prik,havza,to‘g‘on,ombor,yer to‘la qurish hamda ish va yoochli imoratlarni 

suvashda  ishlatiladigan  nihoyatda  pishiq  sement  tayyorlashga  doir  mufassal  yo‘l 

yo‘riqlar‖ degan kitobida shunday yangi sement ishlab chiqarish usulini bayon etgan 

edi. 


Vatanimiz  O‘zbekistonda  esa,  ilk  bor  portlandtsement  ishlab  chiqarish  zavodi 

1918-yil  may  oyidan  Bekobodda  qurila  boshlandi.  Bu  zavod  1926-  yilga  kelibgina 

ishga  tushdi.  Dastlabki  3  yil  davomida  korxona  portlandtsement  ishlab  chiqarishni 

o‘zlashtirib,  yiliga  28  000  tonnadan  mahsulot  berdi.  O‘sha  vaqtlarda  zavod 

zamonaviy  hisoblangan  soatiga  4  tonna  klinker  ishlab  chiqaradigan  45  metrli 

aylanma pechga ega bo‘lgan. Unda xom ashyo va klinkerni tuyuvchi shar tegirmonlar 

va 1000 kVt quvvatli elektrostansiyaga ega bo‘lgan. 

1936  -  1937  yillardagi  birinchi  rekonstruksiyadan  keyin  zavod  yiliga  155  000 

tonna  mahsulot  bera  boshladi.  Zavod  1959  yili  qayta  rekonstruksiya  qilinib,  ancha 

kengaytirildi.  Ikkita  118  metrli  aylanma  pech  o‘rnatildi.  1961  yili  yana  bitta  150 

metrli pech ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik quvvati 720 000 tonnaga yetdi. 

1970  yili  korxona  quvvati  800  000  tonnani  tashkil  etgan  bo‘lsa,  oxirgi  X  besh 

yillikda sement ishlab chiqarish 1 mln 50 000 tonnaga yetdi. 

1995 yilning matr oyidan boshlab Bekobodsement nomi ―Bekobodsement‖ OAJ 

ga  o‘zgartirildi.2003  yildan  beri  zavodning  ishlab  chiqarish  hajmi  oshib 

bormoqda.2007 yildan esa sement ishlab chiqarilishi qo‘shimchlar hisobiga sezilarli 

darajada  ortdi.Bugungi  kunda  ―Bekobodsement‖  OAJ  O‘zbekistonda  sement  ishlab 

chiqarish quvvati bo‘yicha  to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 

Zavod  o‘z  mahsulotini  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyati  bozorlariga 

chiqarish 

bilan 

birga 


Qozoiston 

Respublikasiga 

ham 

eksport 


qilmoqda.Bekobodsement mahsulotlaridan Nurek va Farxod gidroelektrostansiyalari, 


 

Farg‘ona  va  Sirdaryo  issiqlik  stansiyalari,metallurgiya  zavodi,Toshkent  aeroporti, 



Sho‘rtan  gaz-kimyo  kompleksi  va  boshqa  ko‘pgina  elektro-energiya  va  sanoat 

korxonalari 

qurilishida 

foydalanilgan.‖Baykanur‖ 

kosmadromi 

qurilishida 

foydalanilgan  sement  ham  Bekobodda  ishlab  chiqarilgan.  Endilikda  zavod 

texnologiyasi uzluksiz takomillashib,ulkan korxonaga aylandi. 

Mamlakatimizda  ikkinchi  sement  zavodi  1929  -  yili  Quvasoy  shahrida  qurila 

boshlandi.1932  -  yilning  21  fevralida  bu  zavod  ishga  tushurildi.  Birinchi  yili 

Quvasoy zavodi 42,2 tonna sement ishlab chiqardi. Texnologiya takomillashib, ishchi 

va  injener  -  texnik  xodimlar  malakasining  o‘sishi  tufayli  birinchi  5  yillik  oxirida 

zavodning ishlab chiqarish quvvati 120 500 tonnaga yetdi.1946 - 1951 yillarda zavod 

rekonstruksiya  qilinishi  oqibatida  sement  ishlab  chiqarilishi  yiliga  200  000  tonnani 

tashkil  qildi.  1951  -  1959  yillarda  Quvasoy  zavodida  katta  rekonstruksiya  ishlari 

amalga oshirildi, zavod kengaytirilib, 150  metrli pechlar bilan jihozlandi.1959 yilga 

kelib hamma pechlar gaz bilan ishlaydigan bo‘ldi. Zavod quvvati 1960 yili 670 000 

tonnani, 1970 yili yesa 800 000 tonnani tashkil qildi. XX asr 5 yillik oxirida zavod 1 

mln tonna mahsulot berdi. 

1995  –  yili  avgust  oyidan  zavod  aksiadorlik  jamiyatiga  aylntirildi.1996-2001 

yillarda  hamma  asosiy  sexlarga  changyutuvchi  sistemalar  o‘rnatildi.1999  yilda 

Quvasoysement  zavodida  O‘zbekiston  –  Amerika  oltin  qazibolish  ―Zarafshon  - 

Nyumont‖  qo‘shma  korxonasi  uchun  va  Respublikadagi  issiqlik  elektrostansiyalari 

uchun  suv  qattiqligini  bartaraf  qilish  uchun  ohakni  yuqori  sifatli  maydalash 

tenologiyasi ishlab chiqildi va joriy qilindi. 

Quvasoy sement zavodi mahsulotlarini Farona vodiysi va Qiriiston Respublikasi 

bozorlarini  ta‘minlab  kelmoqda.Zavod  sement  yetishtirib  berish  bo‘yicha 

respublikamizda 3 o‘rinda turadi. 

Zavod  mahsuloti  asosida  To‘xtagul  Gidroelektrstansiyasi  va  Andijon  suv 

ombori 


qurilgan.Shuningdek 

―Faronaqurilish‖, 

‖Namanganqurilish‖ 

va 


―Andijonqurilish‖ trestlari zavodning doyimiy mijozlaridir. 

Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng boshqa zavodlardan ko‘chib keltirilgan jihozlar 

hisobiga Angren shahrida bir soatda 6.2 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega 



 

bo‘lgan , uzunligi 57,5 metr,diametri 3 metr bo‘lgan bir pechli zavod qurildi. Kichik 



hisoblangan bu zavodning yillik quvvati 40 000 tonnaga ham yetmas edi. Zavod 60- 

yillarning  o‘rtalarida  qayta  jihozlanib,  80  metrli  pechlar  o‘rnatildi.  Zavodning  yillik 

o‘rtacha qiymati esa 50 ming tonnani tashkil yetdi.1977 yiling boshiga qadar Angren 

sement  zavodi  yiliga  60  ming  tonna  oq  sement  ishlab  chiqardi.1989  yilda  ―Angren 

qurilish  materyallari  kombinati‖  qoshida  ―Sementchi‖  koperativi  tashkil 

qilinadi.1992  yilda  esa  davlat  mulkiga  aylantirlidi.1995  yildan  ―Angren  qurilish 

materyallari  kombinati‖    Ochiq  turdagi  aksiodorlik  jamiyatiga  aylantirilsa,2002 

yildan  ―Angren  sement  kombinati‖OAJ  ga  o‘zgartiriladi.  Hozirda  bu  yerda  4  xil 

rangli sement ishlab chiqarilmoqda. 

1968  yilning  boshida  Ohangaron  sement  zavodi  ishga  tushiruldi.  Ohangaron 

sement  zavodi  yiliga  2  mln  tonna  sement  ishlab  chiqarilmoqda.  M.ulomov 

tavsiyasiga  binoan  Angrendagi  past  sifatli  kaolinitli  tuproqdan  va  Ohangoron 

ohaktoshidan  juda  yaxshi  qovushib  pishadigan  yuqori  mustahkamlikga  ega  bo‘lgan 

oq sement olinmoqda.1983 yilda sement tegirmonlari taminlandi.1995 yildan soatiga 

2000  qopda  chiqarish  quvvatiga  ega bo‘ldi.2006  yili  ―Yevrosement  group‖  Xolding 

zavodi tarkibiga kirganidan keyin rivojlanishning yangi bosqichga ko‘tarildi. 

2008-yili  ―Oxongaronsement‖OAJ  portlandsement  ishlab  chiqaruvchi  zavodiga 

O‘zbekstandart  agentligi  tomonidan  ―O‘zbekistonning  eng  yaxshi  maxsuloti‖ 

diploma  topshirildi.2009  yili  esa  tashkilot  ―Yevrosement  group‖  Xoldingning  ―Eng 

foydali tashkiloti ‖ kubogi bilan taqdirlandi. 

Bugungi  kunda  O‘zbekistonda  sement  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  eng  yirik 

hisoblangan  ―Qizilqumsement‖  OAJ  ga  1977-yili  asos  solindi.1977  –  1978  yilarda 

birinchi  va  ikkinchi  linyalardagi  diametrlari  6,4/7  mater  uzunligi  95  metr  bo‘lgan 

aylanma  pechlari  ishga  tushurildi.1989  yili  esa  uchinchi  linyasi  diametri  4,5  va 

uzunlgi 97,5  metrli  aylanma  pechi o‘rnatildi.har bir  aylanma  pechning  loyihalangan 

quvvati sutkasiga 3 000 tonna klinkrni tashkil qiladi. 

Bugungi  kunda  ―Qizilqumsement‖  OAJ  64  %  aksiyalari  davlatga,24  %  ishchi 

xodimlarga,qolgan  13  %  esa  aksiodorlarga  tegishli.Korxonada  2300  ga  yaqin  odam 




10 

 

ishlamoqda.  ―Qizilqumsement‖  OAJ  zavodi  O‘zbekistonda  ishlab  chiqariladigan 



sementning 55 %,eksportning 70 % ini ishlab chiqaradi. 

1996 yildan boshlab sementlar qoplarda ham chiqariladigan bo‘ldi. 

―Qizilqumsement‖ OAJ sement ishlab chiqaradigan zavodning O‘zbekistondagi 

boshqa  zavodlardan  farqi  shundaki,bu  zavodda  sement  quruq  usulda  ishlab 

chiqariladi,boshqa zavodlarda esa ho‘l usulda. 

Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  sement  ishlab  chiqarishda  quydagi  zavodlar 

yetakchilik qilad: 

―Qizilqumsement‖ OAJ - 3.1 mln tonna; 

―Oxongaronsement‖ OAJ - 1.74 mln tonna; 

‖Quvasoysement‖OAJ - 920 ming tonna; 

AK  ―O‘zqurilishmateryallari‖  dunyoda  sement  ishlab  chiqarish  bo‘yicha 

yetakchi hisoblangan Lafarge (Fransiya) kompanyasi bilan hamkorlikda Vatanimizda 

yana  bitta  quruq  usulda  sement  ishlab  chiqariladigan  zavod  Jizzax  viloyatida 

qurilishiga kelishildi.Ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 mln tonna bo‘ladi. Zavod 2013 

yilda ishga tushurilishi kutilmoqda. 

Bugungi  kunda  sement  tayyorlash  texnalogiyasi  sohasi  oldida  bir  qancha 

vazifalar  turadi.  Bu  vazifalarga  1000-2000  markali,  mustahkamlik  darajasi  yuqori 

hamda  o‘ta  tez  qotib,  sutka  mobaynida  markadagi  mustahkamligining    70%  iga 

erishadigan sementlar tarkibini ishlab chiqarish va ularni tadbiq etish kiradi. Bunday 

sementlar  asosida  tayyorlanadigan  betonlar  va  beton  konsruksiyalar  korroziyaga, 

sovuq,quruq va issiq iqlim sharoitiga chidamliligi bilan birga suv  o‘tkazmaslik kabi 

xossalarini oshirishi ham muhim vazifalardandir. 



 


11 

 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish