Kiyimlarga qo‗shimcha pardoz berish. Bu kiyimning estetik
xususiyatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi. U o„ziga xos
xususiyatlariga qarab, ikki guruhga bo„linadi: konstruktiv-texnologik va
bezakli. Bezakli pardozlash buyumlarning tuzilishi bilan bog„liq
bo„lmasdan, balki kiyimlarni bezash maqsadida balariladi, xolos.
Konstruktiv-texnologik
pardozlashda quyidagilar qo„llaniladi:
buklamlar, qat-qatlar (gafrerovka), plisseravka (dazmol urib qat-qat
qilingan), burmalar, to„lqinlar, jabolar (burma hoshiyalar), mag„izlar,
beykalar, yoqacha va manjetlar (olib qo„yiladigan) va boshqalar.
Bezak pardozlar (bezash)ga kashtalar, applikatsiyalar, popuklar,
to„rlar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |