Hunarmandchilik asboblari. Ishlatilishi bo„yicha yog„ochga,
metallga hamda polimerga ishlov berish turlari mavjud. Yog„ochga ishlov
berish uchun parmadasta (drel), randa, qilarra (lobzik) va yog„ochni
kuydirib naqsh solish asboblari ishlab chiqariladi. Metallga ishlov berishda
kavsharlagich, payvandlash asbobi, temirchilik va charxlash dastgohlari
ishlatiladi. Polimerlarga ishlov berish uchun kauchukni oltingugurt va
qurum ishtirokida rezinaga aylantirib yamoq soluvchi vulkanizatorlar (lot.
olov xudosi) va polietilenni ulaydigan asboblardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |