Uy tozalash asboblari. Bularga changyutkich, pol ishqalagich,
qurum hamda axlat tozalagichlar kiradi. Changyutkichlar kollektor
dvigateli, tortuvchi nasos hamda changto„plagichdan tashkil topgan.
Havoning yo„nalishi bo„yicha uyurma (vixr) va to„g„ri oqimli turlari
bo„ladi. Uyurtma changyutkichlarda havo to„g„ri chiqib ketmasdan
yo„nalishini o„zgartiradi, shu sababli chang yaxshiroq tozalanadi.
Ishlatishdagi holatiga qarab yerda turadigan, qo„l bilan yurgiziladigan yoki
cho„tka shaklidagi turlarga bo„linadi. Pol ishqalagichlar parket pollarni
silliqlash uchun ishlatiladi. Qurum tozalash uskunalari changyutkich-
polishqalagich va polishqalagich, polyuvgich shakllarida bo„lishi mumkin.
Axlat tozalagichlar axiatni maydalab kanalizatsiyaga jo„natishi, kuydirishi
yoki prcsslab berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |