S. R. Matiyazova, G. D. Adilova


Birgalikda sug’urta qilish



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

Birgalikda sug’urta qilish
- bitta sug’urta shartnomasi doirasida riskni ikki 
yoki undan ortiq sug’urta kompaniyalari o'rtasida taqsimlanishi. Ushbu 
shartnomada har bir sug’urtalovchining huquq va majburiyatlari ko'rsatiladi. 
Birgalikda sug’urta qilishda sug’urtalanuvchiga qo'shma polis yoki har bir sug’urta 
kompaniyasi o'z zimmasiga olgan risk hissasiga muvofiq alohida polis beriladi. 
Bonus
– sug’urta kompaniyasi o'zi uchun qulay shartlarda sug’urta 
shartnomasini tuzganligi uchun sug’urtalanuvchiga u to'laydigan sug’urta mukofoti 
miqdoridan chegirmalar belgilaydi. 
Bosh polis
- sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o'rtasidagi yozma 
bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug’urtalanuvchi barcha 
obyektlarni sug’urta kompaniyasiga sug’urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida 
bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis 
asosida sug’urtalash tashqi savdo yuklari sug’urtasida keng tarqalgan. 
Sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga har bir jo'natilgan yuk haqidagi 
ma'lumotlar (yukning vazni, sug’urta summasi, yukni jo’natish va qabul qilib olish 
punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa yetarli, yuk avtomatik ravishda 
sug’urtalangan hisoblanadi. 
Broker
– sug’urta qildiruvchining nomidan va topshirig’iga binoan sug’urta 
shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo'yicha faoliyatni amalga 
oshiruvchi yuridik shaxs. 
Brutto-mukofot
– sug’urta shartnomalarini tuzish, ish yuritish harajatlarini 
hisobga olgan holdagi sug’urta mukofotlari summasi.
Brutto
stavka
sug’urta qoplamasini (sug’urta summasini) to'lashga 
mo'ljallangan netto-stavka va ish yuritish xarajatlarini qoplashga mo'ljallangan 
netto-stavkaga yuklama summalarini o'z ichiga olgan sug’urta mukofotlarining 


180 
tarif stavkasini bildiradi. Ko'pgina adabiyotlarda ushbu ibora sug’urta tarifi 
ma'nosida ham ishlatiladi.
Denonsatsiya
- shartnomadan voz kechish. Agar sug’urta munosabatlarida 
tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi to'g’risida ikkinchi 
tomonga ma'lum qilmasa, shartnoma unda ko'rsatilgan muddatgacha kuchda 
bo'ladi. 
Depozit
- 1) sug’urta kompaniyasining bank muassasasida saqlanadigan pul 
mablag’i yoki qimmatli qog’ozlari. Bank odatda, sug’urta kompaniyasiga o'z pulini 
bankda saqlagani uchun foiz to'laydi; 2) ayrim mamlakatlar qonunchiligiga 
muvofiq, chet mamlakat sug’urta kompaniyasi, agar biror boshqa mamlakatda 
sug’urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo'lsa, dastlab u o'sha mamlakat bank 
muassasasiga tegishli pul mablag’ini depozitga qo'yadi. Mazkur depozit, chet 
davlat sug’urta kompaniyasining boshqa mamlakat hududida sug’urta faoliyatini 
amalga oshirishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish