Bog'liq Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì
Jamiyatning siyosiy sohasi (yoki sodda qilib aytganda - siyosat) sotsium
tuzilmasining asosiy qismlaridan biridir. Keng ma’noda «siyosat» va «siyosiy soha»
tushunchalari bir-biriga mos keladi. Tor ma’noda siyosat deganda odamlarning,
siyosiy kuchlarning hokimiyatga egalik qilishi, uni saqlab turish, mustahkamlash va
amalga oshirishga qaratilgan ongli xatti–harakati tushuniladi. Jamiyatning har bir
a’zosi ma’lum bir darajada: davlatning fuqarosi sifatida, siyosiy partiya yoki ijtimoiy-
siyosiy tashkilotning a’zosi sifatida, mehnat jamoasi yoki jamoatning a’zosi sifatida
siyosiy soha bilan bog‘liqdir.
Turli manfaatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy guruh va jamoatlarning shakllanishi va
faoliyat ko‘rsatishi ular o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning shakllanishida muhim
bir asosga aylanadi. Antik davrdan beri «siyosiylik» so‘ziga ta’rif berishga harakat
qilib kelindi. Masalan, Arastu barcha sohalar orasida siyosatga qat’iy ravishda
birinchilikni bergan, jumladan, «agar barcha bilim va san’atlarning oxirgi maqsadi
yaxshilik bo‘lsa, unda barcha bilim va san’atlar orasida eng oliy yaxshilik siyosatning
maqsadidir», deb baho bergan edi.
Hozirgi zamondagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga binoan
siyosat «davlat
hokimiyati va shu jamiyat ichidagi davlat (shu jumladan, milliy davlat) tuzilmasi
bo‘yicha katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi, shu jumladan, xalqaro maydonda
davlatlar o‘rtasidagi munosbaatlar» sohasi sifatida tushuniladi. Keng ma’noda
jamiyatning siyosiy tizimiga siyosiy faoliyat, siyosiy rejim, siyosiy nazariya va
boshqalar kiradi. Tor ma’noda esa siyosiy soha jamiyat siyosiy tizimining sinonimi
sifatida tushuniladi.
Jamiyatning siyosiy tizimi sotsiumning asosiy qismi hisoblanadi. U boshqa
tizimlar – iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy, ma’naviy va boshqa tizimlar bilan o‘zaro
aloqadorlikda va ta’sirda bo‘ladi.
Jamiyat siyosiy tizimining asosi, poydevori davlatdir. Davlatning asosiy
vazifasi siyosiy hokimiyat va siyosiy boshqarishni ta’minlashdir. Davlatning asosiy
belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: a) boshqa sotsiumlar ustidan
oshkorona hukmronlik; b) suverenitet – ma’lum hududlardagi to‘liq hukmronlik; v)
hukmronlik vakolatlari amal qiladigan hududning o‘zi (undan davlatni mamlakat deb
tushunish kelib chiqadi); g) huquqiy hujjatlarni chop etish va ularning bajarilishini
talab qilishga bo‘lgan mutlaq huquq; d) soliqlar va yig‘imlar undirish huquqi (davlat
apparatini ta’minlash va boshqalar uchun).
Etimologik nuqtai nazardan «ijtimoiy» degan so‘z «jamiyat» atamasi bilan
sinonimdir. U keng ma’noda