O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Ilmiy bashorat — 
tadqiqotchi yoki olimning tabiat, jamiyat va inson tafakkuri 
taraqqiyoti qonunlariga asoslanib, kelgusida yuz beradigan hodisa, voqea yoki 


144 
jarayonni oldindan aytishidir. 
Ijtimoiy bilish
— jamiyatdagi, ijtimoiy hodisalarning mohiyatini, ularning kelib 
chiqishi, yashashi va rivojlanish qonunlarini bilishdir. Ijtimoiy bilish kengma’noda, 
ijtimoiy borliq va ijtimoiy ongning in’ikosidir. Ijtimoiy bilish jamiyat paydo bo’lishi 
bilan birga paydo bo’lgan va uning o’zgarib, rivojlanib borishi bilan ham rivojlanib 
borgan. 
Ijtimoiy bilishning o ‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat, i tabiatni bilishdan 
nima bilan farq qiladi?
Tabiatni bilish qulaymi yoki jamiyatni bilish o’ng’aymi. 
Albatta, tabiatni bilish jamiyatni bilishdan ancha oson. Chunki, tabiat bilishga 
qarshilik qilmaydi. Shuning uchun oldin tabiiy fanlar paydo bo’lganligini hamma 
biladi. 
Ijtimoiy bilish insonning ijtimoiy borliqni ma’lum maqsad asosida 
o’zlashtirilishidir. U tabiatni bilishdan farqli o’laroq, faqat jamiyatdagi moddiy 
ijtimoiy faoliyat va munosabat qonuniyatlarini bilishdan iborat bo’lmasdan, 
ma’naviy, mafkuraviy faoliyatlar va munosabatlarni, ularning qonuniyatlarini bilishni 
ham o’z ichiga oladi. Shu asosda ijtimoiy bilishning quyidagi o’ziga xos 
xususiyatlarini ko’rsatish mumkin: 
Tabiatni bilishda inson faqat bilishning subekti bo’lib hisoblanadi. Jamiyatni 
bilishda esa inson ham, obekt ham subektdir. Inson o’z tarixini yaratadi va uni 
biladigan ham o’zi. 
Jamiyatni bilishda inson manfaatlari rol oynaganligi uchun biluvchi subektning 
xohish-irodasi katta ahamiyatga ega. Binobarin, ijtimoiy bilishda tasodiflarning roli 
ham ortib ketadi. Ijtimoiy harakat tepasida kim turgani, u qanday shaxs ekanligining 
xarakteriga, katta ta’sir qiladi. 
Ijtimoiy bilishda subektning, subektiv omilning roli juda katta. Chunki, qarama-
qarshi maqsad, intilish va boshqalar belgilovchi ahamiyatga egadir. Shuning uchun 
dalillar, voqealarga baho berganda alohida olingan shaxs faoliyatini emas, balki 
sinflarning, ijtimoiy guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqmoq zarur. 
Bu ma’noda ijtimoiy bilish o’z ichiga falsafaning faqat gnoseologik, mantiqiy 
vazifasinigina emas, balki dunyoqarash vazifasini ham qamrab oladi. 


145 
1.
Ijtimoiy 
bilishda 
subektning 
ruhiy 
holati, 
ehtirosi, 
kayfiyat, 
dunyoqarashi, tarbiyasi, ma’lumoti ham katta rol oynaydi. Moddiy hayot sharoitlari, 
moddiy ishlab chiqarishning qanday rivojlanganligi ham bu yerda muhim ahamiyatga 
ega. 
2.
Tabiatni bilishda faqat moddiy munosabatlar tekshiriladi. Jamiyatni 
bilishda esa, moddiy munosabatlar bilan bir qatorda ma’naviy, mafkuraviy 
munosabatlar ham bilishning obekti bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, hech bir inson 
o’zini yomon demaganidek, hech qaysi jamiyat ham o’zini yomonlamaydi. 
3.
Ijtimoiy fanlar tabiiy fanlardan keyin kelib chiqqan, dedik. Buning 
sababi shundaki, ijtimoiy voqealar juda murakkab va chigal jarayon bo’lib, uning 
qonuniyatlarini ochish ancha qiyin. Buning uchun jamiyat taraqqiyoti ham ma’lum 
bosqichgacha rivojlanib, uning qonuniy tartibotlari aniqroq namoyon bo’lishi kerak 
edi. 
4.
Tabiatshunos olim o’zi tekshirayotgan narsani amalda sinab, tekshirib 
ko’rish imkoniyatiga ega. Ijtimoiy bilishda bunday imkoniyat yo’q darajada, tarixchi 
olim bunday imkoniyatga ega emas. 
Yuqoridagi xususiyatlar asosida ijtimoiy bilish uchun narsa va hodisalarni bir-
biri bilan aloqador va bog’lanishda olib tekshirib, tarixiylik tamoyiliga amal qilish, 
haqiqatning konkretligidan kelib chiqib ish yuritish muhim ahamiyatga egadir. 
Ijtimoiy bilish —
insonning ijtimoiy borliqni ma’lum maqsad asosida 
o’zlashtirishidir. U, tabiatni bilishdan farqli o’laroq, faqat jamiyatdagi moddiy, 
ijtimoiy faoliyatlar va munosabatlarni hamda ularning qonunlarini bilishdan iborat 
bo’lmasdan, ma’naviy, mafkuraviy va munosabat qonuniyatlarini bilishni ham o’z 
ichiga oladi. Ijtimoiy bilish, shu bilan birga, insonning o’zini ham, uning tabiati va 
jamiyatdagi o’rnini, taqdiri, hayotining ma’nosi va mazmunini bilishdan ham 
iboratdir. 
Ijtimoiy bilishning har bir yangi bosqichi oldingi avlodlarning amaliy tajribalari 
va nazariy bilimlariga tayangan holda yuzaga keladi. Ijtimoiy bilishni yuzaga 
keltiradigan asosiy omillardan biri — ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlardir. Har 


146 
qanday ijtimoiy bilish jamiyat ijtimoiy ehtiyojlari bilan, kishilarning moddiy va 
ma’naviy manfaatlari bilan uzviy bog’liq holda yuzaga keladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish