Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/141
Sana02.03.2022
Hajmi5,79 Mb.
#477891
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141
Bog'liq
Pirometallurgiyajarayonlarinazariyas (1)

elektroliz 
deyiladi.
Elektrolit suyuqlanmasidan yoki eritmasidan elektr toki o‘tkazilganda, 
eritmadagi (suyuqlanmadagi) musbat ionlar (kationlar) manfiy qutbga ulangan – 
katodga tomon, manfiy ionlar (anionlar) esa, musbat qutbga ulangan – anodga 
tomon intiladi va o‘sha yerda zaryadsizlanadi. Hosil bo‘lgan neytral atomlar va 


228
atomlar guruhi yo eritmadan ajralib chiqadi yoki o‘zaro reaksiyaga kirishib, 
elektrolizning ikkilamchi mahsulotlari deb ataladigan moddalarni hosil qiladi.
Elektroliz jarayoni olib boriladigan dastgoh elektrolizor yoki elektrolitik vanna 
deyiladi.
Masalan, Mis (II)–xlorid CuCl
2
suvdagi eritmasining elektrolizini ko‘rib 
chiqaylik. Eritma orqali elektr toki yuborilsa, eritmadagi Cu
2

va Cl

ionlari tegishli 
elektrodlarga tomon yo‘naladi va ularda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi: 
Katod Cu
2


2e 

Cu

anod 2Cl

–2e 

Cl
2
Elektrod potensiali –0,41 v dan kichik bo‘lgan metallarning tuzlari 
eritmasidan elektr toki o‘tkazilganda, katodda metall ionlari emas, balki suv 
molekulalari qaytarilishi kerak. Isbot uchun NaCl ning suvdagi eritmasi 
elektrolizini ko‘rib chiqaylik. 
katod

Na

Cl


anod 
(Anod) 2H
2


2e 

H
2

2OH

2Cl

–2e 

Cl

Bu holatda suv molekulalari potensiallar qatorida alyuminiydan oldin 
joylashgan eng aktiv metallar tuzlarining eritmalari elektroliz qilingandagina 
qaytariladi. Bunga sabab shuki, suv molekulalarining qaytarilish jarayoni o‘ta 
kuchlanish hodisasi tufayli murakkablashadi va ularni qaytarish uchun ortiqcha 
elektr yuritish kuchi kerak bo‘ladi. Elektroliz jarayoni boradigan eng kichik 
potensiallar ayirmasi parchalanish kuchlanishi deyiladi va hamma vaqt tegishli 
galvanik elementning elektr yuritish kuchi (E.Yu.K.) E dan katta, ya’ni E
parch 
> E 
bo‘ladi: 


E
parch
–E 

–o‘ta kuchlanish. 
Anodlar ikki xil bo‘ladi–eruvchan va erimaydigan. Eruvchan anodlar–
elektroliz vaqtida yemiriladigan, ya’ni eritmaga ionlar holida o‘tadigan 
elektrodlardir. Masalan: CuCl
2
eritmasi orqali tok o‘tkazilsa va anod sifatida mis 
plastinka olinsa, katodda mis ajralib chiqadi, anodda esa xlor ajralib chiqmaydi. 


229
Bunday holda mis atomlari Cl

ionlariga qaraganda elektronini oson beradi. 
Natijada anodning o‘zi eriydi, ya’ni mis anoddan Cu
2

ionlari holida eritmaga 
o‘tadi.
Eruvchan anoddan foydalaniladigan elektroliz sanoatda juda toza moddalar 
olish uchun, bir metallni boshqa metall qavati bilan qoplash uchun ishlatiladi. 
Masalan, buyumlarni nikellashda anod nikeldan tayyorlanadi, nikellanuvchi buyum 
esa katod bo‘ladi. Хar ikkala elektrod nikel tuzi eritmasiga tushiriladi. 
Erimaydigan anodlar, odatda, oltin, platina yoki grafitdan tayyorlanadi. 
Erimaydigan anod elektroliz paytida ionlar holida eritmaga o‘tmaydi. Bu holda 
anod sirtida yoki kislota qoldig‘i ionlari, yoki suv molekulalari oksidlanadi. 
Elektrolit bir muncha konsentrlangan bo‘lsa, kislorodsiz kislotalarning ionlari, 
masalan, Cl

, Br

, J

, S
2– 
lar oson zaryadsizlanadi. Kislorodli kislotalarning 
anionlari, masalan, SO
4
2–
, PO
4
3–
, NO
3
– 
zaryadsizlanmaydi. Kislorodli kislota yoki 
uning tuzi suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda anodda suv molekulalari 
oksidlanib, gaz holdagi kislorod ajralib chiqadi.
Agar aktiv metall va kislorodli kislotadan hosil bo‘lgan tuzning masalan, 
Na
2
SO
4
ning suvdagi eritmasi orqali elektr toki yuborilsa, tuzning kationlari ham, 
anionlari ham zaryadsizlanmaydi. Katodda suv qaytariladi va anodda oksidlanadi. 
Shu sababli katodda vodorod, anodda kislorod ajralib chiqadi. 
Ko‘pincha elektrolitlar suyuqlantirilgan holda elektroliz qilinadi. NaCl singari 
elektrolitlar suyuqlantirilgan ionli kristall panjaralari buziladi. Hosil bo‘lgan 
suyuqlanma tartibsiz xarakat qiluvchi ionlardan iborat bo‘ladi. NaCl 
suyuqlanmasida faqatgina Na

ionlar musbat zaryadlanganligi sababli, elektroliz 
natijasida katodda xuddi shu ionlar zaryadsizlanadi: 
Na




Na

Hozirgi vaqtda sanoatda ko‘pgina metallar (Al, Mg, Ca, Na va boshqalar) 
suyuqlantirilgan birikmalarni elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi. Vodorod, 
kislorod, ftor, xlor, ishqorlar ham elektroliz orqali olinadi.
Olingan metallarni tozalashda, bir metallga ikkinchi metallni qoplashda 
(nikellash, xromlash, oltin qoplash) ham elektrolizdan keng foydalaniladi. Nikel, 


230
xrom, oltin qoplama buyumlarga nafaqat chiroyli ko‘rinish beradi, balki ularni 
kimyoviy yemirilishdan (korroziyadan) ham saqlaydi. 
Elektroliz qonunlari.
Elektroliz qonunlarini ingliz olimi M.Faradey kashf 
etgan. 


Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish