Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni va
ahamiyati
Reja:
1. Pedagogak mahorat haqida tushuncha
2. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
3. O'qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o'rni
Tayanch tushunchalar:
Mahorat, pedagogik mahorat, predmet, maqsad, vazifa, tarkibiy qismlar,
o'qituvchi shaxsi, kasbiy bilim, pedagogik qobiliyat.
O'quv-tarbiya ishlari jarayonida
eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatiing
yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan
o’qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishini, ana shu xil orzuning
ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima?
Uning
mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika
va psixologiya sohasidagi adabiyotlarda «Pedagogik mahorat» tushunchasiga
doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha
to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak endiklopediya»da berilgan deyish mumkin.
Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va
mohiyatini bir muncha to'g’ri yoritadi: “Tarbiya berish va o'qitishda yuqori
darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi
san'at bo'lib, bolaga mehr qo’ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchinnng
qiladigan ishidir. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog
- bu yuksak darajada
madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tsgishli sohalarini
yaxshi tahlil eta olaadigan, tarbiyalash va o'qitish uglubiyotini mukammal
egallagan mutaxassisdir”.
Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu
ta'rifda Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni
ajratish mumkin bo'ladi:
1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak
ko'rsatkichi;
2. O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim;
3.
Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik-psixologiya kabi fanlar
sohasidagi bilimlar bilan q
urollanganlik, ulardan o'qitish va tarbiyalash
ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish;
4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik.
Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o'zaro bog’liq bo'lgan asosiy
qismlarini ajratish mumkin:
1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi;
2. Mutaxassislikka
doir bilimlar;
3. Pedagogak qobiliyat;
4. Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor)
O’qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uiing ijtimoiy
ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so'nmaydi. O’qituvchilik kasbi bir qator
muhim talablarga javob berishi kerak.
Hozirgi davrda, biz mustakil O'zbekistonda qurayotgan demokratik xuquqiy
davlatda faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Hozirgi zamon
o'qituvchisining shaxsi uchun eng muhim asos - bu insopparvarlik yo'ialishidir.
O’qituvchi juda yuksak darajada umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko'p
narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi o’qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan,
yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har kuni o'qishga o'rgatib borish
uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi
kerak.
Demak, o'qituvchi pedagogik mahoratining asosi o'z ustida ishlab borish –
mustaqil o'qishdir.
Fan va madaniyat rivojlanishi ta'lim-tarbiya ishlarining qay yo'sinda olib
borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan
ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyin
ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-
odatlar, turli-tuman an'analarni joyiga qo'yish, milliy qadriyatlarni yanada
rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo'lgani barchaga ayondir.
Davlatning buyuk kelajagi - yoshlarni chuqur
bilimli va pokiza axloq-odob, qalb
egasi qilib tarbiyalash lozimligini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda
mahoratli, bilimli pedagoglarni o'rni muhim va pedagogik mahorat fanining roli
ulkan.
«Pedagogik mahorat» fanining predmetini psdagogning faoliyati tashkil
etadi.
«Pedagogik mahorat» kursining maqsadi esa - mahoratli pedagogni tarbiyalashdan
iborat.
Pedagogik mahorat fanining vazifalari:
- tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning
rolini ochib boradi;
- tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi
bog’lanishlarni ko'rsatadi;
- shuningdek pedagogik mahorat fani o'z taraqqiyoti davomida ta'lim-tarbiya
sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish
istiqbollari yo'llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatadi.
O'qituvchinnng pedagogik mahorati shunday bir malakalar yig’indisidirki, u
pedagogga tarbiyalanuvchilar ko'rib va eshitib turgan narsalar orqali o'z
fikrlarini
yetkazish imkonini beradi.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:
1. Kasbiy bilim:
A) Nazariy bilimlar
B) Amaliy bilimlar
C) Metodik bilimlar
2. Pedagogik qobiliyat:
A) Didaktik qobiliyat
B)
Akademik qobiliyat
C) Perseptiv qobiliyat
D) Suggestiv qobiliyat va h.k.
Tekishirish va o’z-o'ziii nazorat qilish uchun savollar
1. Pedagogik mahorat nima?
2. Pedagogik mahorat faniniig predmeti nima?
3. Pedagogik mahorat fanining maqsadi va vazifasi nimadan iborat?
4. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini sanab bering?
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-
O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.
3. I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T,
O’zbekiston, 1993.
4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
5.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007.
6.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996.