Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni va ahamiyati



Download 83,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.08.2021
Hajmi83,99 Kb.
#139145
Bog'liq
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatida



Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni va 

ahamiyati 

                                  Reja: 

1. Pedagogak mahorat haqida tushuncha  

2. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.  

3. O'qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o'rni 

 

Tayanch tushunchalar: 

Mahorat, pedagogik mahorat, predmet, maqsad, vazifa, tarkibiy  qismlar, 

o'qituvchi shaxsi, kasbiy bilim, pedagogik qobiliyat. 

 

O'quv-tarbiya  ishlari  jarayonida  eng  yuksak  natijalarga  erishib,  faoliyatiing 



yuksak darajada  baholanishini  va  hamma tomondan  tan olinishini  istamaydigan 

o’qituvchi   topilmasa   kerak.    Bunga   erishishini,   ana   shu   xil   orzuning   

ushalishini  pedagogik  mahorat  deymiz.  Xo'sh  pedagogik  mahorat  nima?  Uning 

mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika   

va   psixologiya sohasidagi   adabiyotlarda   «Pedagogik mahorat»  tushunchasiga 

doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning   mohiyatini bir   muncha   

to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak   endiklopediya»da   berilgan deyish   mumkin.  

Bizningcha,  boshqalarga  nisbatan  bu  ta'rif  pedagogik  mahorat  mazmunini  va 

mohiyatini  bir  muncha  to'g’ri  yoritadi:  “Tarbiya  berish  va  o'qitishda  yuqori 

darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini   ta'minlovchi 

san'at  bo'lib,  bolaga  mehr  qo’ygan  va  o'z  kasbini  sevgan  har  bir  o'qituvchinnng 

qiladigan  ishidir. O'z  ishining  mohir  ustasi  bo'lgan  pedagog  -  bu  yuksak darajada 

madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tsgishli sohalarini 

yaxshi  tahlil  eta  olaadigan,  tarbiyalash  va  o'qitish  uglubiyotini  mukammal 

egallagan mutaxassisdir”. 

Bu  ta'rifni  yaxshi tushunib, uning  ma'no mohiyatini tahlil  etadigan bo'lsak, ushbu 

ta'rifda Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni 

ajratish mumkin bo'ladi: 

1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak 

ko'rsatkichi; 

2. O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim;  

3.  Pedagogika,      umumiy,      yosh      va      pedagogik-psixologiya  kabi      fanlar 

sohasidagi bilimlar bilan q 

urollanganlik,  ulardan  o'qitish  va        tarbiyalash 

ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish; 

4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik. 

Pedagogik  mahoratning  mazmunida  quyidagi  o'zaro  bog’liq  bo'lgan  asosiy 

qismlarini ajratish mumkin: 




1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi; 

2. Mutaxassislikka doir bilimlar

3. Pedagogak qobiliyat; 

4. Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor) 

  

O’qituvchilik  dunyodagi  eng  qadimgi  kasblardan  biridir.  Uiing  ijtimoiy 



ahamiyati  hech  qachon  kamaymaydi,  so'nmaydi.  O’qituvchilik  kasbi  bir  qator 

muhim talablarga javob berishi kerak. 

Hozirgi davrda, biz mustakil O'zbekistonda qurayotgan demokratik xuquqiy 

davlatda  faoliyat  ko'rsatadigan  o'qituvchi  qanday  bo'lishi  kerak?  Hozirgi  zamon 

o'qituvchisining  shaxsi  uchun  eng  muhim  asos  -  bu  insopparvarlik  yo'ialishidir. 

O’qituvchi  juda  yuksak  darajada  umumiy  madaniyatga  ega  odam.  U  juda  ko'p 

narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi o’qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, 

yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har kuni o'qishga o'rgatib borish 

uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi 

kerak. 


Demak,  o'qituvchi  pedagogik  mahoratining  asosi  o'z  ustida  ishlab  borish  – 

mustaqil o'qishdir. 

Fan  va  madaniyat  rivojlanishi  ta'lim-tarbiya  ishlarining  qay  yo'sinda  olib 

borilishidan  kelib  chiqadi.  Bu  falsafiy  aqida  davlat  ahamiyatiga  ega  bo'lgan 

ijtimoiy  qonuniyat  hisoblanadi.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyin 

ta'lim-tarbiya  sohasida,  milliy  axloq-odobni  qayta  tiklash  borasida,  milliy  urf-

odatlar,  turli-tuman  an'analarni  joyiga  qo'yish,  milliy  qadriyatlarni  yanada 

rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo'lgani barchaga ayondir. 

Davlatning  buyuk  kelajagi  -  yoshlarni  chuqur  bilimli  va  pokiza  axloq-odob,  qalb 

egasi qilib tarbiyalash lozimligini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda 

mahoratli,  bilimli  pedagoglarni  o'rni  muhim  va  pedagogik  mahorat  fanining  roli 

ulkan.  


«Pedagogik  mahorat»  fanining  predmetini    psdagogning  faoliyati  tashkil 

etadi.  


«Pedagogik mahorat» kursining maqsadi esa - mahoratli pedagogni tarbiyalashdan 

iborat. 


Pedagogik mahorat fanining vazifalari:  

- tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har  tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning 

rolini ochib boradi;  

- tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi 

bog’lanishlarni ko'rsatadi;  

-  shuningdek  pedagogik  mahorat  fani  o'z  taraqqiyoti  davomida  ta'lim-tarbiya 

sohasidagi  tajribalarni  umumlashtiradi,  tarbiyaning  kelgusidagi  rivojlanish 

istiqbollari yo'llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatadi.  




O'qituvchinnng  pedagogik  mahorati  shunday  bir  malakalar  yig’indisidirki,  u 

pedagogga  tarbiyalanuvchilar  ko'rib  va  eshitib  turgan  narsalar  orqali  o'z  fikrlarini 

yetkazish imkonini beradi. 

Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:  

1. Kasbiy bilim: 

A) Nazariy bilimlar 

B) Amaliy bilimlar 

C) Metodik bilimlar 

2. Pedagogik qobiliyat: 

A) Didaktik qobiliyat 

B) Akademik qobiliyat 

C) Perseptiv qobiliyat 

D) Suggestiv qobiliyat va h.k. 

 

Tekishirish va o’z-o'ziii nazorat qilish uchun savollar 



1. Pedagogik mahorat nima? 

2. Pedagogik mahorat faniniig predmeti nima? 

3. Pedagogik mahorat fanining maqsadi va vazifasi nimadan iborat? 

4. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini sanab bering? 

Adabiyotlar: 

1. O'zbekiston   Respublikasi   «Tatlim   to'g’risida»gi Qonun.   Barkamol avlod-

O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997. 

2. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.  

3.  I.  A.  Karimov.  O'zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  -T, 

O’zbekiston, 1993. 

4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003. 

5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003. 

5.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007. 

6.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996. 



 

 

Download 83,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish