Psixologiy asi


Meningit bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladigan



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Meningit bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladigan
ruhiy-hissiy buzilishlar
M eningitning o 'tk ir davrida ruhiy buzilishlar o 'tk ir psixozlar 
k o 'rin ish id a nam oyon b o 'lad i. B ular psixom otor q o 'z g 'a lish la r, 
gallyutsinatsiyalar, deliriylar, psixosensor buzilishlar (umumiy giperesteziya 
va h.k.). Gallyutsinatsiyalar va deliriylar kasallikning o'tkir davrida ko'p 
kuzatiladi va ular meningit uchun xos bo'lgan nevrologik simptomlar 
bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Meningitda kuzatiladigan bosh og'riq 
o'ta kuchli va chidab bo'lmas darajada bo'lib, bosh qattiq siqib og'riydi, 
og'riq kuchidan bemor ingrab boshini qo'llari bilan changallab oladi, 
ko'zlarini yumib, chiroqlarni o'chirishni yoki pardalarni yopib xonani
276


qorong'i qilishni, televizor va radioning ovozini o'chirishni, hatto chiqillab 
turgan soatni xonadan olib chiqib ketishni talab qiladi. Bemor og‘riq 
kuchidan to‘lg‘anib oyoq-qo'llarini bukib g‘ujanak bo‘lib oladi. Chunki 
har qanday yorug*lik va shovqin bemorning bosh og‘rig‘ini kuchaytirib 
yuboradi. Meningitlarda kuzatiladigan kuchli bosh og‘riqning sababi 
miya pardalarini innervatsiya qiladigan uch shoxli nerv (V juft) retseptorlari 
qo‘zg‘alishidir. Miya paradalarini innervatsiya qilishda sayyor nerv (X 
juft) va simpatik to lalar ham ishtirok etadi. U larning q o ‘zg‘alishi 
natijasida kuchli bosh og'riq ketma-ket ko‘ngil aynish va qusish bilan 
namoyon bo‘ladi. Ushbu simptomlarning paydo bo'lishiga miya ichki 
bosimining oshib ketishi va miya ustuni tuzilm alarining (vegetativ 
markazlarning) qo‘zg‘alishi ham sababchi bo'ladi. Qusish, ayniqsa IV 
qorincha tubida, ya’ni rombsimon chuqurchada joylashgan vegetativ 
markazlarning qo‘zg‘alishi hisobiga ro ‘y beradi. Miya pardalari qancha 
kuchli yallig'langan va miya ichki bosimi qancha yuqori bo'lsa bosh 
og'rig'i va boshqa vegetativ simptomlar ham shuncha kuchli ifodalangan 
bo'ladi.
Yumshoq pardada ketayotgan kuchli yallig'lanish hisobiga bosh miya 
katta yarim sharlarining ustki qismi, y a’ni po'stlog'ning ta ’sirlanishi 
hisobiga tutqanoq xurujlari, psixomotor va psixosensor buzilishlar ro'y 
beradi. Bemorning hushi buzilgan bo'ladi, uning tanasiga qo'l tegizsa 
sakrab tushadi, trigeminal nuqtalarni bosib tekshirayotganda yuzini 
bujmaytirib boshini olib qochadi, tekshiruvchining qo'lini itarib yuboradi, 
ko'zini yumgan holda har yoqqa o'zini tashlayveradi, baqiradi, o'rnidan 
turib ketishga harakat qiladi, atrofdagilami tanimaydi. Savollarga noaniq 
javob beradi. Bunday buzilishlar kuchli darajada ifodalansa, bemorni 
tekshirish va davolash muolajalarini o'tkazish mushkul bo'lib qoladi. 
Tana harorati yuqori holatda kuzatilayotgan ushbu buzilishlar kuchli 
terlash bilan namoyon bo'ladi. Ushbu buzilishlarni bartaraf etish uchun 
zudlik bilan 2 ml valium (relanium, sibazon) yoki analgin, dimedrol va 
novokain eritmalari, pipolfen, aminazin kabi dorilarni tomir ichiga yoki 
mushak orasiga yuborish kerak va «tez yordam» xizmati orqali bemor 
shifoxonaga jo'natiladi.
Deliriylar meningitning o 'tk ir bosqichida k o'p uchraydigan ruhiy 
buzilishlar bo'lib, bunda bemorning ongi xiralashgan bo'ladi, u o'z 
ahvolini chala bo'lsa-da anglay oladi, biroq atrof-muhitda u bilan sodir 
bo'layotgan tekshiruvlarni, shifokorlarning xatti-harakatlarini to 'g 'ri 
baholay olmaydi. Qayerda yotganini, qachon bu yerga kelib qolganini 
va taxminiy vaqtni aytib bera olmaydi. Deliriyda ko'ruv va eshituv 
gallyutsinatsiyalari ko'p kuzatiladi. Bunda bemor ko'z oldidagi narsalarni 
qo'li bilan haydaydi, yaqinlarini tanimaydi, yo'q odamlarning ismini aytib
277


chaqiradi, ko‘z oldida yo‘q narsalarni ko‘radi, qo'rqib baqirib yuboradi. 
Bunday holatlar ayniqsa bolalarda ko‘p kuzatiladi. Shuning uchun ham 
bolaning bu ahvolini ko’rib uning yaqinlari qo'rqib ketadi, «Bolam 
ruhiy kasal bo'lib qolmaydimi?» deb doktorlardan so'rayveradi. Albatta, 
bunday psixomotor qo'zg'alishlar meningitning dastlabki kunlarida ro'y 
beradi va darrov o'tib ketadi. Shuning uchun bemorning yaqinlariga bu 
haqda m a’lumot berib, ularni tinchlantirish lozim. Ba’zan bunday holatlar 
tana harorati ko'tarilgan bolada uyda ro'y berib qolsa, ota-onalar bolasini 
o'qitishga tabibga olib borishadi va zarur vaqtni qo'ldan boy berib bola 
nobud bo'ladi. «Bolamga ko'z tegdi, birdan harorati ko'tarilib ruhiy 
kasal bo'lib qoldi, tabiblarga o'qitsak ham yordam qilmadi va to'satdan 
vafot etdi», deb ayyuhannos solib yig'lashadi. Bola esa meningitdan 
o'lgan bo'ladi. Bunday holatlar ayniqsa 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda 
kuzatiladi. Ularda meningitning og'ir turlari ko'p kuzatiladi, ayniqsa 
yiringli meningitlar. Bu yoshdagi bolalarning tana harorati ko'tarilsa 
uxlashaveradi, ayniqsa kechasi, ota-ona esa buni sezmay qolishadi yoki 
«Bolam bugun charchabdi shekilli, uxlayversin» deb uni bezovta 
qilishmaydi. Tibbiy yordam ko'rsatilmagan bola esa ertalabgacha o'lib 
qoladi. B a’zan ota-onalar bolaning tanasiga spirt o'm iga aroq surkab 
tana h aroratin i tushirishga harak at qilishadi (aroq tana haroratini 
tushirmaydi) yoki analgin va dimedrol qilib qo'yisha qoladi va antibiotik 
qilishmaydi. Analgin va dimedrol aralashm asi yoki tana haroratini 
tushiruvchi dorivor vositalar meningitga davo bo'la olmaydi, bunday 
holatlarda albatta antibiotik qilib boshlash zarur yoki bolani zudlik bilan 
shifoxonaga olib borish kerak.
Shu o'rinda aytib o'tish lozimki, tana haroratini tushiruvchi dorilarni 
ommaviy axborot vositaiarida reklama qilish mutlaqo mumkin emas. 
Chunki tana harorati oshishining asl sababi meningit bo'lishi mumkin! 
Bu dorilar tana haroratini tushiradi, biroq kasallik sababini yo'qotmaydi. 
Televizorda zo'r berib reklama qilinayotgan tana haroratini tushiruvchi 
dorilardan birini 2 kun mobaynida 12 yashar bolaga ichirishadi, biroq 
bolaning ahvoli og'irlashaveradi. K asallikning uchinchi kuni bolani 
shifoxonaga olib borishadi va unda yiringli meningit aniqlanadi. Bola 7 
kun komada yotadi va vafot etadi. Umuman olganda, dorilarni televizor 
va radio orqali reklama qilish noto'g'ridir, ularni gazeta va jurnallarda 
reklama qilish mumkin. Shundayam dorining barcha nojo'ya ta ’sirlarini 
ko'rsatgan holda.
O 'rta yoshdagilarda seroz meningit ko'p kuzatiladi. Meningitning bu 
turida tana harorati 38 gradusgacha ko'tariladi. Bemorning boshi og'riydi, 
qayd qiladi, holi qochadi, tez charchab qoladi, uyqu kelaveradi, ishtahasi 
buziladi, jizzaki b o 'lib qoladi, k o 'p terlaydi. A gar bu bem orlarda
278


meningial simptomlar tekshirilmasa, seroz meningit tashxisi qo'yilmasligi 
va bemor «o'tkir respirator kasallik» tashxisi bilan davolanib yurishi 
mumkin. Odatda, bunday bemorlar parasetamol yoki uning analoglari 
va antibiotik qabul qilib yurishadi. Albatta, bu dorilar meningitga xos 
belgilarni kamaytiradi va bu ham tashxisning kech aniqlanishiga sababchi 
boMadi. Shuning uchun ham tana harorati oshgan har qanday bemorda 
meningial simptomlar tekshirilishi shart. Faqat ana shundagina meningit 
tashxisi o ‘z vaqtida aniqlanadi. 0 ‘tkir meningit tashxisini aniqlashda 
K T yoki M RT aham iyatli emas, balki maxsus klinik, nevrologik, 
bakteriologik, virusologik va likvorologik tekshiruvlar orqali aniqlanadi.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish