Psixologiy asi


Insult o‘tkazgan bemorlarga ko'rsatiladigan psixoreabilitatsiya



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Insult o‘tkazgan bemorlarga ko'rsatiladigan psixoreabilitatsiya
tadbirlari
Insult nafaqat bemor uchun, balki uning yaqinlari uchun ham katta 
ruhiy jarohatdir. Ushbu kasallikning inson kamolotga yetgandan so‘ng 
ro'y berib boshlashi, ya’ni 40-50 yoshlardan keyin, oila uchun katta 
falokatdir. To'satdan ro'y bergan insult hayot izmini yo'ldan chiqarib 
yuboradi. Insult rivojlangan zahoti bemor zudlik bilan shifoxonaga 
yotqizilishi va tibbiy-psixologik yordam kasallikning d astlab k i 
soatlaridanoq boshlanishi kerak. Bu yerda ikkilanishga hech qanday o'rin 
yo'q! «Bemorni qo'zg'am aslik kerak, biron soat uyda bo'lsin, hozir 
m um kin emas» q abilidagi g a p lar n o o 'rin d ir. A ksincha insult 
rivojlangandan so'ng 3-6 soat ichida ko'rsatilgan malakali tibbiy yordam 
bemorning to'la tuzalib ketishiga, endi boshlanayotgan falajliklarning 
oldini olishga, qolaversa bemorning hayotini saqlab qolishga juda katta 
imkoniyatlar yaratib beradi.
Ba’zan insult rivojlangandan so'ng «Tez yordam» mashinasi yetib 
kelgach, bemorning yaqinlari «Hozir bemorning ahvcli og'ir, biroz 
shoshmay turaylik, qon bosimi joyiga kelsin, yo'lda bir gap bo'lib qolishi 
mumkin», deb yetib kelgan vrachni arosatda qoldirishadi. O datda, 
bem orning bir nechta qarindoshlari orasida qolgan vrach ularning 
aytganiga k o 'n ad i yoki «Bemor y o 'ld a yomon b o'lib qolsa javob 
berasizmi?» qabilidagi savollardan cho'chib, bemorni uyda qoldiradi. 
Vrach bu so'zlarga e’tibor qilmasdan bemorga dastlabki tibbiy yordamni 
ko'rsatib darhol shifoxonaga yetkazishi zarur. Mabodo tibbiy yordam 
vaqtida ko'rsatilishiga qaramasdan bemorning ahvoli shifoxonaga olib 
borayotganda og'irlashib qolsa darrov vrachni ayblash kerak emas, chunki 
insultning dastlabki kuni o'lim va boshqa og'ir holatlar ko'p kuzatiladi. 
Bunday vaziyatlarda bemorga malakali tibbiy yordamni faqat shifoxona 
sharoitida k o 'rsatish mumkin. Bu qoidani vrach ham, bem orning 
yaqinlari ham bilishi lozim. Chunki insultning birinchi kuni o'lim darajasi 
juda yuqori bo'ladi, uyda qoldirilgan bemorga esa malakali tibbiy yordam
266


ko‘rsalish оЧа mushkul. Kasallikning dastlabki kuniyoq diagnostik 
maqsadda orqa miya suyuqligini tekshirish uchun bemorga zudlik bilan 
lyumbal punksiya qilish kerak.
Odatda, 21 kungacha bo‘lgan davr insultning o'tkir davri hisoblanib, 
bu davrda bemor shifoxonada davolanadi. Kasallikning o'tkir davrida 
bem orning hushi buzilgan b o 'lad i, falajlik lar, nutq va xulq -atv o r 
buzilishlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Bu davrda unga ruhiy tinchlik 
o 'ta zarurdir! Shuning uchun bemorni ko'rishga kelayotganlar sonini 
keskin kam ay tirish lozim , uning y o n id a turm ush o 'r to g 'i yoki 
farzandlaridan biri parvarish qilish uchun qolishi mumkin. Chunki har 
qanday tashrif kechagina oyoq ustida yurgan, bugun esa to 'sh ak k a 
mixlanib qolgan bemorga ruhiy jarohat yetkazishi mumkin. Bunday 
holatlar, ayniqsa, birga ishlaydiganlar va q o 'n i-q o 'sh n ila r ta sh rif 
buyurganda ro'y berishi ehtimoldan xoli emas. Agar bemor «Tanishlarim 
meni ko'rgani kelishayaptimi?» deb so'rasa, unga «Albatta kelishayapti, 
biroq doktorlar ularga ruxsat berishmayapti, biroz tuzalganingizdan so'ng 
ularni yoningizga qo'yishadi. Barcha kelib ketayotganlar Sizni tezroq 
so g 'ay ib ketsin deyishm oqda» q a b ilid a g i s o 'z la r bilan bem orni 
tinchlantirish lozim. Aks holda bemorning «Nega ular meni ko'rgani 
kelishmayapti?» deb ortiqcha hayajonlanishi bemorning sog'lig'iga salbiy 
ta ’sir ko'rsatishi mumkin. Ayniqsa, nutqi buzilgan bemorlar yoniga 
keluvchilar sonini nutq tiklangunga qadar to'xtatib turish lozim. Nutq 
esa aksariyat hollarda 2-3 hafta ichida tiklanib boshlaydi. Davolash 
m uolajalari to 'g 'r i va o 'z v aq tid a o lib borilsa, oldin bem orning 
oyogqlarida harakat paydo bo'ladi, qo'lning tiklanishi esa biroz sust 
boradi. Chunki miya po'stlog'ida joylashgan oyoq markazlarini ikkala 
qon tomir (a. serebri anterior va a. serebri media) qon bilan ta ’minlaydi, 
Q o'l markazlarini esa faqat a. serebri media qon bilan ta ’minlaydi. 
Shuning uchun ham ushbu arteriya sohasida kuzatilgan insultlarda qo'l 
harakatlarining tiklanishi sust kechadi.
Bemor shifoxonadan har doim ham tuzalib chiqib ketmaydi, chunki 
3 haftada falajlangan qo 'l va oyoqlar to 'la tiklanib ketmaydi, b a’zi 
hollarda nutq ham to'la tiklanmay qolishi mumkin. Insultda buzilgan 
funksiyalarning tiklanishi odatda bir yil mobaynida davom etadi, vaqt 
o'tgan sayin tiklanish jarayonlari susutlashib boraveradi. Shuning uchun 
ham ushbu davrda reabilitatsiya usullari o 'ta ustamonlik bilan olib 
borilishi kerak. Afsuski, insult o 'tk azg an bem orlarda turli darajada 
ifodalangan nogironlik ko'rsatkichlari ju d a yuqori bo'lib, 80 foizgacha 
yetadi. Hech qanday o 'tk ir rivojlanuvchi kasallikda nogironlik bu 
darajada yuqori emas. Demak, ushbu bemorlarni normal hayot tizimiga 
qaytarish lozim va bu yo'nalishda bir qancha mutaxassislar, ya’ni
267


reabilitologlar, nevropatologlar, psixologlar, logopedlar, terapevtlar, 
ishtirok etadi. Umumiy amaliyot shifokori esa ushbu mutaxassislarning 
ko'rigini ta ’minlaydi va ularning tavsiyalariga asoslanib bemorni davolab 
kuzatib boradi.
Yirik shaharlarda reabilitatsiya markazlari mavjud bo'lib, insultning 
tiklanish davrida davolashni ushbu markazlarda davom ettirish maqsadga 
muvofiqdir. Insultning og‘ir turini o'tkazgan bemorlarga o ‘z-o‘zini eplay 
olish, y a ’ni ovqatlanish, yuvinish, cho'm ilish, soqol olish, kiyinib- 
yechinish, hojatxonaga borib kelish kabi kundalik yumushlarni mustaqil 
ravishda bajara oladigan holatga keltirish reabilitatsiyaning asosiy 
vazifalaridan biridir. Insult yengil kechgan holatlarda esa mehnat 
qobiliyatining tiklanish darajasiga qarab, bemorni avval o ‘zi faoliyat 
ko'rsatgan ishlarga yana jalb qilish mumkin. Insult o ‘tkazgan bemorlarda 
mehnatga layoqatlilik darajasini aniqlash lozim, aksariyat bemorlarga 
nogironlikning I yoki II darajasi belgilanadi, yengil holatlarda esa III 
darajali nogironlik belgilanadi.
Insultda kuzatiladigan aksariyat falajliklarda mushaklar tonusining 
spastik tarzda oshishi bo'g'im larda kontrakturalar paydo bo'lishiga 
sababchi bo'ladi. Mushak-bo'g'im kontrakturalari ayniqsa qo'l panjalari 
va iirsak bo'g'im ida kuchli ifodalangan bo'ladi, bu tabiiyki, bemorga 
o'zini eplash bilan bog'liq bo'lgan yumushlarni bajarish imkoniyatini 
chegaralaydi. Bu muammolami bartaraf etish yoki oldini olish uchun 
turli jismoniy mashqlar mavjud, mutaxassislar tavsiyasiga ko'ra bemor 
ushbu mashqlami bajarishi, falajlangan oyoq-qo'llarga nuqtali uqalashlar 
olishi, fizioterapevtik muolajalarni va spastik tonusni pasaytiruvchi 
dorilarni iste’mol qilishi zarur. Nutq buzilishlarini davolashda dorivor 
vositalardan tashqari logopedik muolajalar o'tkazish ham o'ta muhimdir. 
Odatda, kasallik sababli paydo bo'lgan nutq va xulq-atvor buzilishlarini 
neyropsixologlar davolashi zarur, ushbu mutaxassislar yo'q joylarda 
neyropsixologik muolajalarni yaxshi tushunadigan nevropatolog yoki 
tibbiy psixolog davolash muolajalarini o'tkazishi mumkin.
Insult o 'tk a z g a n bem orlarni ja m iy atd a va oilada b o 'lay o tg an
tadbirlardan chekkalab tashlash aslo mumkin emas, aks holda ular 
psixologik izolyatsiyada qoladi. Bem orlarni oilaviy va m ahallada 
rejalashtirilayotgan ishlarga ularning imkoniyat darajasiga qarab jalb qilish 
lozim, aks holda ular o'zlarini oilaga ham, jamiyatga ham keraksiz deb 
his qilib chuqur depressiyaga tushishi mumkin. Ba’zi hollarda kasallik 
sababli bir oy ichida ish joyini va yaqinlarining e’tiborini yo'qotgan 
bemorda o'z joniga qasd qilish hollari ham ro'y berib turadi. Ularning 
hayot tajribasidan mahalla faollari, bemorning yaqin qarindoshlari va 
farzandlari unumli foydalnshlari lozim.
268


Shunday qilib, insult o'tkazgan bemorlarni davolash va ularni odatiy 
turm ush tarziga qaytarish uzoq davom etuvchi m urakkab tibbiy- 
psixologik jarayon bo'lib, uning muvaffaqiyatli tugashi o'tkazilayotgan 
muolajalarning to'g'ri va o'z vaqtida olib borilishiga bog'liq.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish