O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yoMlari



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

12.3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yoMlari.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorlik darajasiga bir 
qancha omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
• 
qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, ulardan foydalanish darajasi;
• 
xo‘jaliklaming ishlab chiqarish fondlari bilan ta'minlanganlik va 
ulardan foydalanish darajasi;
• 
mehnat resurslaridan foydalanishning holati va mehnat unumdorligi 
darajasi;
• 
ishlab chiqarishning intensivlashganlik darajasi;
245
www.ziyouz.com kutubxonasi


• 
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva hayvonlarining 
mahsuldorligi;
• 
baholar, soliqlar va to'lovlar darajasi;
• 
suv resurslaridan foydalanishning holati;
• 
qishloq xo'jaligi korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan 
ta’minlanganlik holati;
• 
xodimlaming moddiy va ma’naviy manfaatdorlik darajasi;
• 
davlat, mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablag' va boshqalar. 
Qishloq xo'jaligining daromadlarini, yalpi va sof foydalarini kelajakda
yanada ko'paytirish uning barcha tarmoqlarida bozor iqtisodiyoti talablariga 
mos keladigan tashkiliy, texnikaviy, texnologik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimi 
hayotga o‘z vaqtida, sifatli tatbiq etilishini obyektiv ravishda taqozo etadi.
Qishloq xo'jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun 
quyidagi tadbirlarga e'tibor berish lozim:
1) Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotinini ko‘paytirish va uning sifatini 
yaxshilash tadbirlari:
• ekinlarning serhosil navlarini, chorva hayvonlarining esa sermahsul 
zotlarini yaratish, ulami ishlab chiqarishga joriy etilishini ta'minlash;
• yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, suv ta'minoti tadbirlarini 
rivojlantirish, sug‘orishning tejamkor usullarini joriy etish;
• chorva hayvonlarini sifatli ozuqa bilan ta'minlash va oziqlantirishni talab 
darajasida amalga oshirish;
• ekologiyani e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarida 
mahalliy va mineral o‘g‘itlardan hamda kimyoviy vositalardan maqsadga 
muvofiq ravishda foydalanishni talab darajasida ta'minlash;
• mahsulotlaming sifatini, ulami tashish va saqlash jarayonlarini 
yaxshilash tadbirlarini tezkorlik bilan amalga oshirish va boshqalar.
2) Qishloq xo‘jaligida moddiy, mehnat va pul xarajatlari tejalishini 
ta'minlovchi tadbirlar:
• ishlab chiqarishni samarali joylashtirish, ixtisoslashtirish va tashkil 
etishni jadallashtirish;
• yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalami joriy etish, mavjud ishlab 
chiqarish vositalaridan samarali foydalanish natijasida ish jarayonlarini to‘liq 
mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish;
• ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish;
• davr hamda mohyaviy faoliyat xarajatlarini tejash va boshqalar.
3) Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qishloq xo‘jaligiga joriy etishni 
erkinlashtirish va jadallashtirish tadbirlari:
• sanoat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘rtasidagi 
mutanosiblikni ta’minlash, sotish jarayonini erkinlashtirish;
246
www.ziyouz.com kutubxonasi


• kichik biznes va xususiy tadbirkorlik turlarini rivojlantirish;
• investitsiyalar jalb etilishini ta'minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy 
etish;
• qishloq xo‘jaligida infratuzilma sohalarini rivojlantirish;
• qishloq xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalami jalb etishni jadallashtirish;
• qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni 
qo‘llab-quwatlash va hokazo.
Bu tadbirlar, avvalo yetishtiriladigan mahsulotlar miqdorini talab 
darajasida ko‘paytirishga va ulaming sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi 
zarur. Mahsulotlar miqdori ekin maydonlarini kengaytiiish hamda ulaming 
hosildorligini oshirish hisobiga ko‘paytirilishi mumkin. Ekin maydonlarini 
ko'paytirish uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish talab etiladi, lekin buning 
imkoniyatlari cheklangan. 
Shuning uchun asosiy e'tibomi ekinlaming 
hosildorligini oshirishga qaratish zarur. Buning uchun ekinlaming yangi, 
serhosil, tezpishar navlarini yaratish, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari 
holatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlami o‘z vaqtida amalga oshirish 
natijasida tuproqning unumdorligi oshishini ta’minlash lozim. Shu bilan 
birgalikda ekinlarni almashlab ekishni ilmiy asoslangan holda keng joriy etish 
maqsadga muvofiq. Alohida e'tibor ishchi-xizmatchilarni moddiy va ma'naviy 
rag‘batlantirishga qaratilishi zarur.
Yuqoridagilar bilan birga ishlab chiqarish, davr hamda moliyaviy 
xarajatlami tejab amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi texnika, ilg'or texnologiyalami hayotga joriy etish natijasida 
mehnat xarajatlari kamayishiga erishish mumkin. Bu jarayon ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirish, agrosanoat integratsiyasining rivojlantirilishi bilan bevosita 
bog‘liqdir. Chorva hayvonlari mahsuldorligini ham oshirish lozim, buning 
uchun naslchilik ishlarini rivojlantirish zamr. Chorva hayvonlarini to‘yimli 
ozuqa bilan ta’minlashga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu tarmoqda ham 
barcha xarajatlami tejash bilan bog‘liq bo'lgan tadbirlar sifatli amalga 
oshirilishini ta'minlash zarur.
Korxonalarda 
iqtisodiy 
samaradorlikni 
ta'minlashda 
iqtisodchi 
kadrlarning ham o‘mi bor. Eng avvalo, ular yil boshida korxonaning biznes 
rejasini mukammal tuzishlari va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalangan holda 
korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib borishi lozim. Amalga oshirilgan 
tahlil natijasida korxonada samaradorlikni oshirish borasida yo‘l qo'yilayotgan 
kamchiliklami o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish bo'yicha takliflarni 
ishlab chiqib, korxona rahbariyatiga taqdim etishi lozim.
Yalpi foydaning ko'payishi mahsulotlami sotish bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar tejalishini ham taqozo etadi. Shuning uchun mahsulotlarni sotish 
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni takomillashtirish lozim. Yuqorida
247
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta'kidlangan tadbirlarni arnalga oshirish qishloq xo'jaligi tarmog1^ ^
samaradorligi oshishini ta'minlaydi- 
*qtisodiy

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish