MUSTAQIL TA'LIM TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI
«O‘rta
Osiyoda paleografiya, epigrafika va me`morchilik tarixi» bo'yicha
talabaning mustaqil ta'limi shu fanni o'rganish jarayonining tarkibiy qismi bo'lib,
uslubiy va axborot resurslari bilan to'la ta'minlangan.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan
holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
– darslik va o'quv qo'llanmalari bo'yicha fan
boblari hamda mavzularni
o'rganish;
– tarqatma materiallar bo'yicha ma'ruzalar qismini o'zlashtirish;
– maxsus adabiyotlar bo'yicha fanlar bo'limlari yoki mavzulari ustida
ishlash;
– talabalarning o'quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog'liq bo'lgan
fanlar bo'limlari va mavzularini chuqur o'rganish;
– faol va muammoli o'qitish uslublaridan foydalanadigan o'quv
mashg'ulotlari turlari.
Mustaqil ish talabada fan bo`yicha hosil bo`lgan bilim va ko`nikmalarni
ilmiy ijod orqali namoyon bo`lishini aniqlash maqsadida tashkil etiladi.
Mustaqil
ish mavzusi fanni o`tishning dastlabki soatlarida o`qituvchi tomonidan taqdim
etiladi.
Talaba o`zi tanlagan mavzusi bo`yicha izlanishlar olib boradi.
Dastlabki
jarayonda mavzu bo`yicha adabiyot va manbalarni to`playdi. To`plangan adabiyot
va manbalar asosida mavzuning ish rejasini tuzadi. Odatda mustaqil ish uchun
sodda reja tuzish tavsiya etiladi.
Mustaqil ishni yozish talabada ilmiy ko`nikmalarning
shakllanishiga ham
yordam beradi. Mustaqil ishni yozish jarayonida talaba tadqiqot ishlari uchun talab
etilgan barcha jihatlarga to`la rioya etishi shart.
Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari:
1.
«O‘rta Osiyoda paleografiya, epigrafika va me`morchilik tarixi»
fanining maqsad va vazifalari
2.
«Paleografiya»ning fan sifatida vujudga kelishi
va insoniyat tarixidagi
yozuv turlari
3.
Arab paleografiyasi tarixi
4.
O‗zbek paleografiyasi tarixi
5.
Epigrafikaning fan sifatida vujudga kelishi va epigrafik matnlarning
turlari
6.
Dunyo xalqlari epigrafikasi
7.
O‗rta Osiyo epigrafik yodgorliklari
8.
Qadimgi davr me'morchiligi
9.
O‗rta asrlar davri me'morchiligi
10.
Yangi tarix davri me'morchiligi
11.
O‗rta Osiyoda me'morchiligining vujudga kelishi va
rivojlanishi tarixi
12.
Samarqand shahri me'morchiligi tarixi
13.
Buxoro shahri me'morchiligi tarixi
14.
Xiva shahri me'morchiligi tarixi.
Fan ishchi dasturini shakllantirish jarayonida mazkur mashg‗ulot uchun
ishchi o‗quv rejada ko‗rsatilgan soatlar hajmiga mos mavzular ro‗yxati
shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: