123
Elektron darsliklardan oʻquv jarayonida
keng foydalanishning asosiy
muammosi - bu kompyuter ekranidan katta xajmdagi axborotlarni oʻqishdir.
Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovozli shaklda
taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta oʻquv materialini turli shaklda taqdim
etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn uslubida oʻquv materiali
gipermatn koʻrinishida taqdim etilib,
unda grafik, chizma, diagramma,
fotografiya, animatsiya va video qoʻllaniladi.Elektron darslik materiali talabaga
diktor
ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou koʻrinishdagi material bilan birga
beriladi. Audio va video axborotlarning oʻzaro birgalikda qoʻllanishi oʻqitish
samaradorligini keskin yuksaltiradi.
Qidirish va yullash imkoniyatlari
Yoʻllash tizimi barcha axborotlarni tarkiblashtirishga asoslangan boʻlib,
yagona
boʻlim/bob/mavzu/mavzu osti/
taqdim etish
ierarxiyasidan foydalansa
boʻladi. Kompyuter ekranida elektron darslikning ushbu ierarxiya tizimi
tuligicha namoyish etilishi mumkin. Bundan tashqari koʻrib chiqilgan oʻquv
materialiga qaytish, keyingisiga oʻtish va
giperaloqa asosida boshka
boʻlimlardan izlash imkoniyatlariniham kiritish lozimdir.
Elektron darsliklarda qidirish tizimi indeksli va toʻlik matnli boʻlishi
mumkin. Indeksli qidirish biror-bir koʻrsatmalar majmuasi asosida yoʻlga
qoʻyiladi.
Toʻliq matnli kidirishda asosan biror-bir soʻz, soʻzlar ketma-ketligi
asosida qidirish mumkin boʻladi. Kerak boʻlgan
axborotlarni qidirishning
bunday usullari Internet xalqaro axborot tarmogida ishlaganlar uchun yangilik
emas.
Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish
Elektron darsliklar asosida bilim olayotgan
talabalarning bilim
darajalarini aniqlash uchun ular tarkibidagi avtomatlashtirilgan test tizimlardan
foydalaniladi.
Test tizimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
• test natijalarining obʻektivligi;
124
• oʻquv materiallarini qamrab olish;
• oʻqitish elementlarini test jarayoniga kiritish;
• qayta test topshirish imkoniyati.
Koʻpincha ikki turdagi test topshirish yoʻlga qoʻyiladi: javoblarning bir
nechta variantidan bittasini tanlash va ikki gurux elementlarini oʻzaro mos
kelishini belgilash. Javobning berilgan variantlarini tanlash boʻyicha test usuli
keng tarqalgan.
Natijalarning obʻektivligini taʻminlash va testni qayta topshirishni
taʻminlash maqsadida savollar bazadan tasodifiylik asosida tanlab olinadi. Test
mobaynida oʻqitish elementlarini qoʻllash boʻyicha
talabaga javoblarning
toʻgʻriligi haqida axborot berilib boriladi va test tugagandan soʻng yaxshi
oʻrganilmagan mavzular roʻyxati beriladi. Test topshirishni biror bir mavzu yoki
toʻliq kurs boʻyicha topshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: