Investitsiyalar auditi va baholash


 Moliyaviy investitsiyalarning daromadliligi, olingan



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/70
Sana28.02.2022
Hajmi1,32 Mb.
#474072
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

7.3. Moliyaviy investitsiyalarning daromadliligi, olingan 
daromadlarning to’liq aks ettirilishi va soliqqa tortilishini tekshirish 
Korhonaning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromadlari 9520 -
«Divident ko’rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko’rinishidagi daromadlar» va 
9560 - «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar» 
schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot ( ish, xizmat)lar tannarxiga 
ko’shiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) va 
realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliya natijalarini shakllantirish tartibi 
to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar 


115 
qatoriga kiritiladi. 
«Harajatlar tarkibi.......to’g’risidagi Nizom»da (V bo’limi 3§ «Moliyaviy 
faoliyatdan olinadigan daromadlar», 3,5-modda«qimmatli qog’ozlarga qilingan 
investitsiyalar», shu’ba korxonalarga berilgan mablag’lar va shu kabilarni qayta 
baholashdan olingan foyda, shuningdek, V. bo’limi, 3§ «Moliyaviy faoliyatga doir 
chiqimlar», 3,4-modda «Qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar» (sho’’ba 
korxonalarga berilgan"mablag’lar va shu kabilar)ni qayta baholashdan ko’rilgan 
zararlar qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar va shu’ba korxonalarga 
berilgan mablag’larni har chorakda (yilda) qayta baholash, ya’ni ularni balansda 
bozor bahosi bo’yicha aks ettirish tavsiya etiladi. Ammo, bunday hisob yuritish 
siyosatiga qimmatli qog’ozlar bozori keng rivojlanganda erishilib, bozor qiymati 
haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo’lishi mumkin. 
Auditor sotib olingan qimmatli qog’ozlardan tashqari korxonaning o’zida 
chiqarilgan qimmatli qog’ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday 
qimmatli qog’ozlar o’z jamoasi a’zolariga sotilguncha yoki birjaga berilgunga 
qadar 006-«Qat’iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga 
olinadi. 
Qo’shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib 
olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, korxona xodimi ishdan bo’shab 
ketayotganida) sotib olingan korxona aktsiyalari 8620-«Sotib olingan xususiy 
aktsiyalar - imtiyozli» schyotida hisobga olinadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi 
bilan rasmiylashtiriladi: Dt 8620-«Sotib olingan hususiy aktsiyalar -imtiyozli» 
schyoti va Kt 5010. 5110-schyotlar - qimmatli kog’ozlarning harid qiymatiga. 
Korhona aktsiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi: 
1. Dt 5010, 5110, 5210, 5220 Kt 9220- ikkilamchi sotish qiymatiga. 
2. Dt 9220 Kt 5610 (maxsus subschyot) qimmatli qog’ozlarning xarid 
bahosi. 
3. Dt 9220 Kt 9590 ikkilamchi sotish qimmatining xarid bahosidan oshgan 
qismi. 
Agar harid qiymati ikkilamchi sotish qiymatini yuqori bo’lsa, u holda Dt 


116 
9690 Kt 9220 provodka tuziladi. Auditor bunday hollarda samarasiz moliyaviy 
muomalalar amalga oshirilganligining ob’ektiv (balki sub’ektiv) sabablarini 
aniqlash, oqilona ish yuritilganda investitsiyalashdan mumkin yo’qotishlar 
qo’lamini aniqlashi va bu xaqda direktorlar kengashida yoki aktsiyadorlar 
majlisida bildirishi zarur. 
Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga xissa qo’shish ko’rinishidagi 
qilingan moliyaviy investitsiyalar auditi ushbu korxonalar ustavlarini tahlil qilib
daromad olish shartlarini hamda bunday investitsiyalar samaradorligining 
to’g’riligi va hisobda to’liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat. 
Shuningdek, vekselga berilgan qarzlar ham moliyaviy investitsiyalar bo’lib 
hisoblanadi. Ular quyidagicha aks ettiriladi: Dt 0610, 5810 Kt 5110, 5210, 5220 
vekselga berilgan qarz summasiga. 
Veksellar ularda aks ettirilgan summalar, ya’ni nominal qiymati va sotib 
olish bahosi o’rtasidagi farqdan daromad olish maqsadida sotib olinganida 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 5810 Kt 5110, 5210, 5220 vekselning sotib olish qiymatiga. 
Dt 5810 Kt 9590 vekselda ko’rsatilgan summa va sotib olish qiymati 
o’rtasida farq daromadga olinganida. 
Moliyaviy investitsiyalar boshqa korxonalar faoliyatida hissa qo’shib 
ishtirok etish, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar bo’yicha 
daromadlar olish maqsadida amalga oshirilib, hisobda quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 5110, 5220, 5220 Kt 9520, (9530)- olingan dividendlar (foizlar) 
summasiga. 
Daromadlarning to’liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori 
buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyidagi shart-sharoitlar mavjud 
bo’lganda tan olinadi: 
- korhona ushbu daromadlarni olish huquqiga ega; 
- daromadlar summasi aniqlangan bo’lishi mumkin; 
- muayyan muomala natijasida korxona iqtisodiy manfaatining ko’payishiga 
ishonch bo’lganida. 


117 
Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqka 
tortish maqsadida ikkita guruxga bo’linadi: 
- umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida 
soliqka tortiladigan daromadlar (hamkorlikdagi faoliyatdan olingan daromadlar);
- maxsus tartibda soliqka tortiladigan daromadlar. Bularga aktsiyador -
korxonaga tegishli va bu qimmatli qog’ozlar egasining emitent - korxona foydasini 
taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aktsiyalar bo’yicha olingan 
daromadlar; 
- O’zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlari va mahalliy organlar 
qimmatli qog’ozlari; O’zbekiston Respublikasi xududida tashkil qilingan boshqa 
korxonalar ustav kapitalida hissa qo’shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. 
Bunday daromadlar belgilangan foiz stavka bo’yicha soliqqa tortiladi va 
daromadlarni to’lash manbalaridan to’lanadi. 
Aktsiyalar bozor bahosining ular nominal qiymatiga nisbatan yildan-yilga o’sib 
borishi ham korxona rahbariyatining oqilona ish yurtayotganligidan dalolat beradi. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish