Jun matolarini tig‘izlash
. Tig„izlashdan maksad yupqa va qalin movut
matolarni qalinlashtirish va mato yuzasida tolalarni bir-biridan kirishishidan
iboratdir. Movut matolarga ishlov berishda tig„izlash jarayoni eng muxum
jarayonlardan biridir. Bu jarayon chog„ida jun tolalarini bir-biriga nisbatan
umuman siljishi uchun sharoit yaratiladi, natijada mato uzunligi va eni buyicha
kirishadi, kalinlashadi va uning yuzaviy zichligi ortadi. Tig„izlash jarayonida
mato yuzasida qavat hosil bo„lib, bu qavat to„quvchilik rasmini berkitadi.
Tig„izlangan matoning issiqlik izolyasiya xossasi, mustahkamligi, yuzaviy zichligi
va yumshoqligi ortadi. Tig„izlash jarayonida mato paxmoqlashga tayyorlanadi.
Jun toladan boshqa tolalar tig„izlanish qobiliyatiga ega emas. Movut matolar
uzunligi buyicha 7-30% va eni bo„yicha 20-40% miqdorda kirishadi.
Tig„izlanishga moyllik - jun tolasining spetsifik xususiyati bo„lib, u tolaning
qayishqoqligiga, tangachasimon qatlami va titiganligiga bog„liqdir.
Tig„izlash jarayonida tolalarning siljishida junning qayishqoqolik xossasi
muhim ahamiyatga ega. Jihozning ishchi organlarini tolaga mexanik ta‟siri ostida
tola yoki uning biron bir qismi cho„ziladi, fazoda siljiydi, lekin cho„zish kuchini
olish bilan tola darhol o„zining birlamchi o„lchamiga qaytadi, jun bu xossasi bilan
boshqa tolalardan farqlanadi. Jun tolalarining qayishqoqligi keratin tuzilishi bilan
bog„liq xolda tushuntiriladi. Keratin makromolekulasi zanjirida manfiy va musbat
181
zaryadli funksional guruhlar bo„lib, ulardan birini tortish-cho„zish natijasida
ikkinchisi tutamlangan (titilgan) xolatga o„tadi. Titilgan xolatga cho„zuvchi kuch
ta‟sir ettirilganda u rostlanadi, kuch olinishi bilan yana boshlang„ich xolatiga
qaytadi. Bu xususiyat tolaga xam ta‟luqlidir. Kuch olinganda tolalarni tezlik bilan
o„z xoliga qaytishi vaqt birligida matoga ko„p marotaba ta‟sir etish imkonini
beradi. Tig„izlashga shuning tolaning titilganligi xam ijobiy ta‟sir etadi. Tolalarni
qaysi faslda kesilganiga xam bog„liq ravishda tig„izщlash xususiyati o„zgarishi
mumkin. Baxorda olingan jun kuzdagiga nisbatan tig„izlanishi pastroq. Qanchalik
tola kam orientlangan bo„lsa, shunchalik bu tolalar yaxshi tig„izlanadi. Barcha
omillar bir xil bo„lgan sharoitda buramalar sonini ortishi va bobinaning chiziqli
zichligini ortishi bilan tig„izlanish sekinlashadi, chunki bunday xolatda tolalarning
xaraktlanishi cheklangan bo„ladi.
Tolaning tangachasimon qavati xam matoni tig„izlanishiga etarlicha ta‟sir
etadi. Tangachalar uchini tepaga sal ko„tarilgan xolda joylashganligi sababli
tolalar xaraktlangan vaqtda ular o„zaro bir-biriga ilakishib qoladi.
Tig„izlanishga bo„lgan moyillikka nafaqat jun tola xossasi, balki
jarayonni olib borish sharoiti, ko„llaniladigan reagentlar va harorat xam ta‟sir
etadi. Kislotali va ishqoriy eritmalarda tig„izlash jarayoni tezlashadi. Lekin
ishqoriy muxitda jun tolasi parchalanadi, kislotali muxitda esa qattiqlashib
koladi. SHuning uchun tig„izlash jarayoni kuchsiz ishqoriy muxitda olib boriladi.
Mato kuydagi eritmaga shimdiriladi (g/l): SAM (sovun)-2-3; soda – 0,3-0,5; bu
jarayon sovunlantirish deb ataladi. Tig„izlash jarayonida matoda 125% eritma
bo„lish kerak, bundan ko„p bo„lsa tig„izlash jarayoni cho„zilib ketadi. CHunki
mato jihozning ishchi organlaridan oson sidirilib ketadi, suyuqlik miqdori kam
bo„lganda esa mato qattiq ishqalanadi va u yidirilishi mumkin. Harorat 40
0
S
atrofida ushlab turiladi, bu haroratda tolaning qayshqoqlik xossasi to„liqroq
namoyon bo„ladi. Movut matolarni tig„izlash uchun maxsus movut tig„izlovchi
mashinalar qo„llaniladi (СВ-500Ш, СВ-300Ш1 va СВФ-500Ш1) va
jihozlarning ishchi organlari matoga ko„p marotaba ta‟sir etadi. Sovunlanish
uchun mato yoyilgan xolda ZMR-2 va MPV-200 SH mashinalaridan
182
o„tkaziladi. SHimdirish mashinasi MPV-260 SH (180SH) yo„naltiruvchi
moslama, vintli en kengaytiruvchi, shimdirish vositasi, siqish vallari va mato
taxlagichdan tarkib topgan. Tig„izlashni uzluksiz usulda movut tig„izlash
mashinasida olib boriladi. Bu mashinada vanna, silindrik vallar, qayshqoqli
klapan, jgutni ajratuvchi reshetka, ikkita vertikal shetkali roliklardan tarkib
topgan. Vallar yordamida mato mashinaga joylashtiriladi va junga arqoq iplari
bo„yicha bosim tushadi klapan korob shaklida bo„lib, unda tub va yon
devorlari bor (devorlar kimirlamaydi), qopqaog„ini bir tarafi richag yordamida
maxkamlab ko„yilgan, boshqa tarafi mato jgutiga bosilib turadi. Richag
sistemasi bo„yicha klapan qopqog„i xolatini o„zgartirish mumkin. O„zgartirish
matoga berilayotgan bosimni oshirish yoki kamaytirish orqali amalga
oshiriladi, shu bilan matoni uzunasiga kirishishini boshqarish mumkin.
Yo„naltiruvchi vallar jugutni ajratish reshetkasiga uzatadi. Yuqoridagi vallar
tepasiga suv sepkich o„rnatiladi. U orqali mashinaga tig„izlash eritmasi
uzatiladi. Vertikal roliklar mato xarakati bo„iycha ozod xarakatlanadi. Ular
orasidagi masofani o„zgartirish mumkin, bunda matoni eni bo„yicha kirishishini
boshqarish mumkin. Tig„izlash jarayoni davomiyligi mato artikuliga bog„liq
ravishda o„zgartiriladi: kamvol matolar uchun 20-40 minut (fulerovka) texnik
movut uchun 10 soatga teng.
Tig„izlash
jihozlarida
shuningdek
fulerovkalash
xam
bajariladi.
Fulerovkalash bu- matoda tolalarni o„zaro yaqinlashib, matoning yuzaiy zichligi
ortadi, lekin to„qima guli ko„rinib turadi. Fulerovkalash asosan kostyumbop
matolar uchun olib boriladi.
Tig„izlash jarayonida quyidagi nuqsonlar hosil bo„lishi mumkin: eng ko„p
uchraydigan nuqson bu – siniq (zalom) – mato yuzasida buklangan joylarni hosil
bo„lishi. Bu nuqson mato bo„laklari o„zaro noto„g„ri tikilganda, yoki jihoz ishchi
organlarini matoga xaddan ziyod bosim bilan ishlanganda sodir bo„ladi. Mato ziyi
atrofija mayda buklamalarni hosil bo„lishi. Bu nuqson tig„izlanadigan matoni
jihozga joylashtirishdan oldin uni eng ko„rinishda tikilganda sodir bo„ladi. Eng
ko„rinishda tikilgan matoning tig„izlanishi yaxshi natija beradi, ammo arqoq ipda
183
qiyalik (kost)bo„lsa matoni ziyidan o„rtasiga qarab kalta-kalta buramalarni paydo
bo„lishiga olib keladi. To„dalanib qolinishi– matoning ayrim xududlarini
qalinlashib qolishi, bu xolat tig„izlash eritmasini jihozga notekis uzatilishida,
matoni jihozga talab darajasida joylashtirilmaganda sodir bo„ladi. Undan tashqari
tig„izlash jarayonida matoda turli tirnalgan joylarni hosil bo„lishi, yirtilish, sitilish
kabi nuqsonlar xam paydo bo„ladi. Mato yuzasi bir tekis tig„izlanmay, to„quvchilik
guli ko„rinib turadi. Mato to„qishda ishlatilgan bobina sifati xam tig„izlashda
namoyon bo„lib qoladi. O„ta ko„p buram berilgan iplar uzilib, yorilganga o„xshash
nuqsonlarni keltiradi. Nuqsonlarni oldini olish uchun jihzdan foydalanish tartibiga
rioya qilish, hamda tig„izlash texnologiyasiga amal qilish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |