Paxmoqlash
. Maqsadi, mato yuzasida o„ziga xos bo„lgan tukli qatlamni
hosil bo„lishidir. Matoga o„ziga xos bo„lgan ko„rkamlik berishdan tashqari
paxmoqlashda matoni yumshoqligi va issiqlik izolyasion xossasi xam
yaxshilanadi. Paxmoqlash jarayonidan movut matolarning ayrim artikullari
o„tkaziladi. Turli navdagi matolar yuzasidagi tolachalar bir tarafga karagan
bo„ladi masalan: bayka yuzasida bir tarafga yotgan silliq tolachalari bo„ladi,
bobrik matosida tolachalar vertikal va uzunrok joylashadi, drap-velyurda
tolachalar kalta vertikal joylashadi. Paxmoqlash jarayonidan keyin matoning
fizik-mexanik ko„rsatkichi kamayishi kzatiladi. SHuning uchun paxmoqlashga
mpo„ljallangan mato oldindan mexanik xossasini inobatga olgan xolda to„qiladi.
Paxmoxlovchi yuzani mato iplari bilan ko„p marotabalik qisqa to„qnashuvi
natijasida mato yuzasiga tolalarning uchlari chiqarib olinadi, natijada mayin qatlam
hosil bo„ladi. Paxmoqlashdan oldin mato tig„izlash va yuvish jarayonlaridan o„tgan
bo„lishi shart. Matoda yog„li chiqndilarni bo„lishi uni paxmoxlovchi yuzadan
sirpanib o„tishiga sabab bo„ladi, natijada qatlamni qalinligi va bir tekisligi
kamayadi. jun mato nam xolda paxmoxlanadi. Mato nam xolatda paxmoxlanganda
undan chiqarib olinayotgan tolalarning uzilishi kamayadi, chunki ho„l tolaning
cho„zilishdagi uzilishi quruq toladagiga nisbatan bitr necha barobar yuqori.
Paxmoxlanadigan mato massasiga nisbatan 70-100% bir tekis taqsimlangan
namlikka ega bo„ladi.mato tarkibida ko„p miqdorda viskoza tolasi bo„lsa yoki
184
g„ovaksimon bo„lsa, bunday matolar ho„llanmay paxmoxlanadi. Paxmoqlash
jarayoni mato ip turiga, nomeriga va buramalar soniga bog„liq bo„lib, mato zichligi
qanchalik yuqori va ipning buramalar soni ko„p bo„lsa, shunchalik bu mato qiyin
paxmoxlanadi. Paxmoqlash uchun ignali valiklar yoki shishkali plankalar
qo„llaniladi.
Paxmoqlash sifatli bo„lishiga matoning yuzasi paxmoqlash shishkalarining
o„tkir uchlari yoki kardolentani ignasi bilan to„qnashganida yuzaga keladi.
Paxmoqlash uchun ignali paxmoxlovchi 24 ta valikli (ИВ-24-180Ш), ikki
barabanli ramkali shishkali paxmoxlovchi (ВШH-3-180Ш), «Tekstima»
firmasining M6720 va paxmoqlash - kesish ВСЛ-180 jihozlari ishlatiladi.
Paxmoqlash turi (ignali, shishkali) va sifati xar bir artikul uchun aloxida
tanlanadi, bunda matoni tashqi ko„rinishi, keyingi ishlovlar usuli, turlarni bir
tekisligi va qalinligiga e‟tibor beriladi.
Yarim junli va junli matolar oldindan paxmoqlash (velyur sifatini berish)
jarayonini shishkali jihozda, yakuniy paxmoqlash uchun kesish liniyasi
ishlatiladi. Vertikal tuki bo„lgan matolarga (bobrik ko„rinishda) paxmoqlashdan
so„ng MOB-1 jihozida ishlov beriladi. Matoga ishlov berilganda namlik 25% ga
teng bo„ladi. Jihoz tezligi 3-5 m/min.
Ignali paxmoqlash jihozlarida (58-rasm)) mato lenta ko„rinishda yoki
cheksiz lenta ko„rinishda o„tishi mumkin matoning 3-4 bo„laklari tikilib lenta
shakllantiriladi.
58-rasm. Ignali paxmoqlash jihozi.
185
Mato aravachadan mato yo„naltiruvchi, tortuvchi rama, tekislovchi va
uzatuvchi vallar orqali paxmoxlovchi barabanga o„tadi. SHu erda mato yuzasi
paxmoxlanib, orqadagi uzatuvchi val orqali barabandan chiqarib olinib, mato
taxlagichga o„tadi. Agar paxmoqlash jarayonini bir necha bor qaytarish talab
qilinsa mato cheksiz lenta ko„rinishda tikiladi, bunda paxmoqlash zonasidan
chiqgan mato rolikli kompensator orqali yana paxmoqlash uchun uzatiladi.
Paxmoqlash jarayonini sifatiga ignali yuzani tozalab turish xam ta‟sir etadi.
Baraban tagiga o„rnatilgan shetkalar yordamida ignali lenta doimiy ravishda
tozalanib turiladi.
Ignali paxmoqlash mashinalari 10-12 m/min tezlikda ishlaydi. Jihozdan
mato yuza tarafi bo„yicha 4-11, teskari tarafi bo„yicha 1-4 marotaba o„tadi. Sof jun
matolar aksariyat xollarda shishkali paxmoxlovchi jihozlarad paxmoxlanadi.
Paxmoqlash jarayoni bir necha soat davom etadi, jarayon orasida tukchalarni
kesish jarayoni xam amalga oshirilib turadi.
Amalda movut matolarga beriladigan barcha ho„l ishlov berish
jarayonlari jugut xolatda olib borilgani uchun «Sinish» deb yuritiladigan
nuqson hosil bo„ladi. Siniqlarni tuzatish uchun yoki unga bog„lik bo„lmagan
xolatda paxmoqlashdan oldin matoga issik suv bilan LZP-180SH va
«Tekstima» tizimida ishlov beriladi. Ish tartibi:
12-15 m/min tezlik
1- vanna - 70-75
0
C
2-6 (8) – vanna - 90-92
0
C
7 (9) – vanna - 70-75
0
C
8 (10)- vanna -18-20
0
C.
Paxmoqlashda vujudga keladigan nuqson asosan mato yuzasida qalin, bir
tekis qatlamni hosil bo„lmasligi bilan bog„liqdir. Bunga sabab mato yaxshi
tig„izlanmasa, yuvilmasa, yomon karbonlashdan o„tgan bo„lsa bunday mato juda
yaxshilab paxmoxlanganda cham bir tekis qatlam hosil bo„lmaydi. Agar mato
paxmoqlash jihoziga turli taxlangan joylar bilan uzatilsa, yo„l-yo„l
186
paxmoxlanmagan joylar paydo bo„ladi. Bunga shuningdek mato bo„laklari silliq
tikilmaganda xam shunday nuqson bo„ladi. Mato sifatli paxmoxlansa-yu, lekin
quritish jarayonida mato issiq havo oqimiga qarshi xarakatlansa, mato yuzasidagi
tolachlar xaotik xolatda qurib qatlam buzilib chiqadi. Sifatli qatlamga erishish
uchun texnologik ko„rsatkichlarga amal qilish talab qilinadi. Matoni suvsizlantirish
uchun sentrifuga va siqish vallari qo„llaniladi.
Yuvish
- bu ko„p tarqalgan, ko„p marotaba qaytariladigan va ko„p energiya
talab qilinadigan jarayondir. Yuvish jarayoni uchun pardozlashga sarf bo„ladigan
barcha energiyaning 40% -i sarf bo„ladi.
Yuvishdan maqsad jun tolali materiallardan har xil turdagi chiqindilar, tabiiy
moy qoldiqlari, mineral chiqindilar, oxorlovchi va yigirishda qo„llanilingan
komponetlar, hamda to„qishdan oldin ishlatilingan oxor va emulsiyalarni
chiqarishdan iborat. Chiqindilarni murakkab tarkibi, ya‟ni tabiiy chiqindilardan
tashqari yana korxonalarda ishlatilinadigan kraxmal, uning gidroliz maxsulotlari,
PVS, PAA, mineral yog„ va boshqalar tayyorlash jarayoni uchun maxsus
texnologiya va jihozlar tanlashni taqazzo etadi. Yuvishning ikki usul ma‟lum:
- organik erituvchilar bilan ekstraksiyalash;
- SAM bilan kuchsiz ishqoriy muhitda gidrolizlash va emulgirlash.
Birinchi usulda tola yaxshi saqlanadi, chiqindilar tez chiqariladi, erituvchi
qayta ishlatiladi, lekin maxsus germetik jihoz talab qilinadi va yong„indan xavfli.
SHuning uchun asosan ikkinchi usuldan foydalaniladi. Jun - kamvol mato
assortimenti va korxona quvvatiga bog„liq ravishda yuvish jarayoni yoyiq
(uzluksiz usul) yoki jgut xolatda (uzluksiz yoki davriy usul) olib boriladi. YOyiq
xolatda matoni yuvish uchun LZP-180SH (“Tekstima” firmasi) dan foydalaniladi.
Bu jihozda matoni yuvish jarayonini pishirish jarayoni bilan birgalikda olib borish
mumkin.
Turli xom ashyolardan tayyorlangan kamvol matoni yuvish asosan jgut
xolatda olib boriladi, bunda qo„shimcha mexanik ishlov berish amalga oshiriladi va
matoga maxsus junliylik beriladi. Davriy usulda tovush uchun MПЖ-Ш2, ПЖ-
220 ШБ, uzluksiz usulda (jugut) ЛПЖ-1Ш1 jihozlari ishlatiladi (yuvish
187
mashinasiga mato spiral ko„rinishda joylashtiriladi). Jihozdagi suv mato
xarakatiga nisbatan teskari xarakat qiladi. Xozirgi kunlarda kamvol matolari uchun
engil tig„izlash jarayoni qo„llanilmoqda (fulerovka). Bunda tig„izdash-yuvish
mashinalaridan foydalaniladi. “Xemmer”, DB1-1650 va jarayonlar birgalikda olib
boriladi.
Yuvish uchun SAM va soda tutgan eritmalardan foydalaniladi. Mum-yog„
maoddalarning ko„p qismi emulgirlanadi va emulsiya xolatda matodan chiqib
ketadi. Boshqa qismi soda ta‟sirida gidrolizlanadi. Soda ta‟sirida suv yumshaydi,
tolaning bo„kishi yaxshilanadi, natijada u chiqindilardan tez tozalanadi, kislotali
yog„larni neytrallaydi va bunda sovun hosil bo„ladi. Agar matoda oxorlovchi
modda sifatida kraxmal bo„lsa, u xolda oxorsizlantirish jarayoni fermentlar
yordamida olib boriladi:
Yoyilgan xolatda uzluksiz yuvish uchun ЛЗП-180Ш liniyasida quydagi
texnologiyadan foydalaniladi:
Shimdirish (pankeratin bilan)
saqlash (15-20min kompensatorda)
yuvish (3 ta korobakada soda va SAM bilan)
iliq va sovuq suv bilan yuvish.
Jgut xolatdagi kastyumli va paltoli matoni yuvish 2-4 soat davomida jgutda
ishlovchi jihozda olib boriladi. Texnologiyasi:
1. 40-50
0
C, SAM-0,5-3 g/l, soda 1–4 g/l, 30-60 min.
2. Birinchi yuvish: 40-50
0
C, SAM-0,5-3 g/l, soda 1-4 g/l, 30-60 min, 20-50 min
davomida 40-45
0
C gacha ko„tariladi.
3. Ikkinchi yuvish: 40 min, 40-50
0
C (kospiobom va paltoli matolar uchun) SAM -
0,5-1 g/l, soda - 1g/l, M=1:7 bo„lganda 15 min; M=1:8 bo„lganda 40 min;
M=1:10-1:12 bo„lganda 20-50 min. Harorat 35-40
0
C, 30-40
0
C, 25-30
0
C (har biriga
mos ravishda)
MПЖ-Ш2 yuqori tezlikda ishlaydigan jihoz (v=125 m/min) yuvish
jarayonining umumiy davomiyligini 80 minutgacha qisqartirsh mumkin.
188
Movut matolarni yuvish moxiyati va texnalogik maqsadi kamvol matolarni
yuvishdagidan farq qilmaydi. Lekin ularda chiqindi miqdori va turini ko„p
bo„lganligi uchun bu erdagi yuvish jarayoni davomiyligi va yuvuvchi moddalar
tarkibi ko„proq bo„ladi. Movut matolarni xom xolatda yoki tig„izlashdan keyin
yuvish mumkin. Movut matolarni yuvish uchun jugut xolatdagi matolarni
yuvuvchi jihozlardan, ya‟ni ПЖ-220SH va MПЖ-SH2, shunindek MП- 180Ш
apparatidan foydalaniladi.
SAM konsentratsiyasi 1,5-3 g/l, soda 2-3 g/l ( uzlukli yuvish uchun), SAM-
2,5-3 g/l, soda 2-3 g/l (uzliksiz yuvish xom xolatda), agar yuvish tig„izlashdan
so„ng olib borilsa SAM 1-1,5 g/l, soda 2-3 g/l.
Do'stlaringiz bilan baham: |