II BOB. JIZZAX VILOYATIDA TURIZMNI TASHKIL ETISH
IMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI
2.1. VILOYATDA TURIZMNI TASHKIL ETISH IMKONIYATLARI VA
UNING RESPUBLIKAMIZDA TUTGAN O’RNI
Viloyatning tabiati o’ziga xos bo’lib, relefi tog’lik, qir va tekisliklardan
iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi),
g’arbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shimoliy, shimoliy-g’arbiy
va sharqiy qismi (Mirzacho’l va Qizilqo’m cho’lining janubiy–sharqi) tekislikdan
iborat.
Jizzax viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida
salmoqli o’rin tutadi. Xususan, paxta, g’alla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari
yetishtiriladi. Bog’dorchilikni rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Qurilish
materiallari, xalq, iste’mol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmog’i oshdi.
Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. so’mdan ziyod kredit
mablag’lari ajratildi. Faoliyat ko’rsatayotgan 9400 ga yaqin xo’jalik
sub’ektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xo’jaliklaridir.
Temir yo’l viloyatda asosiy transport turlaridan. Umumiy uzunligi 217 km
(2001). Avtomobil yo’llari ham salmoqli o’rin tutadi. Havo yo’llari Jizzax shahrini
Toshkent va boshqa viloyat markazlari, shuningdek, Kavkaz, Qrim bilan
bog’laydi. Jizzax shahar ko’chalarida trolleybus qatnovi yo’lga qo’yilgan.
Viloyatda 5 muzey (Jizzax viloyat o’lkashunoslik muzeyi, SHarof Rashidov
muzeyi, Zomin tarixi muzeyi, Hamid Olimjon muzeyi, Mehnat qahramoni X.
Nosirov muzeyi), 289 jamoat kutubxonasi (8 mln. nusxadan ortiq asar), 126 klub,
12 tuman markaziy, 73 qishloq, va shahar madaniyat uylari, 77 badiiy havaskorlik,
54 folklor-etnografik jamoalar, 12 maqomchilar guruhi, 60 xoreografik raqs
dastalari, vokal va estrada guruhlari faoliyat ko’rsatadi. Jizzax viloyatida 3 teatr:
Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, viloyat qo’g’irchoq, teatri,
Gagarin shahrida qozoq milliy teatri bor.
28
Jizzax shahri viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi
hisoblanadi. Shahar Sangzor daryosi bo’yida, 460 m balandlikda joylashgan.
Toshkent-Samarqand temir yo’l va Katta O’zbekistan trakti yoqasida. Maydon 0,7
ming km
2
. Aholisi 132,5 ming kishi (2000; 1939 y. - 9 ming, 1959 y.- 15 ming,
1970 y. — 35 ming kishi), asosan o’zbeklar; rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar
ham yashaydi. Toshkentdan 203 km. Temir yo’l stantsiyasi. Iqlimi keskin
kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 1,5°, minimum temperaturasi -35°,
iyulning o’rtacha temperaturasi 28,5°, maksimum temperaturasi - 46°.
Yunon solnomachilari Kiropol va Gazoni alohida tilga olishadi. Arxeo-loglar
Gazoshning o’rnini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda uni
Samarqand va Toshkent oralig’ida joylashganligi aytiladi. Olimlar Gazoni qadimiy
Jizzax deb taxmin qiladilar. Toponimist olimlar Jizzax nomini sug’diycha «Dizak»
(«qal’acha») so’zi bilan bog’laydilar. Tarixda u Dizax nomi bilan yuritilgan.
Jizzax O’rta Osiyodan o’tgan bir necha qadimiy karvon yo’lining tutashgan
joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va
sayyohlaridan Ibn Huvkal va muqaddasiylarning asarlarida Ustrushonaning Faknon
viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud
bo’lgan. Jizzax IX – X asrlarda somoniylar, XI – XIII asr boshida qoraxoniylar,
Xorazmshohlar davlati, XIV – XV asrlarda temuriylar davlati, XVI – XVIII
asrlar 1 - yarmida Buxoro xonligi, 18 - asr ikkinchi yarmidan 1866 yilgacha Buxoro
amirligiga tobe bo’lgan. Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta
tiklangan. XVI – XVII asrlarda aholi hozirgi eski bozordagi O’roteppaga ko’chgan.
XIX asr 60 - yillarida u ham xarobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. XIX
asr ikkinchi yarmidan Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda
tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar
ishlab turgan. Shahar XVI – XIX asrlarda ko’pgina tarixiy voqealarning guvohi
bo’lgan. 1571 yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq, xoni Boboxon va Toshkent
hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi to’qnashuvi shaharga ko’p talafot yetkazgan.
1866 yil 12-18 oktyabrda Jizzax qal’asi rus bosqinchilari tomonidan to’pga tutilib,
29
vayronaga aylantirilgan. 1916 yildagi Jizzax qo’zg’olonida shahar rus
mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi shafqatsiz qirilgan.
Viloyatdagi ko’pgina qadimiy va o’rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy
yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. O’rta asrlarga oid ko’pgina qal’a-qurg’on
va karvonsaroylar tepa va qo’rg’on (Kultepa, Oqtepa, Rabot, Qo’g’ontepa,
Xonimqo’rg’on, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan
ortiq Jizzax va G’allaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda
ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq, rasm, Baxmal,
G’allaorol, Jizzax tumanlarida juda ko’p yer osti yo’llari saqlangan. 1956 yilda
Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldiqlari topilgan. Parpiota, Malik
Girqushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saqlangan. Forish
tumanida qadimiy «Band» to’g’oni qoldig’i hozir ham mavjud. Jizzax tumanida
Uzunota qabri mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |