172
6.3-jadval.
Maydalashning umumiy xarakteristikasi
Bosqichi
Rudaning o‘lchami, mm
K
Asosiy agregatlarning ishlatilishi
D max
dmax
Yirik
300-1500
100-300
3-6
Jag‘li, konusli,bolg‘ali
maydalagich
O‘rta
100-300
10-50
3-8
Jag‘li, konusli maydalagich
Kichik
10-50
3-10
3-8
Qisqa konusli, valli maydalagich
Maydalashning turlari:
a) bolg‘ali maydalash;
b) ezg‘alab maydalash;
v) zarba ta'sirida maydalash;
g) ishqalanish ta'sirida maydalash.
Jag‘li maydalagich - parchalanish jarayonlari qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan
jag‘lar orasida rudaning maydalanish hisobiga oladi. Maydalagichlarning tishlari
silliq va mayda tishli bo‘lishi mumkin.
Konusli maydalagich - ikki konus o‘rtasida ruda to‘xtovsiz maydalanadi.
Ichki konus maydalagichning tuzilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda 2-40 burchak
ostida o‘rnatilgan o‘zining vali atrofida aylanadi.
Valli maydalagich - o‘rta va mayda maydalash uchun ishlatiladi.
Yuklanayotgan
material
aylanayotgan
vallar
yordamida
qabul
qilinib
maydalaniladi va maydalagich ostida bo‘shatiladi.
Bolg‘ali maydalagich - ruda bo‘laklarini aylanayotgan bolg‘alar yordamida
maydalashga asoslangan.
Jag‘li maydalagich 4 xil bo‘ladi:
1) vertikal shaklli osma jag‘li maydalagich;
2) Gorizontal shaklli osma jag‘li maydalagich;
3) Murakkab harakatiga ega bo‘lgan osma jag‘li, ya'ni ekssentrik valli
maydalagich;
173
4) Konussimon maydalagich.
Konusli maydalagichlar boyitish fabrikalarida va metallurgiyada eng keng
ishlatiladigan maydalagich turi hisoblanadi. Bu maydalagich yirik (KKD), o‘rta
(KSD), mayda (KMD) maydalagich turlariga bo‘linadi. Bu maydalagich jag‘li
maydalagichlariga nisbatan qo‘yidagi afzalliklarga ega.
Tegirmonni tanlash dastlabki mahsulotni yirikligi va fizik xossalari (qattiqligi,
qovushqoqligi, zichligi ). Kerakli yanchish darajasi va yuzasini ochish, yanchilgan
mahsulotning granulometrik tarkibi kerakli ishlab chiqarish unumdorligiga bog‘liq
bo‘ladi.
Yanchish darajasi quyidagi asosiy faktorlarga bog‘liq:yanchish uchun
sarflangan qo‘shimcha xarajat, asosiy metallni ajratib olish darajasi, reagent
sarfining oshib borishi.
Xomashyoni yanchish ko‘pgina sanoat tarmoqlarida keng tarqatilgan
texnologik jarayon hisoblanadi. Rangli metallurgiyada flotatsiya va gravitatsiya
usullarida boyitish uchun rudani tayyorlash bosqichi sifatida ishlatiladi. Yanchish
jarayonlari mahsulotning xossasi va yanchish darajasiga bog’liq holda u yoki bu
konstruksiyali tegirmon tanlanadi. Tegirmonning asosiy turlari: barabanli, titrama,
halqasimon. Barabanli ko‘rinishdagi tegirmon keng qo‘llaniladi.
Foydali qazilmalarni yanchish jarayonlarini boyitish fabrikalarida bir yoki bir
nechta bosqichda bo‘ladi. Yanchish jarayoni ochiq va yopiq shaklda borishi
mumkin. Bu jarayon tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Yanchish jarayoni qattiq materiallarga fizikaviy ta'sir ettirib uni ezish
yanchishdan iboratdir. Yanchish jarayonlarining maydalash jarayonlaridan farqi
shundaki bunda material 5mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamda chiqadi. Yopiq
shaklda ishlagan tegirmonning samaradorligi yuqori bo‘ladi va yanchilgan
mahsulotning bir xil o‘lchamga chiqishiga yordam beradi. Tegirmonlarning
samaradorligi aylanma yuklamaga bog‘liq. Aylanma yuklama yopiq shaklli
jarayon bu tegirmonlarning unumdorligini oshiradi. Tegirmonlar ikki xil bo‘ladi.
1. Mexanik tegirmonlar .
2. Aerodinamik tegirmonlar.
174
Tegirmon ichida materialni ezadigan jismlar bo‘lsa, buni mexanik tegirmon
deyiladi va aksincha tegirmon ichida materialni ezadigan jism bo‘lmasa, buni
aerodinamik tegirmon deyiladi.Materialni ezadigan jismlarga metall sterjenlar,
sharlar, toshlar va boshqalar kiradi.Tegirmon - har xil xomashyolarning kattaligini
5mm gacha kichik o‘lchamga maydalovchi mashina-mexanizimlardir.
Tegirmonlarning shakli va yanchish usullariga karab shartli ravishda 5 turga
bo‘lish mumkin.
1)
baraban (soqqali, sterjenli, toshli, o‘ziyanchar);
2)
g‘altak, juvali,halkasimon, fraksion soqqali;
3)
bolg‘ali;
4)
korpusi qo’zg‘almas titrama;
5)
aerodinamik tizilama;
Barabanli tegirmonlarning texnik va iqtisodiy samarali ishlashi yanchish
rejimiga bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda butana zichligi va tegirmonning
to‘ldirilishi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tegirmonni ishlashiga yanchayotgan
materialning xususiyati tegirmonning himoya qatlamini dastlabki va oxirgi
yanchilayotgan
mahsulotning
o‘lchami
uning
yanchilishi,
tegirmonning
konstruktiv xususiyatlari ham jiddiy ta'sir etadi. Yanchayotgan material sifatida
po‘lat sharlar, sterjen va ruda bo‘laklari ishlatiladi. Tegirmonni ichki katlamini
yemirilishdan saqlash uchun himoya qatlami olinadi. Yanchayotgan materialning
turiga qarab soqqali, sterjenli, o‘zi yanchar va yarim o‘zi yanchar tegirmonlari
ishlatiladi.
Yanchish ko‘p hollarda ikki bosqichda olib boriladi.
1-bosqich. O‘zi yanchar tegirmonlar.
2-bosqich. Soqqali yoki sterjenli tegirmonlar ishlatiladi.
Yanchish rejimi 3 xil bo‘ladi:
Kaskadli, sharsharasimon, aralash.
Tegirmonlarning ishlash unumdorligi qo‘yidagi omillarga bog‘liq:
1)
dastlabki rudaning qattikligi va yirikligiga;
2)
bo’tananing zichligi;
175
3)
tegirmonning to‘ldirilish darajasi;
4)
soqqalarning o‘lchami va ularning sifati, miqdori;
5)
barabanning ichki hajmi va chiqarish tuynuklari o‘lchami.
Rudaning yirikligi va qattiqligi oshgan sari tegirmonning zo‘riqishiga va
ishlab chiqarish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun
tegirmonni ruda va yanchish materiallari bilan to‘ldirilish darajasi 35-40% dan
oshmasligi kerak.
Maydalangan ruda suvli muhitda ishlovchi sharli va sterjinli tegirmonlarga
tushadi. Rudalar asosan ikki bosqichda yanchiladi. Hozirgi vaqtda MDH va chet el
oltin ishlab chiqaruvchi zavodlari ham rudalarni tayyorlashda o’zi yanchar
tegirmonlardan keng foydalanilmoqda. Rudalarni yanchish havoda va suvli
muhitda maxsus tegirmonlarda amalga oshiriladi. Bo’laklarning yanchilish darajasi
sharli tegirmonlarga qaraganda pastroq, tegirmonning o’zi yanchilish diametri 5,5-
10m.
Do'stlaringiz bilan baham: |