79
11
Halokatli
2500 –
5000
Yer yuzida katta-katta yoriqlar paydo
bo’ladi Buzilmagan imorat kamdan-
kam qoladi.
12
Katta halokat,
falokat
keltiradigan
5000
Hammayoq buzilib, imoratlar
butunlay vayron bo’lib ketadi.
Sonlar
ballarni ifodalab, yuqorida sanab o’tilganlarni namoyon bo’lishligi
darajasini belgilab beradi.
Eng kuchsiz zilzila 1 ball hisoblanib, eng kuchli ofatlisi 12 ballga to’g’ri
keladi. Yevropada ham 12 balli shkala qabul qilingan bo’lib, u ham yuqoridagi
shkalaga mos keladi. Zilzila kuchi shuningdek seysmik koeffitsent
K
orqali ham
ifoda etilib, u seysmik to’lqinlar tezlanishi (
a
) ni, og’irlik kuchining (
g
) nisbatiga
teng.
К=
а
g
; (
13.3)
S.V. Medvedev fikricha, zilzila kuchi ko’p jihatdan seysmik to’lqinlar
tarqalayotgan jinsga bog’liqdir.
Zilzilaning turli ballari, tuproqning ma’lum
tebranishiga, yoki aksincha, tuproqning tebranish tezlanishi ma’lum bir ballga
to’g’ri kelar ekan. Quyidagi S.V.Medvedev tomonidan tuzilgan shkalani (13.2-
jadval)
soddalashtirib keltiramiz, bunda keltirilgan ballarga tuproqning ma’lum
tebranish tezlanishi to’g’ri keladi.
13.2 - jadval
Ballar
Tuproqning tezlanishi,
mm/sek
2
1
-
2
-
3
-
4
100
5
100 –250
6
250 –500
7
500 –2000
8
1000 –2000
9
2000 –4000
80
10
4000
11
-
12
-
Zilzilalarni bino inshootlarga ta’siri, ularni loyihalash va qurishda hisobga
olishni taqazo etadi. Hozirda zilzilani oldindan aytish
va ehtiyot choralarini
ko’rish maqsadida juda keng miqyosda seysmik, muhandislik - geologik, geofizik,
tektonik, gidrokimyoviy, matematik usullar yordamida ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Ana shu olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida MDH
hududi uchun ayrim - ayrim seysmik mikrorayonlarning xaritalari tuzilgan bo’lib,
bu
xaritalar orqali, qaysi mintaqalarda necha balli zilzila bo’lishligini aniq
bilishingiz mumkin. Seysmik mikrorayonlar xaritasi, birinchidan zilzilani vujudga
keltiradigan “o’choq” - giposentrning joylashish holatini va zilzila sodir
bo’ladigan
joy - episentrda, silkinishlarning takrorlanish xarakterini, intensiv-
ligini, joyning muhandis-geologik
nuqtai nazardan sharoitlarini, tog’ jinslarini
fizik-mexanik
xususiyatlarini
o’rganish
asosida
tuziladi.
O’rta
Osiyo
Respublikalari mintaqalari 6-9 balli zilzilala zonaga kiritiladi. Ma’lum hududining
muhandislik-geologik sharoiti hisobiga seysmik aktivlikni oshib ketishini nazarda
tutib 10 ball va undan yuqori ballar belgilanishi mumkin. Yuqori seysmik
hududlarga (8-9 ball) - tog’li
rayonlarda, tog’ oldi tekisliklari va daralar kiradi.
Hamma yuqorida tilga olingan respublikalarning past tekisliklarida seysmik kuch
5-6 ballgacha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: