242
ishchi chizmalar tayyorlanadi. Murakkab ob’ektlar bo’yicha
avval bajarilgan
izlanishlarni aniqlashtirish va to’ldirish uchun qo’shimcha izlanishlar o’tkazilish
mumkin. Ba’zan alohida murakkab bo’lmagan ob’yektlar bo’yicha tadqiqotlar
loyiha topshirig’i uchun ham ishchi chizmalar ham barobar olib borilishi
mumkin.
Loyihalashni har bir bosqichidan oldin o’zining
muhandislik - geologik
izlanishlari o’tkaziladi: loyiha topshirig’i uchun -
avvalgi
, ishchi chizmalar uchun
mufassal
.
Sanoat korxonasi xar xil bino va inshootlarni murakkab kompleksidir.
Shuning uchun izlanishlar va asosiy inshootni loyihalash bilan parallel aloqa
tarmoqlari, EUT, magistral truboprovod, kirib
kelish va ichki avtomobil, temir
yo’llari, arqonli yo’llar, suv ta’minoti inshootlari, kanalizatsiya va x.k. lar bo’yicha
o’xshash ishlar bajariladi.
Boshlang’ich izlanishlar
. Zarur bo’lgan
xollarda avval muhandislik-
geologik ishlar texnik - iqtisodiy doklad (TID) darajasida bajariladi. Asosiy
maqsad qurilish maydonchasini tanlash. Keyin tanlangan maydonchani o’rganish
bo’yicha ishlar o’tkaziladi. Maydoncha tanlangan bo’lsa, muxandis-geologik
tadqiqotlar shu maydonchada boshlanadi. Bu bosqichda
tanlangan maydonchani
umumiy muhandis-geologik baholash maqsadida ishlar amalga oshiriladi.
Tadqiqotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- muhandis-geologik s’yomka;
- razvedka laxmlarini o’tish va geofizik ishlar;
- gruntlar va yer osti suvlari bo’yicha dala tajriba ishlari;
- laboratoriya tadqiqotlari va kameral ishlar muhandislik - geologik
hisobot tuzish bilan birga.
Ko’p hollarda maydonchalar murakkab o’ziga xos sharoitlarga ega bo’ladi.
Bu qo’shimcha ishlar o’tkazishni talab etadi, ularni tarkibi va mazmuni maydoncha
sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Bunday sharoitlarga seysmik, botqoqlik, karstli,
ko’chinli rayonlar,
xamda doimiy muzlikli, lessli cho’kuvchan yotqiziqli
maydonchalar va to’kiluvchi, yuviluvchi gruntli uchastkalar kiradi.
243
Ishlarni xamma materiallari umumlashtiriladi va muhandislik - geologik
hisobot ko’rinishida ko’rsatiladi. Unda qurilish rayonini 1:25000-1:100000
masshtabli
sharxli xaritasi, muhandis - geologik xarita va kesimlar, razvedla
laxmlarini kalonkasi, jinslar va yer osti suvlari ko’rsatkichlari jadvallari, kuzatuvlar
grafigi, tabiiy sharoitlarni fotografiyalari keltiriladi. Hisobot maydonchani umumiy
muhandislik - geologik bahosini loyihaviy bino va inshootlarni
xususiyatlarini
xisobga olgan xolda beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: