maqsadli
yo‘lga qo‘ysak,
ta’lim-
tarbiya va dars sifati samaradorligini oshirishga erishamiz. Farzandlarimiz maktabdan qanchalik
bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez
rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug‘iladi. Bu esa o‘z navbatida davlatimiz
taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. https://president.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini
yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4884-sonli qarori.
2020 yil 6 noyabr.
2. https://president.uz.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020 yil 30
sentabr.
3. https://president.uz.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
O‘zbekiston Oliy Majlisiga va xalqiga murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr
4. Turg‘unov S.T., Daniyarov B.X., D.M.Otajonova. O‘qituvchilarning kasbiy
kompetentliligini rivojlantirishda ta’lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalari.T. “Sano-
standart” nashriyoti, 2011.
51
Май 2021 10-қисм
Тошкент
TA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O’RNI.
Abduraxmanova Gulshat Iskandarovna
Konimex tumani 1-umumiy o‘rta
ta’lim maktabi Qozoq tili va adabiyot
fani o’qituvchisi
Annotatsiya.
Zamonaviy axborot va pedagogik Ta’lim tizimini takomillashtirish borasida
amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ta’lim jarayoniga zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog‘liq.
Kalit so’zi.
kommunikasion texnologiya axborot texnologiya,video,multimedia, Kompyuter,
elektron, zamonaviy axborot,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 3-bosqichida barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini
kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga
keltirish ko‘zda tutilgan edi. Unda “Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlash va
kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonlarini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Fan
va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar
va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi” deb yozilgan. Elektron
darslik zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalar yordamida o‘quv uslubini, mustaqil
ta’lim olishning samarali usullarini qo‘llash orqali o‘quv materiallari va ilmiy ma’lumotlarni har
tomonlama chuqur o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan darslikdir, ya’ni oddiy darslikning raqamli
ifodasidir. U oddiy o‘quv darsliklariga o‘xshash o‘quv dasturlarga asoslanib tayyorlanadi. U
o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish, ijodiy fikrlash, malaka va ko‘nikmalarini shaklantiradi.
O‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri har bir o‘quvchiga rejalashtirilgan o‘quv materiallarini
yetkazib berish va uni o‘zlashtirish darajasini oshirishdan iborat.Kompyuter va axborot
texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun
o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon salohiyatli bo‘lishi kerak. Ta’lim
tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan
biri ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan
bog‘liq. informatikadarslarini loyihalashda zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot
texnologiyalaridan foydalanish, unga muvofiq ta’lim vositalarini qo‘llashni taqazo etadiO‘quv
fanlari bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu
o‘z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining
asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar
amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng
tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o‘qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va
texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari
tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga
joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli
(instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko‘lamdagi
ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar,
sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim
oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-
ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib
interfaol darslarni o‘tkazish yaxshi samara beradi. Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi
mazmunini bayon qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni
daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha,
interfaollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki
tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv materialining tushunarsiz
qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga
va yechimlarga keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham
faollik ko‘rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir
o‘quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir - birini o‘qitadi.
Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish usullarining
52
Do'stlaringiz bilan baham: |