Май 2021 10-қисм Тошкент O‘QUVCHILARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR Babayeva Dilafruz Ramazanovna Yunusobod tumani 122-umumta’lim
maktabi Psixologi
Annotatsiya : ushbu maqolada o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning psixologik
yondashuvlariga oid fikrlar berilgan hamda o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish
jarayonining pedagogik-psixologik mohiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlari : ta’lim-tarbiya, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy faolliklar.
Respublikamizning ijtimoiy hayotida islohotlarning davomiyligini ta’minlash hamda
demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish yoshlarimizga, xususan, ularning ijtimoiy faolligiga
bog‘liqdir. O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam
tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi.
O‘quvchi-yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ularning
yoshi va psixologik xususiyatlarini bilish hamda hisobga olishga bog‘liqdir. Bu holat burilish
hisoblangan o‘smirlik davrining alohida xususiyati bo‘lib, u ko‘proq shu davrga taalluqlidir. U
psixik jarayonlarning, o‘quvchi faoliyatlarining jiddiy ravishda qayta qurilishi bilan bog‘liqdir.
Shuning uchun o‘smirlik yoshi o‘zaro munosabat shakllarida, faoliyatni tashkil qilishda qat’iy
o‘zgarishlarni talab qiladi. O‘smirlarga ta’lim-tarbiya berishda uchraydigan qiyinchiliklar bu
yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi qonuniyatlari va xususiyatlarini ba’zan yetarli darajada
bilmaslik yoki inkor qilish natijasida paydo bo‘ladi. Bu davr ijtimoiy faollikni tarbiyalash uchun
ancha qo‘l keladi. Chunki bolaning katta odamga aylanish jarayonining o‘zi qiyin, bu jarayon
psixikaning, odamlar bilan bo‘lgan munosabat shakllarining jiddiy ravishda qayta o‘zgarishi hamda
hayot sharoiti va faoliyatining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. O‘smirlarga ta’lim-tarbiya berishdagi
qiyinchiliklar shundan iboratki, bunda o‘smir bilan bo‘ladigan munosabatlarda uning hayoti va
faoliyatini nazorat qilish shakllarini o‘zgartirish muhimdir. Ularga ta’sir qilishning qandaydir
yangi usullari va vositalarini topish lozim bo‘ladi. Bunda albatta, har bir o‘quvchi-yoshlar bilan
alohida munosabatda bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirok darajasiga
bog‘liq bo‘lib, shaxsning ijtimoiy borliqqa munosabatini belgilaydi. O‘quvchi shaxsining ijtimoiy
faolligi quyidagi ikki jihatdan muhim ahamiyatga ega: