Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/194
Sana26.02.2022
Hajmi3,67 Mb.
#472457
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Май 2021 10-қисм
Тошкент
KICHIK MAKTAB YOSHIDA SHAXS XUSUSIYATLARINI NAMOYON BО‘LISHI
Abdullayeva Dilbar Ubaydullayevna
Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsent v.b.
psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon:+998(90) 955 0 07
dilbar3007@inbox.ru
Kasimova Madina Rustam qizi 
Toshkent davlat pedagogika universiteti 
1-bosqich talabasi
Telefon:+998 99 1424656
Annotatsiya: 
Maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining о‘ziga xos xususiyatlari, ularda 
shaxs xususiyatlarining namoyon bо‘lishi, ahloqiy sifatlarini rivojlantirishga ta’sir kо‘rsatuvchi 
omillar yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
kichik maktab yoshi, boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, o‘qituvchi, munosabat, shaxs, 
ahloqiy sifat, psixologik xususiyat.
Har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta’lim olishiga va qay tarzda 
tarbiyalanishiga bog‘liq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat ahamiyatiga 
molik vazifalarni bajarishga qodir bо‘lib, о‘z xalqining tarixiy taqdirini belgilab oladi. 
Ma’lumki о‘quvchi shaxsini shakllantirish ishlarini namunali yо‘lga qо‘yish uchun avvalo 
ularning xarakter xislatlarini qanchalik tarkib topganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir 
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari ishonuvchan tashqi ta’sirotga beriluvchan bо‘ladilar. Buyuk 
allomalarimiz ta’kidlaganidek kishining fe’l atvori hammadan kо‘ra kо‘proq hayotining dastlabki 
yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bо‘lgan sifatlar mustahkam о‘rnashib kishining 
ikkinchi tabiatida ijobiy hissiyotlarni fazilatlarni tarkib toptirish yuksak ahloq normalarini 
shakllantirish uchun butun ma’suliyat boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining zimmasiga tushadi. 
Bolaning mazkur yosh davrida о‘qituvchining har bir gapi har bir xatti-harakati ta’sir kо‘rsatish 
uslubi uning uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki о‘quvchilar о‘qituvchilariga qattiq 
ishonadilar, uning fikr-mulohazalariga quloq soladilar pedagogik nazokatidan jiddiy ta’sirlanadilar 
talablariga hamisha amal qiladilar u bergan topshiriqlarni bekamu-kо‘st bajarishga intiladilar. Ana 
shu davrda о‘qituvchi uchun о‘quvchilarning ma’naviyatiga ta’sir kо‘rsatish, ijobiy his-tuyg‘ulari 
va ezgu niyatlarini qо‘llab quvvatlash, ularni atrofdagi kishilarga yordam berishga undash tо‘g‘ri 
mulohaza yuritishga о‘rgatish noma’qbul qiliqlardan tiyish, tabiat manzaralarini kuzatishga va 
musiqa tinglashga odatlantirish, ularga burch hissini tushuntirish, ular bilan о‘qilgan kitoblarni 
muhokama qilish imkoniyati tug‘iladi.
О‘qituvchining о‘quvchilar bilan mazmunli suhbatlar о‘tkazishi ularni g‘aroyibotlar olamiga 
olib kirishi faollik sari yetaklashi alohida ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshidagi 
о‘quvchilarning ahloqiy sifatlarini rivojlantirishda kо‘zlangan maqsadga erishish uchun ularning 
yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olish shart.
Ma’lumki о‘quvchilarning psixologik xususiyatlari har xil bо‘lib, bir о‘quvchiga muvaffaqiyat 
bilan qо‘llangan tarbiyaviy ta’sir vositasi boshqa biriga qо‘llanilganda kutilgan natijani bermasligi 
mumkin. Tarbiyaviy tadbirlar о‘quvchilarga yakkama-yakka yondashib amalga oshirilsa yaxshiroq 
samaraga erishilishi shubhasizdir.
Mana shunday yondashishda о‘quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan davrdagi
psixologik holatiga mos tarbiyaviy vositalarni tanlash va yangi vositalarni topishni talab qiladi. 
Bunda о‘qituvchining о‘quvchilarga g‘amxо‘rligi pedagogik odob, о‘z xatti-harakatining natijasini 
oldindan kо‘ra olishi muhim rol о‘ynaydi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish о‘qituvchi о‘quvchilarning xususiyatlarini qanchalik 
о‘rganganiga bog‘liqdir. Ta’lim jarayonida har bir о‘quvchining psixik dunyosiga oqilona yо‘l 
topa olish muvaffaqiyatlarning garovidir.
Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilar xarakterida uchraydigan kamchiliklar ya’ni ularning 
injiqligi va qaysarligi oila tarbiyasidagi nuqsonlar oqibatidir. Bunday bola о‘zining barcha talab 
va hohishlari qondirilishiga odatlanib qolgan bо‘ladi. Boladagi injiqlik va qaysarlik uning maktab 
tomonidan о‘z oldiga qо‘yilgan qat’iy talablarga «о‘zi hohlagan ish» ni emas, balki «kerakli ish»ni 


190

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish