Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б


Uchburchakning to’g’ri burchakli tomoni



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/194
Sana26.02.2022
Hajmi3,67 Mb.
#472457
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Uchburchakning to’g’ri burchakli tomoni 
atrofida aylanishi natijasida konus hosil bo
’ladi. 
 
 
 
Konus chizmasini tahlil qiling.Konus asosi 
doiradan iborat.Uning radiusi uchburchak- 
ning 
to’g’ri burchakli tomonlaridan biriga teng. 
 


184
Май 2021 10-қисм
Тошкент
 
 
KONUS SHAKLIDAGI JISMLAR 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qog’ozdan konus 
yasaymiz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. 3

sinf matematika darsligi
2. “Boshlang’ich ta`lmi” jurnali 
3. Boshlang

ich sinflar uchun matematikadan didaktik materiallar 
Uchi
Asosi


185
Май 2021 10-қисм
Тошкент
“NASOYIM UL-MUHABBAT” ASARIDA MA’RIFATLI AYOLLAR TALQINI
Axatov Nurillo Karamatillayevich. 
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti.
Nurillo@bk.ru Tel: +998916369650
Annotasiya: 
Buyuk ijodkor Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasi ham 
ma’naviy merosimizning betakror namunasi sifatida o’rganishdan iborat. Xususan, tazkirada 
keng o’rin berilga ma’rifatli ayollar talqinining chuqur o’rganish, hayotga tatbiq etilishi jamiyatda 
xotin-qizlarning mavqeyi oshib borayotgan bir davrda muhim ahamiyatga ega. 
Kalit so’zlar: 
Obraz,sumanso, ideal
“Nasoyim ul-muhabbat” asarida ma’rifatli ayollar talqini “Navoiy ijodidagi bir qator tarixiy- 
badiiy obrazlar, jumladan, Alanquva, Zoli zar, Xalima ona, Bilqisi soniy- Xadichabegim timsollari 
o’zbek adabiyotshunosligida muayyan darajada tahlil etilgan”24 . Hazrat Navoiy ijodida har 
bir mavzuga munosabat alohida bir olamni tashkil etadi. Jumladan, Navoiy asarlaridagi tarixiy, 
badiiy va afsonaviy ayollar timsollari ham ijodkorning boy g’oyaviy dunyosi bilan tuyungan. 
Ijodkorning “Tarixi anbiyo va hukamo” va “Tarixi muluki ajam” asarlarida tilga olingan 
xotinqizlar: Ashira, Jaroda, Zalig’a, Bibi Maryam,Osiyo, Rayona, Rohila, Faliha, Havvo(“Tarixi 
anbiyo va hukamo”); Bahmando’xt, Malika, Mahondo’xt, Ozarmido’xt, Sudoba, Farang (“Tarixi 
muluki ajam”) haqidagi ma’lumotlarda ko’proq diniy, tarixiy jihatlarga e’tibor qaratilgan 
bo’lsa, “Xamsa” dostonlarida tasviri keltirgan ayollarning insoniy fazilatlari talqini yetakchi 
planga chiqadi. Masalan, “Saddi Iskandariy” da olijanob fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan 
Ravshanak, Nozmehr, Bonu va Lu’bati Chin kabi ajoyib xotin-qizlar obrazi e’tiborimizni tortadi. 
“Sab’ai sayyor” da esa Dilorom, Alonquvo, Kubro (Muhammad payg’ambarning 1-xotini 
Hadicha), Mehr singari ayollar siymosi yorqin aks ettirilgan. Yoinki Shirin, Layli, Mehinbonu 
kabi xotin-qizlar tasvirida ham Navoiyga xos uslub va munosabat yaqqol namoyon bo’ladi. 
Masalan, birgina Mehinbonu obrazining fazilatlarini tahlilga tortsak, ma’rifatli, ilm-fan homiysi 
bo’lgan ayollar Navoiyning ideali bo’lganligini anglash qiyin emas. Hazrat “Nasoyim” da hurmat 
bilan e’tirof etgan orifa ayollarning fazilatlarini o’zining tarixiy va badiiy obrazlariga ham 
singdirib yuborgan degan fikrga kelish mumkin. Navoiy qiyofalantirgan Mehinbonu- adolatli 
hukmdor, u mamlakatning obodligi va xalqning osoyishtaligi uchun kurashadi. Ariq va hovuz 
qazish ishiga rahbarlik qiladi. Mehinbonu- ilm-ma’rifat homiysi. U kishilarning ilmli bo’lishiga 
har tomonlama ko’maklashadi, olimlarni qadrlaydi, hurmat qiladi. Uning saroyidagi o’n qiz ilm 
va hunar ajoyib kishilar bo’lib yetishadi :
…Bu fanlarda bular bir-birdan ahsan,
Yuz ul fanlik aro har qaysi yakfan,
Diloromu, Diloroyu Diloso,
Gulandomu Sumanbo’yu Sumanso.
Parichehru Parizodu Parivash,
Pari-paykar – zihi o’n ismi dilkash.
“Nasoyim ul-muhabbat”da e’tirof etilishicha, Yaratganni tanigan karomatli insonlarning 
sifatlaridan biri shuki, bunday inson barcha mavjudotlarga , hatto hayvonlarga ham Haqning jilosi 
sifatida hurmat bilan muomalada bo’ladi. Hech bir insonni o’zidan pastga qo’ymaydi. Hatto yomon 
xulqli insonlar bilan ham munosabatda eng oqilona yo’ldan boradi. Mehinbonuning Farhodga 
bo’lgan samimiyat va hurmatida, Xusravga nisbatan tutgan yo’lida orifalarga xos xususiyat 
namoyon bo’ladi. Er kishilarning zuhdu taqvosi va tasavvufiy hayotiga doir batafsil ma’lumot 
beruvchi manbalarda, afsuski, zohidona, obidona va so‘fiyona hayot kechirgan ayollar hayoti 
haqida juda kam ma’lumot berilgan. Masalan, ilk avliyo tazkiranomasi hisoblangan “Tabaqotus 
sufiyya” nomli asarda 103 er so‘fiy haqida so‘z yuritiladi, ammo bitta ham ayol so‘fiy haqida 
gapirilmaydi. Imom Qushayriy, Qujviriy, Gulobodiy va hatto bir ayol so‘fiy zikrini mustasno 
qilganimizda, Fariduddin Attor ham “Tabaqotus sufiyya” asari muallifi Abu Abdurahmon 
AsSulamiy kabi ayol avliyolar haqida so‘z yuritmaydi. Tasavvufiy mavzular tadqiq qilingan 
asarlarni o‘rganar ekanmiz, deyarli faqat mutasavvif so‘fiy (er kishi)larning so‘zlari, hollari, fikr-
mulohazalari naql qilinadi. Bundan go‘yo ayol 23 kishini zuhd va tasavvuf hayotiga kiritmaslik 
zuhd va tasavvufning taqozosidir, degan o‘y-xayolga borish ham mumkin. Ma’lum va mashhur 


186

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish