ijtimoiy dorixona
— o‘z logotipiga ega bo‘lgan, dorixona assortimentidagi ijtimoiy
ahamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda O‘zbekiston Respublikasida
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi
bilan shug‘ullanuvchi, Sog‘liqni saqlash tizimidagi
ixtisoslashtirilgan tashkilot;
davlat-xususiy sheriklik
— dori vositalari va tibbiy buyumlar, jumladan ijtimoiy dori
vositalari va tibbiy buyumlar realizatsiyasini amalga oshirishda resurslarni birlashtirish va xavfni
bartaraf etish, dori vositalari ta’minoti bo‘yicha xususiy investitsiyani jalb etish maqsadida davlat
va xususiy sheriklik asosida o‘zaro manfaatli ma’lum muddatga
qonuniy rasmiylashtirilgan
hamkorlik;
davlat tomonidan sherik
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
xususiy sherik
— faoliyatining asosiy maqsadi aholini dori vositalari bilan ta’minlash
hisoblangan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana va ulgurji
realizatsiyasini amalga
oshirish uchun tegishli litsenziyaga, giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va
prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga
ega bo‘lgan, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
davlat-xususiy sheriklik shartnomasi
— tomonlarning
huquq majburiyatlari va
javobgarligini hamda davlat-xususiy sheriklik loyihasi ijrosi bo‘yicha boshqa shartlarni
belgilovchi, davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma.
3. Ijtimoiy dorixona yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi
(filial) shaklida tashkil etiladi.
4. Ijtimoiy dorixonaning yagona logotipi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Ijtimoiy dorixona O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan,
jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko‘ra, mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
6. Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etishda qo‘yiladigan asosiy talablar:
a) dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji, chakana realizatsiyasini amalga oshirish,
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va berish uchun litsenziyaning
mavjudligi;
b) aholini:
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kiruvchi keyingi
o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan cheklangan narxlardan
oshmaydigan narxlarda, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan to‘liq
hajmda ta’minlash;
davlat-xususiy sheriklik hamkorligi shartlari asosida cheklangan
savdo ustamalarini
qo‘llash yo‘li bilan Ro‘yxatga kirmaydigan, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy
buyumlar bilan ta’minlash;
dori vositalari bilan shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda ta’minlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ijtimoiy dorixonalarning tuman (shahar) tibbiyot
birlashmalari qoshidagi oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida
joylashgan filial
tarmoqlari orqali ta’minlash;
maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari orqali qishloq vrachlik punktlari
mavjud bo‘lmagan tog‘li, etib borish qiyin hududlardagi aholiga dori vositalari va tibbiy
buyumlarni etkazib berishni ta’minlash;
v) dorixona assortimentidagi ro‘yxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning
uzluksiz realizatsiyasini amalga oshirish maqsadida ularning ikki oylik zaxirasi mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: