________________
M.O‘.
Imzo o‘rni
_____________
_____
M.O‘.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 y., 09/18/334/1155-son)
Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qarori bilan ijtimoiy dorixonalar faoliyatini
tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Inson va qonun” nashri
xabar berdi
.
Mazkur Nizomga muvofiq o‘z logotipiga ega bo‘lgan, dorixona
assortimentidagi ijtimoiy
ahamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda O‘zbekistonda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi
bilan shug‘ullanuvchi, Sog‘liqni saqlash tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot ijtimoiy dorixona
sifatida e’tirof qilinadi.
Ijtimoiy dorixona Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan, davlat-xususiy sheriklik shartlariga
ko‘ra tashkil qilinadi.
Quyidagilar ijtimoiy dorixonalarni joylashtirishning asosiy omillari hisoblanadi:
• viloyat, tuman, shaharning ma’muriy-hududiy tuzilishi;
• hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;shahar, tuman va qishloq aholi
punktlaridagi
aholining soni;
• ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
• ijtimoiy dorixonalarning xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat
ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib
chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, qishloq
hududida 5-10 km.dan kam bo‘lmagan masofada).
Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar)
tibbiyot birlashmalarning
oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtiriladi.
Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi
dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari
va tibbiy buyumlar bilan
ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan
ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning
narxlarini nazorat qilish
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
hamda Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Do'stlaringiz bilan baham: