V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

Obakilash usuli. 
Bu qadimiy va oddiy usul bo„lib, u mahsus qizil misdan tayyorlangan va 
ma‟lum shaklga ega bo„lgan obakilash qozonlarida olib boriladi. Obakilash 
jarayoni 4 bosqichdan: namlash, qavatlash, silliqlash va pardozlash boqichlaridan 
iborat. 
Namlash. 
Obakilash qozoniga solingan tabletkalar qand qiyomi bilan oldin 
qo„lda, so„ngra mexanik ravishda aralashtiriladi. Bunda har bir tabletkaning sathi 
bir me‟yorda namlanadi. So„ng qozon ishlab turgan xolatida 1:1 nisbatda 
tayyorlangan magniy oksidi bilan bug„doy uni aralashmasi solinib, tabletkalarning 
usti bir hil qoplanguncha aralashtiriladi. Qog„ozga filtrlangan va isitilgan toza havo 
yuborib, quritiladi. SHu tarzda bu jarayon 3-4 marta qaytariladi. 
Qavatlash.
Namlash jarayonidan o„tgan tabletkalar qand sharbati, bug„doy 
uni va bo„yoq qo„shib tayyorlangan bo„tqa yordamida, 3-4 marta qavatlanadi. Har 
bir qavat hosil qilingandan so„ng quritiladi. 
Silliqlash.
Tabletkalarning usti bir tekisda qavatlanmaydi. SHuning uchun 
ham pardoz berish bosqichi sifatli va tez bo„lishini ta‟minlash maqsadida ular 
silliqlanadi. Buning uchun qavatlash jarayonidan o„tgan tabletkalar, toza obakilash 
qozoniga solinib, qozon ma‟lum vaqt davomida ishlatiladi. Bunda tabletkalar 
o„zaro va qozon ichki devori bilan ishqalanishda bo„lib, natijada tabletkalar 
tekislanib, silliqlanadi. 
Pardozlash 
- jilo berish. Silliqlangan tabletkalar elab, mayda zarrachalardan 
tozalanib, obakilash qozoniga o„tkaziladi. Alohida tarkib bo„yicha tayyorlangan 
pardozlovchi aralashma yordamida tabletkalarning sathi yupqa chiroyli qavat
bilan qoplanadi. Ma‟lum vaqt quritish jarayonidan so„ng, pardozlash yana 3-4 
marta takrorlanadi. So„ngra qozon ma‟lum vaqt ishlatib qo„yiladi. Bunda 
tabletkalar o„zaro va devor sathiga ishqalanishi natijasida silliqlanadi,
pardozlanadi. Pardozlovchi massa tarkibiga mum, parafin, o„simlik moyi, 
stearinlar va boshqalar kirishi yoki boshqa tarkiblar bo„yicha ham tayyorlanishi 
mumkin. Ayrim vaqtlarda pardoz berish bosqichi quyidagicha bajariladi:
obakilash qozoni oldindan qizdirilib, 0,5-1 mm qalinlikda mum bilan qoplanadi, 
so„ngra silliqlangan tabletkalar solinib, qozon ishlatib qo„yiladi. 
Obakilash usuli murakkab, qo„p bosqichli, nazariy tomondan 
asoslanmagan, uzoq vaqt (80 soatgacha) talab qiladi. SHuningdek, bir guruh 
olimlar suspenzion usulni taklif etdilar. Bu usulda 10 soat davomida tabletkani 
obakilash usuli orqali qobiq bilan qoplash mumkin. 


88 
Buning uchun PVP 0,75% suvdagi eritmasini tayyorlab, undan qand 
qiyomi tayyorlanadi. So„ngra sovigan qiyomga ketma-ket 1% aerosil, 1% titan IV 
oksidi, 14% magniy karbonat va 1% talk qo„shib aralashtiriladi. So„ng qozonga 
forsunka orqali tayyorlangan aralashma suspenziya xolida purkaladi. Har safar 
tabletkalar umumiy og„irligining 4-5% miqdorida purkalib, qozonni aylantirish 
davom ettiriladi. Keyin issiq havo yuboriladi va jarayon takrorlanadi. Jilo berish 
uchun tabletka og„irligi 0,05% miqdordagi aralashma (mum, vazelin moyi, talk) 
bilan qozonni aylantirish davom ettiriladi. 
Obakilash usuli ko„p qo„llaniladigan va oddiy bo„lishiga qaramasdan qo„p 
vaqt va bilim talab qiladi. Hozircha tabletkadagi qoplamalar qalinligi nazariy 
tomondan asoslanmagan. Obakilash jarayonida o„ziga xos nozik tomonlari 
e‟tiborsiz qolsa, tabletkalar bir-biriga yopishib qoladi. Tayyor bo„lgan 
tabletkalarda esa taranglik qaytishi natijasida chatnab, darz ketish xolatlari 
kuzatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda obakilash jarayoni yarim avtomat tarzda 
ishlaydigan usulda olib boriladi. YUqorida bayon qilingan boskichlar oldindan 
mo„ljallangan dastur bo„yicha, avtomatik tarzda, bosqimcha-bosqich olib boriladi. 

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish