11
Moddiy tushuncha sifatida davlat budjeti
- markaziy
hukumat va tegishli
darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta'minlovchi, ular oldidagi
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo'ljallangan
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir. O'zbekiston Respublikasining
«Budjet kodeksi»dagi qonunda davlat budjetiga aynan moddiy ma'nodagi
tushuncha sifatida ta'rif berilgan.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat budjeti
- markaziy va tegishli mahalliy
hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab
chiqiladigan va belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini
shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko'zda tutuvchi asosiy
moliyaviy reja, yuridik hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O'zbekiston
Respublikasida davlat budjeti «Budjet kodeksi»dagi qonunda belgilangan
tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun (O'zbekiston Respublikasida
moliya yili
kalendar yiliga mos keladi, lekin dunyo mamlakatlarida ularning
an'analari va mamlakat hayotidagi muhim, hal qiluvchi tarixiy sanalariga
muvofiq, budjet yili kalendar yiliga mos kelmasligi mumkin) tuziladi, ko'rib
chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi.
Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning iqtisodiy kategoriya
sifatidagi funksiyalarida namoyon bo'ladi. Ko'pchilik
iqtisodchi olimlarning
fikricha, Davlat budjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
YAIM qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi;
Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi;
Ijtimoiy funksiyasi;
Nazorat funksiyasi.
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy
daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi
jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi
iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash,
mamlakat osoyishtaligi,
chegaralar daxlsizligini ta'minlash va favqulotda holatlar uchun saqlanadigan
12
davlat zahiralarining mavjud bo'lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek,
davlat budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish
jarayonlariga ta'sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo'ladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ikki qismdan:
daromadlar
va
xarajatlar
qismlaridan iborat. Uning daromadlar qismida qonunchilikda nazarda
tutilgan barcha manbalar bo‘yicha tushumlarning hajmlari aks ettirilib, ularga
avvalambor belgilangan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlari hamda boshqa
daromadlar kiradi. Xarajatlar qismi esa budjet mablag‘laridan
foydalanishning
aniq miqdori va yo‘nalishlarini nazarda tutadi.
Davlat budjeti daromadlari - davlat bilan korxonalar, tashkilotlar,
muassasalar va aholi o'rtasidagi mamlakat budjet fondining shakllanishi
jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi.
Jahon amaliyotida budjetga pul tushumlarining uch asosiy yo'nalishi mavjud:
yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan
soliqlar va yig’imlar ko'rinishida undiriladigan majburiy to'lovlar;
foydalanish evaziga to'lovlar va badallar undiriladigan davlat mulki va
umumdavlat resurslari;
davlat
zayomlari, boshqa qimmatli qog’ozlar, lotereyalar sotishdan
tushgan daromadlar, davlat banklariga qo'yilgan omonatlarning qismlari
va boshqalar ko'rinishida jalb qilingan resurslar.
Budjet daromadlarining hajmi soliq solishning belgilangan soliq stavkalari bilan
aniqlanadigan YAIMning o'sishi va soliq yukiga bog’liqdir.
Daromadlarning asosiy vazifasi budjet xarajatlarini ta'minlashdir.
Budjet xarajatlari – bu davlat va mahalliy o'zini o'zi boshqaruv
organlarining vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun yo'naltirilayotgan pul
mablag’lari; davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli
va hududiy yo'nalishlarda foydalanish yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlardir.
Budjet xarajatlari kategoriyasi aniq xarajatlar
turlari orqali namoyon
bo'ladi va ularning har biri son va sifat jihatidan tavsiflab berilishi mumkin. Sifat
13
tavsifi budjet xarajati har bir turning iqtisodiy tabiati va ijtimoiy maqsadini
belgilash imkonini bersa, son tavsifi ularning hajmini belgilaydi.
O'z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital
xarajatlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: