Moliyaviy menejment


-bob. Davlat moliyasini boshqarishda budjet mablag’laridan



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

1-bob. Davlat moliyasini boshqarishda budjet mablag’laridan
foydalanishning iqtisodiy–huquqiy va nazariy asoslari. 
1.1.
 
Davlat budjetining iqtisodiy mohiyati va budjet 
mablag’(daromad)larining tarkibiy tuzilishi va klassifikatsiyasi. 
Har bir davlatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, davlatning jahon 
hamjamiyatidagi o'rni va nufuzi nafaqat mamlakatda yuritilayotgan iqtisodiy 
islohotlarida balki davlatning moliya sohasining islohotlari hamda moliya 
tizimining bu iqtisodiy ravnaq jarayonidagi o'rniga ham bog’liqdir. Ayniqsa 
jahon hamjamiyatining keyingi yillardagi holatlari shuni ko'rsatmoqdaki moliya 
sohasi nafaqat davlat sohasi bilan balki iqtisodiy sohalar bilan ham to'g’ridan 
to'g’ri bog’langanligi hamda moliya tizimining barqarorlikni, iqtisodiy ravnaqni 
ta'minlashga zamin yaratishi mumkin bo'lib qolmoqda. Shu borada moliya 
sohasining eng katta bo'g’ini bo'lgan davlat moliyasi va uning elementlarini 
to'g’ri shakllantirilishi hamda boshqarilishida moliyaviy instrumentlardan to'g’ri 
va oqilona foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng davlat 
tomonidan ko'plab iqtisodiy islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bular 
orasida davlat moliyasini isloh qilish borasida olib borilgan islohotlar alohida 
e'tiborga molikdir. Bunday islohotlarning bosh maqsadi, birinchidan, budjet 
mablag’laridan foydalanish samaradorligini yoki unumdorligini oshirish, ya'ni 
davlat organlarining funksiyalarini bajarishda xarajatlarini yanada maqsadli 
sarflanishi, ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada oshirish bo'lsa, 
ikkinchidan, davlat xizmatlari faoliyatini doimiy yaxshilashning ichki 
oqibatlarini yaratish hamda o'z o'zini rivojlantirishni ta'minlash. 
Bu maqsadlarga erishish uchun davlat moliyasini isloh qilish strategiyasi 
ishlab chiqilgan bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri dasturiy maqsadga 
mo'ljallangan budjet tizimini yaratishdir.



“Budjet” (ingl. budget – hamyon, mablag’) iqtisodiy so’z bo’lib, (1) 
“Muayyan vaqt (yil,chorak) uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan va 
qonuniy tarzda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig’indisi” va (2) “Shaxsiy 
kirim-chiqim majmui” ma’nolarini anglatadi”
2
.
Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida 
paydo bo'lgan bo'lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot 
sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr 
ijtimoiy tuzumiga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy 
belgilari davlat faoliyatining va budjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi 
mazmunini belgilab beradi. 
Davlat moliya tizimi va budjetning iqtisodiy mohiyati qadim zamonlardan 
iqtisodiyotchilar tomonidan o'rganila boshlangan. Masalan, sharq olimlari Ibn 
Haldun, Al - Farobiy asarlarida davlat xarajatlari va uning mohiyati ko'rsatilgan. 
Klassik iqtisodiy nazariya asoschilari U.Petti, A.Smit, D.Rikardo tomonidan 
davlat budjeti daromadlari shakllanishida soliq tizimining o'rni va vazifalari
yoritilgan. Ular davlatni iqtisodiyotga minimal ishtiroki tarafdorlari bo'lib, 
davlatning asosiy vazifalari mudofaa va ijtimoiy masalalar deb belgilaganlar. 
Bozor munosabatlari esa, ularning fikricha, talab va taklif qonuniga asosan 
iqtisodiy rivojlanish muvofiqlashadi.
Yalpi talab darajasini pasayishida davlat aralashish masalalari birinchi marta A. 
Marshallni ilmiy ishlarida tahlil qilingan. Iqtisodiyotga davlat aralashuvi, 
jumladan budjet tomonidan uni barqarorlashtirish masalalari J.M.Keynsni ilmiy 
izlanishlarida atroflicha yoritilgan.
Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining eng muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Tarixdan ma'lumki, davlatchilik rivojlanishi bilan davlat moliya 
tizimi va uning markaziy zvenosi bo'lgan davlat budjetining milliy iqtisoddagi 
roli va mohiyati oshib borgan. Agar XX-asrning boshlarida dunyoda mamlakatni 
yalpi ichki mahsulotini 10-12% davlat budjetini shakllantirish uchun 
2
O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildli. Birinchi jild. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006. – B. 394. 



yo'naltirilgan bo'lsa, XX-asrning oxirida ushbu ko'rsatgich 25-35% tashkil 
qiladi. Natijada budjet xarajatlari YAIMga nisbati keskin o'sa boshladi. Bu esa 
ayrim 
mamlakatlarda 
budjet 
taqchilligini 
keltirib 
chiqardi.Budjetni 
balanslashtirish uchun ushbu mamlakatlar tashqi va ichki qarzlarni jalb qila 
boshladilar va bu davlatning tashqi qarzlari oshishiga olib keldi. 
O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 26-dekabrdagi “Budjet kodeksi”da 
davlat budjetiga quydagicha ta’rif berilgan “O'zbekiston Respublikasining 
Davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy 
jihatdan ta'minlash uchun mo'ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”
3
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan 
Konstitutsiyasi hamda 2014-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining «Budjet kodeksi»ga binoan “davlat budjeti – respublika 
budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy budjetlaridan iborat. Bundan tashqari, davlat budjeti tarkibida davlat 
maqsadli jamg‘armalari jamlanadi" deb belgilab qo’yilgan. 
Davlat budjetining 
huquqiy asosi Konstitutsiyaning 122 moddasida ham ta'kidlangan bo'lib, unda 
"O'zbekistonning davlat budjeti Respublika budjeti, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi va mahalliy budjetlardan iborat" deb ko'rsatilgan. 
Bosh qomusimizning 123 moddasida esa "O'zbekiston Respublikasi 
hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilinishiga faqat 
O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi haqli" deb belgilab qo'yilgan. 
Bunda, Oliy majlis tomonidan davlat budjetining xarajatlari qabul qilinib, 
soliq va yig’imlar joriy etilsa, Vazirlar Mahkamasi har moliya yili uchun 
tegishli qaror qabul qilib, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismini 
ijro uchun tasdiqlaydi. Shu bilan birga, xarajatlarning yo'nalishlarini hamda 
soliq va to'lovlarning foizlarini belgilaydi.
Davlat budjetida rejalashtirilgan xarajatlar daromadlar bilan qoplanishi 
shart. Daromadlar yetmagan vaqtda, turli manbalardan mablag’ jalb etilishi 
3
O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 26-dekabrdagi O’RQ 360-son “Budjet kodeksi” to’g’risidagi qonuni, 1-
modda 



lozim. Masalan, davlat tomonidan ichki (markaziy bank, tijorat banklari 
mablag’lari) va xorijdan mablag’ jalb etish. Biroq, qonunga asosan mahalliy 
budjetlar taqchillik bilan qabul qilinmaydi. 
Hozirgi 
sharoitda 
davlat 
budjeti 
ijtimoiy 
(ishlab 
chiqarish) 
munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda 
yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini 
to'plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, 
sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta'minot, boshqaruv, mudofaa va 
boshqalar) rivojlanishiga yo'naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash 
instrumentidir. 
O'zining mohiyatiga ko'ra, davlat budjeti mamlakat moliya tizimining 
tarkibiy qismidan iborat bo'lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli 
bo'lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo'lgan barcha 
funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o'zida, davlat budjeti faqat o'ziga xos 
bo'lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o'z navbatida, davlat 
budjetini moliya tizimining boshqa bo'linmalaridan ajratib turadi va unda 
markaziy o'rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan 
biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda 
davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo'lsada, uning bu xis-
lati, ya'ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi 
sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo'ladi. 
Yagonalik (birlik) va markazlashuvning yuqori darajada ekanligi davlat 
budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma'muriy-hududiy budjetlarning 
ko'pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo'g’inlarning yuqori 
bo'linmalarga bo'ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat 
budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o'zida budjet resurslarini shakllantirish va 
ulardan foydalanishda demokratizm ham ta'minlanadi. Chunki davlat 
hokimiyatining barcha organlari o'zlarining budjet mablag’lariga ega bo'lib, bu 
borada ular o'zlariga tegishli bo'lgan budjet huquqlaridan foydalanadilar. Davlat 


10 
budjetiga xos bo'lgan ana shu oxirgi ikki xarakterli belgilar mablag’lar bilan 
budjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. 
Ayrim hollarda davlat budjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy 
moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to'g’ri deb e'tirof etib bo'lmaydi. 
Chunki iqtisodiyotga tegishli bo'lgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy 
kategoriyaning namoyon bo'lish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga 
muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat budjeti 
(umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon bo'lish shaklidir. Boshqacha 
so'zlar bilan aytganda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida budjet 
iqtisodiy kategoriya sifatida budjetga xos bo'lgan xususiyatlar majmuining 
namoyon bo'lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy 
rejasi sifatida ularning “Davlat budjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning 
mohiyatini o'zgartirmaydi va davlat budjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya-
larning tarkibidan chiqarishga hech qanday asos bo'la olmaydi. Bundan kelib 
chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, davlat budjeti deyilganda, eng 
avvalo, ikki tushunchaning qo'shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat 
miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga 
keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va 
ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo'lish shakli sifatida davlatning asosiy 
moliyaviy rejasi. 
Budjetning qanday bo‘g‘inda tashkil topishidan qat’i nazar uni quyidagi 
uch ma’noda ko‘rsatib o‘tish mumkin: 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish