2. Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi pedagogika fani tarkibiy
qismi
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi bo‘lib, insonni shakllantirishda
muayyan maqsad sari qaratilgan tizimli faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’ lim-tarbiya
berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.
Metodologiya esa (yunoncha metod va logiya so‘zlaridan)faoliyatning tarkibi,
mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagita’limotdir.
Metodologik bilim, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z
ichiga olgan odat va normalar shaklida, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri
sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda,
avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va
usullari tushuniladi.
Metodlar haqidagi ta’limot fanda metodologiya deyilishi mumkin.
Umuman olganda, metodika, o‘rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar asosida
pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi.Fanning rivojlana
borishi bilan o‘rganish metodlarining roli ortib boradi. Metodlarsiz qo‘yilgan
maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. O‘qituvchining metodik mahorati, dars o‘tishning
yangi metodlarini o‘zlashtirishiga etarli e’tibor berilmas ekan, ta’limga, inson
kapitaliga investitsiyalarning qanchalik ko‘payishidan qat’i nazar ta’limnisifati
oshmaydi.O‘qituvchilarning metodik mahoratini oshirishga qilingan xarajatlar,
ularni bunga rag‘batlantirish «minimal xarajat qilib, maksimal samara» olish
imkonini beradi.
Boshqacha aytganda ta’limda metodika — bu dars o‘tishda o‘qituvchiga
qo‘yiladigan talablarni realizatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning
majmuidir.
Metodologiya — tadqiqotning nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish,
tiklash,tamoyillar va usullar tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limot
hisoblanishi birqancha adabiyotlarda qayd qilingan.
«Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi umumiy bilish metodi»
deb ham ta’riflanadi. Metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday
yondashish yo‘lini o‘rgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biron jihatini o‘rga
tuvchi metodologiyaga metafizikani, voqelikni chiziqli rivojlanishi, o‘zgarish
jarayonini uni tashkil etuvchi bilimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklarni aks
ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, voqelikda ro‘y beruvchi, keskin halokatli
o‘zgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini o‘rganishda qo‘llanilayotgan
metodologiyaga sinergetikani misol sifatida kiritish mumkin» — deyiladi, O‘zbek
ensiklopediyasida.
Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma’lum bir fanni o‘rganish, o‘qitish
metodlari to‘g‘risidagi ta’limotdir. Mutaxasisslik fanlarini o‘qitish metodikasi esa
shu aynan ma’lum bir yunalishdagi fanlarni o‘rganish, o‘qitish metodlarini
o‘rganadi.Mutaxasislik fanlarni o‘qitish metodikasining maqsadi mutaxassislik
buyicha amaliy-nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini
o‘rganishdir. Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi pedagogika faning
tarmog‘i sifatida o‘z ob’ektlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega.
Mutaxassislik fanlarni o‘qitish jaryoni, shu jarayonning hamma jihatlari: o‘quv
materialining mazmuni,o‘qitish metodlari, talabalarning bilish faoliyati, o‘qitish
natijalari va boshqalar o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Pedagogika fanning tarmog‘i
sifatidagi mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi oldiga qo‘yidagi asosiy
tadqiqot vazifalari qo‘yiladi:
1. Yunalish buyicha mutaxassislik fanlari vazifalarini asoslash, ularning
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish.
Yunalish buyicha mutaxassislik fanlari, avvalo, bulajak texnologiya ta’limi
o‘qituvchilarining har tomonlama etuk bo‘lishiga, kelajakda rivo jlanish
intensivligi zaruriyati asosida yosh avlodda umumtexnologiya va uquv
mahoratlarini shakllantirishda tuliq tayyor bo‘lishida juda katta ahamiyatga egadir.
Yunalish buyicha mutaxassislik fanlari vazifalarini fan va texnikaning rivojlanish
tendensiyalariga, hozirgi zamon ishlab chiqarishning yoshlarni mehnatga
tayyorlash borasidagi talablariga ham bog‘liq ravishda belgilanadi.Texnologiya
ta’limi yunalishini kelajak faoliyatidagi vazifalarni ifodalashda mutaxassislik
fanlarini maktab texnologiya ta’limi tizimida qanday urin olgani nazarda tutiladi.
SHu sababli mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi maktabda utkaziladi gan
amaliy mashg‘ulotlar bilan boshqa o‘quv predmetlarini (ijtimoiy-siyo siy, tabiy-
matematik) o‘qitishning didaktik bog‘liqligini ochib beradi, ta’lim jarayonidagi
texnologiya ta’limining izchilligini ta’minlash yul larini ko‘rsatadi. Kelajakda
texnologiya ta’limi o‘qitish jarayonida o‘quv materialining mazmuni bilan
belgilanadigan o‘ziga xos ta’limiy vazifa lar hal qilinadi. Mutaxassislik fanlarini
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiya ti, umuman dasturga muvofiq uning har bir
mavzusiga, o‘quv materiallining har bir asosiy masalasiga muvofiq ochib berishiga
imkon beradi.
2. Mutaxassislik fanlarini o‘quv materiali mazmunini asoslash. O‘quv
predmetining mazmunini ishlab chiqish uchun birinchidan, tegishli fandagi mavjud
ma’lumotlardan o‘quv materialini tanlab olish, ikkinchidan, bu ma terialni
o‘rganuvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning boshqa predmet larga oid
bilimlarini va boshqa ba’zi faktorlarini hisobga olgan holda ma’lum tartibda
tizimga solish zarur. O‘qituchilik faoliyatining istalgan sohasida insoniyat
tomonidan tuplangan bilimlar hajmi benihoya katta. Jumladan, texnologiya ta’limi
yunalishidagi fanlar buyicha olib borila digan amaliy mashg‘ulotlarning asosiy
qismlarini tashkil qiladigan mahsu lot va materiallarga ishlovberish texnologiyalari
va ularni o‘rgatishga tegishlidir.
SHunday qilib, katta hajmdagi bilim va kunikma hamda malakalardan umumiy
ta’lim talablariga eng yuqori darajada javob beradigan va urganuv chilarda o‘rgani
ladigan ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy asoslari va amalda qo‘llanilishi
haqida to‘g‘ri tassavur hosil qila oladiganlarini ajra tib olishga to‘g‘ri keladi.
Ravshanki, har qanday o‘quv materiali eng katta tar biyaviy va ta’limiy ahamiyat
ga molikligini hal qilish uchun uni tanlash mezonlariga ega bo‘lish zarur. Bunday
mezonlarini ishlab chiqish ham metodika ning vazifalariga kiradi. O‘quv material
larini tizimga solish alohida problemadir. Fan va o‘quv jarayonidagi “sodda” va
“murakkab” tushunchalari bir xil emas. Masalan, texnologiya ta’limida detal – sod
da o‘rganish ob’ekti, mehanizm yoki mashina esa detalga nisbatan murakkab hisob
lanadi. Bu hol oliy ta’limning texnologiya ta’limi yunalishini mutaxassislik fan
larida ham mavzu materiallarini mohiyatiga kura farqlanadi.
SHunday qilib, o‘quv materialining tizimga solishda mutaxassislik fanning
tuzilishi,tizimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchirib olmaslik, balki ta’lim va tarbiyaviy
ahamiyatni nazarda tutishkerak. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi bu
muhim talabni bajarishning eng samarador yuli va vositalarini topish kerak, bu
esaoliy ta’limda texnologiya ta’limi yuna lishi buyicha mutaxassislik fanlari
mazmunini asoslash va o‘quv dasturini tuzish uchun ham zarurdir.
3. Ta’limni muloqot jarayonini tashkil etish. Ta’limni muloqot jarayoni o‘zaro
chambarchas bog‘langan bo‘li, o‘rgatish(o‘rgatuvchifaoliyati) va ta’lim oluvchi
(o‘rganuvchi faoliyati)faoliyatidan iboratdir. Mutaxassislik fanla ridan o‘quv
jarayonini tashkil qilishning forma va usullarini ishlab chi qishda texnologiya
ta’limi yunalishini boshqa o‘quv predmetlarini o‘qi tish tajribasidan, shuningdek,
didaktik tadqiqotlarining ma’lumotlari dan foydalaniladi. Mutaxassislik fanlaridan
o‘rganuvchilarni o‘rganish tex nologiyaining natijalarini baholashda boshqa
predmetlar uchun muhim bo‘l magan: texnologiya xavfsizligi qoidalariga rioya
etish, ish urnini tashkil qilish, texnologiya usullarini to‘g‘ri bajarishning bir qator
faktorlarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Metodikaning vazifalaridan biri o‘rganuv
chilar o‘rganish texnologiyaini ob’ektiv baholash imkonini beradigan mezonlarni
ishlab chiqishdir.
O‘rgatuvchilar o‘rganishishini tashkil qilishning formalari asosida me todikani
ishlab chiqishda buyumning murakkabligi, o‘rganuvchilar tayyorgar ligi, ta’lim va
tarbiya vazifalaridan kelib chiqib mashg‘ulotlarni tashkil qilishning qaysi
formasidan foydalanish maqsadga muvofiqligini hal qi lish kerak. Ma’lumki, agar
o‘rganish texnologiya topshirig‘i ijtimoiy foyda li qimmatga egabo‘lmasa,
o‘rganuvchilarning uni bajarishga qiziqishlari an cha susayadi. SHuningdek,
o‘rganuvchilar unumli texnologiya bilan shug‘ullansa, amalda qo‘llaniladigan
ob’ektlarni tayyorlayotgan bo‘lsalar, ularning texno logiyaga qiziqishi ortadi. SHu
sababli metodikani ishlab chiqishda qachon va qanday hajmdagi tayyorgarlik
mashqlarini bajarish kerakligin ianiqlash lozim bo‘ladi.
4. Mutaxassislik fanlari buyicha darsdan tashqari ta’lim muloqot ishlar maz
muni va metodikasini asoslash. Mutaxassislik fanlari buyicha sinfdan tashqari
ta’lim muloqot ishlarni bir kurinishi tugarak lar keng tarqalgan. Deyarli har bir
maktabda yozgi uquv amaliyotlarini utkazish, mahsulot va materiallarga ishlov
berishga asoslangan tugarak lar tashkil qilinishi mumkin. SHu boidan ham oliy
ta’limda texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarini o‘qitish
jarayonida audidatoriyadan tashqari ta’lim jarayonida tugarak ishlari, pedagogik
malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlari, mustaqil ta’lim va tugarak ishlari
samarali tashkil qilish talab qilinadi. Mutaxassislik fanlari buyicha tugarak ishlari
amaliyotida mashg‘ulotlarni tashkil qilishning har xil formalari ishlab chiqilgan.
Bu tajribalarni umum lashtirish va tuga raklarda mashg‘ulotlarni tashkil qilishning
eng qulay, samarali usullari ni ajratish, ilg‘or tajribani yoyish, uni hamma
texnologiya o‘qituvchilari va bulajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining
mulkiga aylantirish metodikaning vazifalaridir. YUqoridagi aytilgan vazi falarni
hal mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi ku zatish,eksperiment, didaktik
eksperiment, ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlash tirish, nazariy
tadqiqotlar kabi asosiy ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |