Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


da’vat qiladigan, ibodat-itoatga



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

da’vat qiladigan, ibodat-itoatga 
buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar 
najot topguvchilardir» 
(Oli Imron surasi, 104-oyat); 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
48
«(Ey ummati Muhammad), 
odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng 
yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan 
qaytarasiz» 
(Oli Imron surasi, 110-oyat); 
«(Ey Muhammad), 
marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz 
o‘giring» 
(A’rof surasi, 199-oyat); 
«Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, 
yomonlikdan to‘xtatadilar» 
(Tavba surasi, 71-oyat); 
«Bani Isroil orasidan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso ibn Maryam tilida 
la’natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor 
bo‘lganlaridir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu 
qilishlari naqadar yomon ish» 
(Moida surasi, 78-79-oyatlar); 
«Ayting, 
(Bu Qur’on) 
Parvardigoringiz tomonidan 
(kelgan) 
haqiqatdir. Bas, 
xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» 
(Kahf surasi, 29-
oyat); 
«Bas, siz o‘zingizga buyurilgan ishni 
(ya’ni, haq dinga da’vat qilishni) 
yuzaga 
chiqaring» 
(Hijr surasi, 94-oyat); 
«Bu gunoh ishdan qaytargan zotlarga najot berdik va zolim kimsalarni 
itoatsiz bo‘lganlari sababli qattiq azob bilan ushladik» 
(A’rof surasi, 165-oyat), 
deb aytgan. 
185/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki 
nojo‘ya, yaramas ishni ko‘rsa, qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan 
o‘zgartirsin. Agar unga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Mana shu 
(uchinchisi) imonlarning zaifidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
186/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mendan oldingi 
ummatga Alloh taolo biror payg‘ambarni yuborsa, ummati ichida uning izdoshlari va 
ashoblari bo‘lib, uning sunnatiga amal qilib, buyruqlariga bo‘ysunishar edi. Ulardan keyin 
o‘rinbosarlar kelib, o‘zlari qilmagan narsani (xalqqa) so‘zlab va buyurilmagan ishlarni 
(o‘zlari) qilar edi. Kimki ularga qo‘li bilan jihod qilsa, u mo‘mindir. Kimki ularga tili bilan 
jihod qilsa, u ham mo‘mindir. Kimki ularga qalbi bilan jihod qilsa, u ham mo‘mindir. 
Lekin bu (uchinchisining) ortida xantal urug‘icha ham imon yo‘qdir», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
187/3. Abulvalid Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)ga 
osonligu qiyinchilikda, rohatda-yu kulfatda, bizdan boshqani ortiq ko‘rilsa ham, ishlarni 
o‘z ahliga topshirib tortishmaslikka bay’at qildik. Lekin Alloh tomonidan va o‘zingiz 
tomondan uning kofirligiga ochiq-oydin hujjat borligi ko‘rilsa, unday emas. Va yana 
malomatchining malomatidan Alloh yo‘lida qo‘rqmasdan qaerda bo‘lsa ham, haqni 
aytishga ham bay’at qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
188/4. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh man 
qilgan narsalardan saqlanuvchi va uni tortinmay qilib yuruvchining misoli xuddi bir 
jamoaga o‘xshaydi. Ular kemani minishda qur’a tashlashadi. Ba’zilari hissasiga tepa 
qismi va ba’zilariga past qismi tushadi. Past qismidagilar suv olish uchun tepadagilar 
oldidan o‘tadilar. (Bundan ozorlanib) «Agar biz suvdan o‘z nasibamizni olish uchun 
pastdan teshib olsak, tepamizdagilarga ozor bermas edik», deyishardi. Agar tepadagilar 
pastdagilar xohlagan narsani shundayicha qo‘yib qo‘ysalar, barchalari halok bo‘lishadi. 
Agar ularni bu fikrlaridan to‘xtatishsa, o‘zlari ham, qolganlari ham najot topishadi», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. (Agar kishi o‘zi solih bo‘lib, ahli va bolalari hamda 
unga ergashuvchilar shariatga xilof ishni qilishsa, barchalari Allohning azobiga barobar 
doxil bo‘lishadi. Chunki kemaga tushganning joni bir-da ... - tarj.) 
189/5. Ummu Salama Hind binti Abu Umayya Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish