Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
21-BOB
Yaxshilik va taqvo yo‘lida bir-biriga yordam berish bayoni 
Alloh taolo: 
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» 
(Moida surasi, 2-oyat); 
«Asr 
(vaqti)ga 
qasamki, 
(barcha) 
inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat imon 
keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq 
(yo‘li)ni 
tavsiya etgan va 
bir-birlariga 
(mana shu Haq yo‘lida) 
sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina 
(najot topguvchidirlar)» (Val-asr surasi, 1-3-oyatlar), deb aytgan. Imom Shofe’iy: 
«Albatta kishilarning ko‘plari bu surani tadabbur qilishdan g‘aflatdadirlar», degan 
ma’noda so‘z aytganlar. 
178/1. Abu Abdurahmon Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Allohning yo‘lida urushga chiquvchi kishini (kerakli narsalar 
bilan) ta’minlasa, g‘azot qiluvchi kishidek savobga ega bo‘ladi. Kimki urushga ketgan 
mujohidning ahliga yaxshilik bilan o‘rinbosar bo‘lsa (ya’ni, uning bola-chaqasidan xabar 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
olib, xizmatlarini qilib tursa), u ham o‘sha kishidek savobga ega bo‘ladi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
179/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Bani Lahyon 
qabilasiga Huzayl qabilasidan bir guruhni jo‘natayotib: «Har ikki kishilik (uydan) birini 
jo‘natsin. Ular oralarida savob barobardir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
180/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ravho degan joyda bir 
to‘da otliq kishilarga yo‘liqib: «Kim bu qavm?» deganlarida, ular: «Biz musulmonlarmiz, 
o‘zingiz kimsiz?» deyishdi. U zot: «Allohning rasuliman», dedilar. Bir xotin yosh go‘dakni 
ko‘tarib: «Buning uchun ham haj bo‘ladimi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ha, (unga haj 
bo‘lib) senga ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
181/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mukammal 
holatda xushvaqtlik bilan tayin qilingan shaxsga (omonatni) berib, buyurilgan narsani 
bajaruvchi ishonchli, xazinachi musulmon sadaqa qiluvchilarning biridir», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish