Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
221
nafl-ixtiyoriy namozlar bor», deb, yana u zot: «Ramazon oyida ro‘za tutish», degandilar,
u kishi: «Menga bundan boshqasi ham bormi?» dedi. U zot: «Yo‘q! Faqatgina ixtiyoriy
nafl ro‘zalari bordir», deb, yana u zot haligi kishiga: «Zakot bermoqlik»ni zikr qildilar.
Haligi kishi: «Bundan boshqasi ham bormi?» degan edi, u zot: «Yo‘q», faqatgina
ixtiyoriy-nafl sadaqalar bordir», dedilar. Shunda haligi kishi orqaga qaytib ketayotib:
«Allohga qasamki, mana
shundan ziyoda ham qilmayman, kamaytirmayman ham»,
dedi. Rasululloh (s.a.v.)
«Agar rost aytayotgan bo‘lsa, najot topibdi», dedilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1207/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Muozni (r.a.)
Yamanga jo‘natayotib: «Ularni avvalo Allohdan boshqa iloh yo‘q va men Allohning rasuli
ekanimga da’vat qil. Agar bunga itoat qilishsa, Alloh har kecha va kunduzda besh vaqt
namoz farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, boylardan olib kambag‘allarga
beriladigan sadaqani Alloh farz qilganini bildirgin» dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Foyda:
Islomga da’vat qilishda odamlarga og‘irlik tug‘dirmaslik uchun uni bosqichma-
bosqich olib borish hamda da’vatni avvalo tavhiddan boshlash joiz. Chunki tavhid
dinning aslidir. Alloh vahdoniyatini e’tirof etmasdan oldin hech narsa durust emas.
1208/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kishilar «La ilaha
illallohu va anna Muhammadan Rasululloh», deyishmagunicha,
namozni qoim
qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushmoqqa buyurildim. Agar
mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida
unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi Alloh taologadir», dedilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1209/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vafot etdilar. Abu
Bakr (r.a.) xalifalik paytlarida arablardan kofir bo‘lganlari kofir bo‘lishdi. Umar 4§: «Ey
Abu Bakr, odamlar bilan qanday urushasiz? Vaholanki Rasululloh (s.a.v.)
«Odamlar «La
ilaha illalloh» deyishmaguncha ular bilan urushishga buyurildim. Kimki «La ilaha illalloh»
deb aytsa, batahqiq, mendan moli va jonini saqlabdi. Faqat Islom haqida unday emas
(ya’ni hadlarda). Ularning hisobi Alloh Taologadir», deb aytgan bo‘lsalar», deganlarida
Abu Bakr (r.a.): «Allohga qasamki, kimki namoz bilan
zakotning orasini ajratsa, u bilan
urushaveraman. Chunki zakot molning haqqidir. Allohga qasamki, agar Rasululloh
(s.a.v.) zamonlarida berib yurgan ulovning arqonichalik narsani menga berishdan bosh
tortishsa, urush e’lon qilaman», dedilar. Umar (r.a.): «Allohga qasamki,
Abu Bakrga
qarab, Alloh u zotning qalblarini ular bilan urushishga moyil qilib qo‘yganini ko‘rdim.
Bildimki, albatta bu zot haq edilar», deb aytdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1210/6. Abu Ayubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.)
«Ey
Allohning Rasuli! Meni jannatga olib kiradigan amal haqida xabar bering», deganda
Rasululloh (s.a.v.)
«Allohga ibodat qil. Unga biron narsani sherik qilma, namozni ado et.
Zakotni haqdorlarga ber. Va qarindoshchilik rishtalarini bog‘lagin», dedilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1211/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki, agar unga
amal qilsam, jannatga kirayin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
«Allohga biron narsani
sherik qilmasdan ibodat qilasan. Namozni ado etasan. Farz qilingan zakotni berasan.
Ramazon oyida ro‘za tutasan», dedilar. Haligi a’robiy: «Mening jonim Uning qo‘lida
bo‘lgan zotga qasamki, bunga ziyoda qilmayman», dedi. A’robiy orqasiga o‘girilib qaytib
ketganida, Rasululloh (s.a.v.)
«Kimni jannat ahlidan bo‘lgan
kishiga qaramoqlik xursand
qilsa, mana bu a’robiyga qarasin», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1212/8. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasulullohga (s.a.v.)