Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
129
kibr-havoga kiradimi?)», deganida, u zot: «(Yo‘q, bu amali kibr emas). Albatta,
Alloh
ko‘rkamdir. Va ko‘rkamlikni yaxshi ko‘radi. Aslida kibr haq so‘zni rad etib, odamlarga
past nazar bilan qarashdir», de dil ar.
Imom Muslim rivoyatlari.
612/2. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)
huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «O’ng qo‘lingda yegin», dedilar.
Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh (s.a.v.)
«Qodir ham bo‘lmagin,
bundan faqat mutakabbirligi man qildi, xolos», dedilar. Shundan keyin haligi kishi (o‘ng)
qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmadi.
Imom Muslim rivoyatlari.
613/3. Horisa ibn Vahbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlarga ahli
do‘zax kimlar ekani haqida xabar beraymi? Ular qo‘pol, dag‘al, gerdayib yuruvchi
mutakabbirlardir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
614/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Jannat va
do‘zax martaba talashib xusumatlashishdi. Do‘zax: «Menda
zolimlar, mutakabbirlar
bo‘ladi», dedi. Jannat: «Menda zaif va miskinlar bo‘ladi», dedi. Alloh taolo ularning
o‘rtasida hukm qildi va: «Ey jannat, sen Mening rahmatimdirsan.
Men xohlagan
bandamga sen bilan rahmat qilaman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ey do‘zax, sen
Mening azobimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan azob beraman (ya’ni, senga
uni kirgizaman). Ikkovlaringizni to‘ldirish Mening zimmamdadir», dedi», dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
615/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kiyimini
takabburlik bilan sudrab yuruvchi kishilarga Alloh taolo Qiyomat kuni (rahmat nazari ila)
qaramaydi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
616/6. Abu Hurayraradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Uch toifa kishilar
borki, Alloh taolo Qiyomat kuni ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi. Ularga (rahmat
nazari ila) qaramaydi ham. Hamda ular uchun alamli azob bordir. 1) Zinokor qariya. 2)
Yolg‘onchi podshoh. 3) Kambag‘al mutakabbir», deb aytdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
617/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh taolo:
«Azizlik izorim, kibrlik esa ridoimdir (ya’ni bu ikki sifat menga xosdir).
Kimki mening bu
sifatlarim ustida men bilan nizo qilsa, uni azobimga giriftor qilaman», dedi.
Imom
Muslim rivoyatlari.
618/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishi o‘ziga
mahliyo bo‘lib, chiroyli kiyinib,
sochlarini tarab, mutakabbirlarcha qadam qo‘yib yurib
ketayotgan edi, Alloh taolo u kishini yerga yutqizib yubordi. U kishi endi Qiyomat
kunigacha yerga sho‘ng‘ib boradi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
619/9. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi gerdayib
yurishda bardavom bo‘ladi, hattoki, shafqatsiz zolimlar qatoriga yoziladi.
Va ularga
kelgan azob bu kishiga ham keladi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: