Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
126
fitnalanishdan xavf qilganda yoki harom va shubhali narsalarga
yo‘liqishdan qo‘rqqanda uzlat qilishi, ya’ni odamlardan
uzoq bo‘lishining mahbubligi
Alloh taolo:
«Bas, Allohga
(iymon keltirish uchun)
chopinglar-shoshinglar. Albatta, men
sizlar uchun U zot
(ning azobi)dan
ochiq ogohlantirguvchidirman»
(Vaz-zoriyat
surasi, 50-oyat), degan.
596/1. Sa’d ibn Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Albatta, Alloh
taolo taqvodor, qalbi boy va panada yuruvchi bandasini yaxshi ko‘radi», delilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
597/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey, Allohning Rasuli,
qaysi inson afzalroq?» deganida, Rasululloh (s.a.v.)
«Moli va joni bilan Alloh yo‘lida jihod
qiluvchi mo‘min», dedilar. U kishi «keyin kim?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Tog‘lar
orasida odamlardan o‘zini panaga olib, Rabbisiga ibodat qiluvchi kishi», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Allohga taqvo qilib, odamlarning yomonligi sababli ularni tark
qiluvchi kishi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
598/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Yaqin
kunlarda musulmonning eng yaxshi mol-dunyosi qo‘ylar bo‘ladiki, musulmon dinini
fitnalardan saqlash niyatida tog‘ cho‘qqilarida va yomg‘ir yoqqanda o‘sib chiquvchi
maysazorlarda qo‘ylarini o‘tlatib, qochib yuradi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
599/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo biror
payg‘ambarni yuborgan bo‘lsa, albatta, barchalari qo‘y boqqan», deganlarida,
sahobalari: «Siz ham boqqanmisiz?» deyishdi. Shunda u zot: «Ha, Makka ahlining
qo‘ylarini bir qiyrot barobaridagi mablag‘ evaziga boqib berar edim», dedilar.
Imom
Buxoriy rivoyatlari.
600/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh yo‘lida jihod
niyatida har lahza otining tizgini qo‘lida bo‘lgan, urush ovozi yoki qiyqirig‘ini eshitgan
zahoti otini minib, urush bo‘lyapti deb hisoblagan yerga o‘ldirish yoki o‘lish, ya’ni g‘oziy
yoki shahid bo‘lish maqsadida yetib borgan kishi insonlar ichida eng yaxshi hayot
o‘tkazayotgan kishidir», dedilar. Va yana: «Bir qancha qo‘ylarni olib, tog‘ cho‘qqilariga
chiqib ketgan yoki biror vodiy ichiga kirib ketgan, u yerda namoz o‘qib, zakotini berib, to
o‘lim kelgunicha Rabbisiga ibodat qilgan hamda insonlar bilan faqat yaxshi muomalada
bo‘lgan kishi ham insonlar ichida eng yaxshi hayot kechirayotgan kishidir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: