Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
125
qo‘riqxonasi harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar
u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi
fasod bo‘ladi. Ogoh bo‘ling, o‘sha bir parcha go‘sht qalbdir», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
588/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yo‘lda (ketaturib) bir xurmo
topib oldilar. Va: «Agar sadaqa bo‘lishdan qo‘rqmaganimda, uni yegan bo‘lar edim»,
dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
589/3. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Xusni-xulqli
bo‘lish komil yaxshilikdir. Gunoh esa diling taraddudlanib, odamlar undan xabardor
bo‘lishlarini xohlamaganingdir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
590/4. Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasulullohning (s.a.v.)
huzurlariga borsam, u zot: «Yaxshilik haqida so‘ragani keldingmi?» dedilar. Men: «Ha»,
dedim. Rasululloh (s.a.v.)
«Bu haqda sen qalbingdan fatvo so‘ragin. Agar nafsing va
qalbing unga xotirjam bo‘lsa, demak, u yaxshilikdir. Ammo nafsingda va qalbingda
taraddud bo‘lsa, demak shu yomonlikdir. Agar odamlar senga va sen ularga fatvo
bersang ham», dedilar.
Imom Ahmad va Doramiylar rivoyati.
Foyda:
Bu Rasulullohning (s.a.v.) mo‘‘jizalaridan bo‘lib, huzurlaridagi kishi hali
so‘ramasidan turib savoliga javob qaytarayaptilar.
591/5. Abu Sirva’ata Uqba ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Abu Ihob ibn
Azizning qiziga (Ya’ni, Ummu Yahyoga) uylandilar. Bir kuni bir xotin kelib: «Men seni
xam, xotiningni ham emizganman», dedi. Shunda Uqba (r.a.): «Sen meni emizganingni
ham bilmayman va bu haqda xabar ham bermagansan», dedilar-da, ulovlariga minib,
Madinaga - Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, bu masala haqida u zotdan so‘radilar.
Rasululloh (s.a.v.)
«Gap tarqab bo‘pti-ku, qandoq qilib uni xotin qilasan», dedilar. Keyin
Uqba (r.a.) uni qo‘yib yubordilar. U xotin esa boshqa erga tegib ketdi.
Imom Buxoriy
rivoyatlari.
592/6. Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Shubhali narsani
shubhasiziga qo‘y (Ya’ni shubhali narsani tark etib, shubhasiz narsani ol)», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
593/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) xizmatkor bolalari
bo‘lib, ishlab topgan narsasidan Abu Bakr (r.a.) uchun hissa chiqarib berar edi. Abu Bakr
(r.a.) o‘sha hissadan tanovul qilardilar. Bir kuni u bola bir narsa olib kelgan edi, Abu
Bakr (r.a.) undan yedilar. Shunda haligi bola: «Bu yegan narsangizning nimaligini
bilasizmi?» dedi. Abu Bakr (r.a.) «Nima u?» dedilar. U bola: «Men johiliyat paytlarida fol
ochishni bilmasam ham, aldab unga fol ochgan edim. O’sha kishi men bilan ko‘rishib,
o‘sha narsaning haqqini berdi. Siz o‘sha narsadan tanovul qildingiz», dedi. Abu Bakr
(r.a.) esa qo‘llarini og‘izlariga tiqib, qorinlaridagi barcha narsani qayt qilib tashladilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
594/8. Nofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob (r.a.) ilk muhojirlarga to‘rt
ming (dirham)dan tayin qildilar. O’g‘illari Abdullohga esa uch yarim ming (dirham) tayin
etdilar. Shunda u zotga: «Bu o‘g‘lingiz ham muhojirlardan-ku, nima uchun kam
berdingiz?» deyilganida, u zot: «Chunki buni otasi hijratga olib chiqqan. Ya’ni o‘zi hijrat
qilganlar toifasidan emas», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
595/9. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Banda,
shubhali narsalarga yo‘liqib qolmay deb, shubhasiz narsalarni ham qilmasa, o‘shanda
taqvodorlar darajasiga yetishadi», delilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: