Foyda:
Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa o‘shalar qatorida yoziladi. Hamda ularga
yetgan azobga bu ham giriftor bo‘ladi.
73-BOB
Husnu xulq haqida
Alloh taolo:
«Albatta, siz ulug‘ Xulq ustidadirsiz»
(Qalam surasi, 4-oyat).
«(U taqvodor zotlar)...
g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning
(xato-
kamchiliklarini)
avf etadigan kishilardir»
(Oli-Imron surasi, 134-oyat), deb aytgan.
620/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) insonlarning eng xulqlisi
edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
621/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) kaftlaridan mayinroq
ipak ham, kimxob ham ushlamadim. Va yana Rasululloh (s.a.v.) hidlaridan xushbo‘yroq
hidni topmadim. O’n yil Rasululloh (s.a.v.) xizmatlarida bo‘ldim. Shu vaqt mobaynida
biror marta «uf» demadilar. Va biror qilib qo‘ygan ishimga «Nima uchun uni qilding»
demadilar. Hamda biror qilmagan ishimga «Uni bundoq qilmadingmi?» deb aytmadilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
622/3. Sa’b ibn Jassomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) yovvoyi eshak
hadya qilsam, u zot uni menga qaytarib berdilar. Qachonki yuzimdagi xafalikni
ko‘rganlarida: «Agar ehromda bo‘lmaganimizda, uni senga qaytarmas edim», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
623/4. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) yaxshilik
va yomonlik haqida so‘raganimizda, u zot: «Husnu xulq yaxshilikdir. Qalbing
taraddudlanib, odamlar o‘sha qilgan ishingdan xabardor bo‘lishlarini karih ko‘rishing
yomonlikdir», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.
624/5. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) badxulq
ham, shaloq so‘zli ham emasdilar. Va yana: «Sizlarning yaxshilaringiz xulqi
yaxshilaringizdir», derdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
625/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni mo‘min
bandaning tarozusida husnu xulqidan ko‘ra og‘irroq narsa yo‘qdir. Albatta, Alloh taolo
uyatsiz so‘zlarni aytuvchi og‘zi shaloq kishilarga g‘azab qiladi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
626/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Insonlarni
jannatga ko‘p kirgizadigan amal qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: «Allohga qilingan taqvo
va husnu xulq», dedilar. Va yana u zotdan: «Insonlarni do‘zaxga ko‘p kirgizadigan amal
qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: « Og‘iz va jinsiy a’zolar orqali qilingan gunoh», deb
aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Foyda:
Taqvoli va chiroyli xulqli bo‘lishga targ‘ib bor. Hamda kufr, yolg‘on va zinodan
ogohlantirish ham bor. Bu hadisda taqvo bilan chiroyli xulqning orasi jamlandi. Chunki
taqvo, inson bilan Rabbisi orasini isloh qiladi. Chiroyli xulq esa, inson bilan boshqa
insonlar orasini isloh qiladi. Va yana og‘iz bilan jinsiy a’zolar orasi jamlandi. Chunki,
og‘izdan kufr kalimasi, g‘iybat va chaqimchilik kabi fahsh so‘zlar sodir bo‘ladi. Jinsiy
a’zodan esa, zino sodir bo‘ladi. Bu ikki a’zo saqlanmasa, har turli balolarga sabab bo‘lib,
do‘zax tomon olib borishi mumkin.
627/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘minlarning
iymon jihatidan komili xulqi yaxshilaridir. Sizlarning yaxshilaringiz xotinlariga
xushmuomalada
bo‘lganlaridir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
628/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi yaxshi xulqi
bilan (kunduzlari) ro‘zador, (kechalari) bedor bo‘lganlarning darajasiga yetadi», dedilar.
Abu Dovud rivoyatlari.
629/10. Abu Umoma al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Haq
bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa
ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli
kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
630/11. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Menga mahbublaringiz va
qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. Menga yomon
ko‘rilganlaringiz va qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap-ezmalaringiz, axloqsiz
so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutafayqihlardir», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey
Rasululloh, sergap va axloqsiz so‘zlarni aytuvchini bildik. Ammo mutafayqihlar,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |