Suyak singanda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam
Suyak singan paytda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning eng asosiy sharti shikastlangan
odamning hayotini saqlab qolishga doir amal-usullarni tezkorlik bilan bajarish; qon tomirlardan qon
oqishini to‘xtatish; travmatik shokning oldini olish; jarohatga steril bog‘lam qo‘yish va nihoyat, tabeldagi
yoki qo‘l ostida bo‘lgan barcha vositalardan oqilona foydalanib, singan suyakni taxtakach-lash ya’ni
immobilizatsiya qilishdir.
Immobilizatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - singan joydagi suyaklarni o‘rnidan siljitmaslik,
qimirlamaydigan qilishdir. Bunday holatda og‘riqlar kamayadi, travmatik shokning oldi olinadi. Suyak
singanda o‘sha joy yaqinidagi ikkita bo‘g‘im (singan joyning yuqori va pastidagi) ni maxsus shinalar yoki
qo‘l ostida mavjud bo‘lgan vositalar yordamida taxtakachlab qo‘yish shart. Shundan keyingina
shikastlangan odamni behavotir bir joydan ikkinchi joyga siljitish, ko‘chirish mumkin bo‘ladi.
Buni hayotda transport immobilizatsiyasi deb ataladi. Transport shinalarining asosiy turlari:
shotisimon va to‘rsimon qilib ishlangan metall shinalar; faneradan ishlangan shinalar, Diterexs-ning
yog‘ochdan tayyorlangan maxsus shinasi.
Shotisimon va to‘rsimon shinalardan foydalanganda ularning kerakli uzunlikdagi bir nechtasi
tanlab olinadi va tananing qaysi qismiga qo‘yilishiga qarab shakli moslanadi (shikastlangan tomon-dan
emas, tananing sog‘lom tomonidan andoza olinadi) va nihoyat, kiyim-bosh ustidan qo‘l yoki oyoqqa
bog‘lab qo‘yiladi. Fanera shinalar yengil, har xil kattalikda bo‘lganidan ularga ma’lum bir shakl berib
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularning ostiga paxta qo‘yilib, qo‘l yoki oyoqqa bint, doka bilan
bog‘lanadi.
Immobilizatsiya uchun fanera bo‘laklari, tayoqchalar, yupqa taxtalar, qattiq karton qog‘oz,
shuningdek, turli uy-ro‘zg‘or buyum-lari, singan joyni qimirlatmaslikka yaraydigan boshqa narsalardan
ham keng foydalanish mumkin. Shunday qilish zarurki, biror jarohatga bog‘lam qo‘yib, uni bog‘lash va
immobilizatsiya qilish jarayonida sinish suyak bo‘laklarining o‘rnidan siljib qolishi hamda yopiq
holatdagi siniqning ochiq siniqqa aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Qaysi suyak qay tariqa singan bo‘lmasin ularni maxsus shinalar yoki qo‘l ostidagi mavjud vositalar
bilan immobilizatsiya qilish oqibatida tananing shikastlangan qismlari transportda tashish vaqtida
fiziologik jihatdan qulay holatda bo‘lsin va zarracha ozor chekmasin.
Boshni lat yeyishi natijasida miya chayqalishi bosh suyagi-ning sinishi kabi baxtsiz hodislar
kuzatiladi. Miya chayqalishi hollarida ko‘pincha bosh og‘rig‘i, nafas siqilishi va ko‘ngil aynashi holatlari
ham uchraydi. Bosh suyakning singanini quloqlar va og‘izdan qon ketishi orqali bilish mumkin. Bu
hollarda jabrlanuvchi hushsiz holatda bo‘ladi. Shifokorning kelishiga qadar lat yegan joyga muz qo‘yib
sovuq holatda ushlash kerak (18-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |