Mavzu: Irodaning sog`liq uchun ahamiyati
Reja:
1.Sport va jismoniy tarbiya psixogigienik tadbirlar sifatida.
2. Iroda jarayoni.
3. Vaqt omili va uning organizm va muhit orasidagi dinamikadagi roli.
1.Sport va jismoniy tarbiya psixogigienik tadbirlar sifatida.
Jismoniy tarbiya inson psixik jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega, chunki markaziy
nerv sistemasi va inson tayanch harakat a`zolari orasila aloqa mavjud. Bu tana va ruhning birligi
miyaning funkttsiyasi va strukturasi bilan belgilanadi. Sket muskulaturada mahsus nerv
hujayralar joylashgan bo`lib, muskul harakatida teskari aloqa printsipi bo`yicha undovchi
impul`slarni miyaga jo`natadi.
E.Jokelning aniqlashicha, keksa gimnastlar, ya`ni butun hayoti davomida sport bilan
shug`ullanganlar, sport bilan shag`ullanmaganlarga qaraganda 10-20 yilga yosh ko`rinadilar.
Sport bilan doimiy shug`ullanuvchilar juda qarigunlaricha, qarilik kasalliklari bilan
og`rimaydilar. Bu ma`lumotlarni Novel` mukofoti laureati Domagka aniqlagan.
Rus olimi Vinogradovning aniqlashicha, o`ng qo`lini doimiy mashq qilgan insonda nerv
jarayonlarining doimiy irradratsiyasi ahibatida miyada chap qo`l mashqlari ishtirok etilmagan
bo`lsada, chap qo`lning mashq qilishi yaxshilanadi. Markaziy nerv sistemesi jarayonlarining
irradratsiyasi «tarqalishi» tufayli chap qo`lga o`tkazilgan tajriba xotirada mustahkamlanadi va
haqiyqiy mashqday idrok qilinadi.
Aqliy faoliyati va mator faolligi orasida ham aloqa mavjud. Bir tamondan, mahsus nerv
hujayralari impul`slar bosh miya po`stlog`i funkttsiyasini qo`zg`aydi, ikkinchi tamondan mator
faolligiga inson ongi, masalan hayol yordamida ta`sir qilishi mumkin.
Ingliz fiziologi Karpenter aniqlashicha, bo`shagan muskulni inson hayolida harakatga
keltirsa, faol muskildek elektr aktivligi kuchiga ega bo`lishi mumkin.Mator apparatining bunday
hayoliy harakati turmushda har birimizga ma`lum. Futbol o`yinini tamosha qilayotgan
tomoshabinlar o`yinchilar harakatini fikran idrok qiladilar. Avtomavil yulovchilari ba`zi
vaziyatlarda yo`q tormozni bosadilar,
Karpenter effektning amaliy ahamiyati katta. Doimiy sport bilan chug`ullanuvchi insonlar
ba`zi qiyin vaziyatlarda tananing bo`shashishi harakatini ko`z oldiga keltirib bo`shashishlari
mumkin. Shunday qilib sport faolligi va mator faollik inson sog`ligiga ijobiy ta`sir qiladi, uning
ruhiy va jismoniy holatini yaxshilaydi.
Sog`liqni saqlash va mustahkamlash uchun sport bilan shug`ullanishida quyidagi qoidalarga
rioya qilishi lozim.
1. Doimiy va davomiylik. Mashq har kuni bir marta kamida besh daqiqa davom etishi
maqsadga muvofiq. Agar mashq haftasiga 3 marta o`tkazilsa, kuniga 15-20 daqiqadan
shug`ullanish zarur. Haftasiga bir marta o`tkaziladigan mashqlar to`g`ri olib borilsa, ish
qobiliyatini saqlashga yordam berishi mumkin, lekin haqiyqiy mashqdagi natijani
bermaydi. Haftasiga bir marta haddan tashqari ko`p shug`ullanish sog`likka ziyon
keltirishi mumkin.
2. Yugirish, gimnastika va sho`milish va boshqa sport turlari tavsiya etiladi. Sog`likni
mustahkamlash uchun oddiy sayr va gimnastika etarli emas. Sport musobaqalaridan
tartib, intizom o`z-o`zini tanqid qilish, iroda kuchi shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |