Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi


D aftardor— xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib  U r boruvchi amaldor. 1. Qo‘qon xonligi qanday tashkil topdi?



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

D aftardor—
xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib 
U r boruvchi amaldor.
1. Qo‘qon xonligi qanday tashkil topdi?
2. Shohruxbiy vorislarining xonlik hududlarini tobora kengaytirib
borishdagi xizmatlariga baho bering.
3. Nega Buxoro xonligi Qo‘qon xonligi tashkil topishining oldini ola
olmagan?
4.
Qo‘qon xonligi davlat tuzumi va davlat mansablarini Buxoro va
Xiva xonliklari bilan taqqoslang.
3 3 -§ . XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asr
boshlarida Toshkent
XVIII asrning ikkinchi yarmida Tosh- 
Toshkent hokimligining 
kent — S hayxontohur, Beshyog‘och, 
tashkil topishi 
Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan.
Ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Bu davr Toshkent 
tarixida to ‘rt hokimlik deb nom olgan. Shahar hokimlarining o‘zaro 
urushlaridan tinkasi qurigan va bu kurashda Yunusxojaning qo‘li 
baland kelayotganini ko‘rgan xalq boshqa hokimlami mansabidan 
chetlatib, butun shaharga Yunusxojani hokim qilib ko‘tardilar. 
Yunusxojaga „Hazrati eshon“ unvoni berilgan, xon deb ham 
yuritilgan. Yunusxoja huzurida xon kengashi tuzildi, kengashga 4 
daha mingboshilari kiritilgan. Kengashda Yunusxoja hokim etib 
tayinlandi.
To‘rt hokimlik tugatilib, 1784-yilda yagona siyosiy hokimiyat - 
ning vujudga kelishi natijasida mustaqil Toshkent hokimligi tashkil 
topdi. Anhoming o‘ng tomonida baland va qalin devor bilan o‘ralgan 
0 ‘rda, ya’ni davlat mahkamasi qurildi. Unda xon qarorgohi, 
devonxona, zarbxona joylashgan. 0 ‘rdani harbiy qism qo‘riqlab 
turgan.


Toshkent hokimligi 
1796-yili Chimkent, Sayram va boshqa
hududlarining kuchayishi 
o‘nlab shahar va qishloqlar Toshkentga
qo‘shib olindi. 1799-yilga kelib Turkiston 
va uning atroflaridan Chu daryosigacha bo‘lgan yerlar, jumladan, 
Qorako‘l mavzeyi Toshkentga qo‘shib olindi. Yunusxoja o‘ziga tobe 
bo‘lgan Katta qozoq juzi yerlaridagi qabilalami boshqarish ishini 
o‘sha urug‘ boshliqlariga topshirdi. Bu bilan u qozoq biylaridan o‘ziga 
tayanch yaratdi. Yunusxoja qozoq qabilalari orasida katta obro‘ga ega 
bolgan. Ayniqsa, Qorakesak bo‘lisi sultoni Bukey Sulton bilan yaqin 
aloqada bolgan. Bukey Sulton va uning o‘g‘illari Toshkentni va rus 
karvonlarini qaroqchilardan himoya qilib, ulami belgilangan joyga 
yetgunicha kuzatib borganlar.
Katta juz qabilalari Yunusxoja qo‘shinida asosiy kuchni tashkil 
etib, uning Qo‘qon xoniga qarshi urushlarida jonbozlik ko‘rsatganlar. 
Toshkent hokimligi Qo‘qon va Buxoro xonliklarini, Orenburg va 
Sibir bilan bog‘laydigan karvon yo‘llari o ‘tadigan Turkiston, 
Chimkent va Sayramni o‘z qo‘lida tutib, Markaziy Osiyo bilan 
Rossiyaning savdo munosabatlarida yetakchilikni qo‘lga olishga 
intiladi. Bu hoi Qo‘qon bilan Buxoroning Toshkentga munosa- 
batini keskinlashuviga olib keldi. Toshkentning Katta qozoq juzi 
ustidan o‘z ta ’sirini kuchaytirishi Qo‘qon xonligining iqtisodiy va 
siyosiy mavqeyini chegaralab qo‘ygan edi. Farg‘ona vodiysini 
Rossiya bilan bog‘lovchi asosiy savdo yo‘li Toshkent orqali o‘tardi. 
Shuning uchun ham Toshkentni b o ‘ysundirish maqsadida 1799- 
yili Q o‘qon xoni Olimxon qo‘shinlari Toshkentga yurish boshlay- 
dilar. Yunusxoja ularga qarshi o‘z qo‘shini bilan chiqib, Chirchiq 
b o ‘yidagi Qorasuv mavzeyida ularga zarba beradi. Bu g‘alaba 
natijasida Sirdaryoning o‘ng sohilidagi Qurama mavzeyi Toshkentga 
qo‘shib olinadi.
Bu davrda Toshkent yirik shaharga aylantirilgan, uni o‘rab 
turgan devoming uzunligi 18 chaqirimga yaqin bo‘lgan. Unda 10 
ming xonadon istiqomat qilgan. Shahar aholisi Rossiya, Qashqar 
va Xitoy bilan ham savdo qilgan. Yunusxoja davrida ikki xil pul: 
rupiya va tanga zarb qilingan. Besh tanga bir rupiyaga teng bo‘lgan. 
Shahar nazorati va soliq yig‘ish Boshchixojaning qo‘lida edi. 
Hokimning to ‘rt maslahatchisi bo‘lgan. Shahar savdosi ustidan 
qozi va devonbegi nazorat qilishgan. Rais shariat qonun-qoidalari 
va bozordagi narx-navo, o‘lchovlar ustidan nazorat qilgan.



Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish