D aftardor—
xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib
U r boruvchi amaldor.
1. Qo‘qon xonligi qanday tashkil topdi?
2. Shohruxbiy vorislarining xonlik hududlarini tobora kengaytirib
borishdagi xizmatlariga baho bering.
3. Nega Buxoro xonligi Qo‘qon xonligi tashkil topishining oldini ola
olmagan?
4.
Qo‘qon xonligi davlat tuzumi va davlat mansablarini Buxoro va
Xiva xonliklari bilan taqqoslang.
3 3 -§ . XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asr
boshlarida Toshkent
XVIII asrning ikkinchi yarmida Tosh-
Toshkent hokimligining
kent — S hayxontohur, Beshyog‘och,
tashkil topishi
Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan.
Ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Bu davr Toshkent
tarixida to ‘rt hokimlik deb nom olgan. Shahar hokimlarining o‘zaro
urushlaridan tinkasi qurigan va bu kurashda Yunusxojaning qo‘li
baland kelayotganini ko‘rgan xalq boshqa hokimlami mansabidan
chetlatib, butun shaharga Yunusxojani hokim qilib ko‘tardilar.
Yunusxojaga „Hazrati eshon“ unvoni berilgan, xon deb ham
yuritilgan. Yunusxoja huzurida xon kengashi tuzildi, kengashga 4
daha mingboshilari kiritilgan. Kengashda Yunusxoja hokim etib
tayinlandi.
To‘rt hokimlik tugatilib, 1784-yilda yagona siyosiy hokimiyat -
ning vujudga kelishi natijasida mustaqil Toshkent hokimligi tashkil
topdi. Anhoming o‘ng tomonida baland va qalin devor bilan o‘ralgan
0 ‘rda, ya’ni davlat mahkamasi qurildi. Unda xon qarorgohi,
devonxona, zarbxona joylashgan. 0 ‘rdani harbiy qism qo‘riqlab
turgan.
Toshkent hokimligi
1796-yili Chimkent, Sayram va boshqa
hududlarining kuchayishi
o‘nlab shahar va qishloqlar Toshkentga
qo‘shib olindi. 1799-yilga kelib Turkiston
va uning atroflaridan Chu daryosigacha bo‘lgan yerlar, jumladan,
Qorako‘l mavzeyi Toshkentga qo‘shib olindi. Yunusxoja o‘ziga tobe
bo‘lgan Katta qozoq juzi yerlaridagi qabilalami boshqarish ishini
o‘sha urug‘ boshliqlariga topshirdi. Bu bilan u qozoq biylaridan o‘ziga
tayanch yaratdi. Yunusxoja qozoq qabilalari orasida katta obro‘ga ega
bolgan. Ayniqsa, Qorakesak bo‘lisi sultoni Bukey Sulton bilan yaqin
aloqada bolgan. Bukey Sulton va uning o‘g‘illari Toshkentni va rus
karvonlarini qaroqchilardan himoya qilib, ulami belgilangan joyga
yetgunicha kuzatib borganlar.
Katta juz qabilalari Yunusxoja qo‘shinida asosiy kuchni tashkil
etib, uning Qo‘qon xoniga qarshi urushlarida jonbozlik ko‘rsatganlar.
Toshkent hokimligi Qo‘qon va Buxoro xonliklarini, Orenburg va
Sibir bilan bog‘laydigan karvon yo‘llari o ‘tadigan Turkiston,
Chimkent va Sayramni o‘z qo‘lida tutib, Markaziy Osiyo bilan
Rossiyaning savdo munosabatlarida yetakchilikni qo‘lga olishga
intiladi. Bu hoi Qo‘qon bilan Buxoroning Toshkentga munosa-
batini keskinlashuviga olib keldi. Toshkentning Katta qozoq juzi
ustidan o‘z ta ’sirini kuchaytirishi Qo‘qon xonligining iqtisodiy va
siyosiy mavqeyini chegaralab qo‘ygan edi. Farg‘ona vodiysini
Rossiya bilan bog‘lovchi asosiy savdo yo‘li Toshkent orqali o‘tardi.
Shuning uchun ham Toshkentni b o ‘ysundirish maqsadida 1799-
yili Q o‘qon xoni Olimxon qo‘shinlari Toshkentga yurish boshlay-
dilar. Yunusxoja ularga qarshi o‘z qo‘shini bilan chiqib, Chirchiq
b o ‘yidagi Qorasuv mavzeyida ularga zarba beradi. Bu g‘alaba
natijasida Sirdaryoning o‘ng sohilidagi Qurama mavzeyi Toshkentga
qo‘shib olinadi.
Bu davrda Toshkent yirik shaharga aylantirilgan, uni o‘rab
turgan devoming uzunligi 18 chaqirimga yaqin bo‘lgan. Unda 10
ming xonadon istiqomat qilgan. Shahar aholisi Rossiya, Qashqar
va Xitoy bilan ham savdo qilgan. Yunusxoja davrida ikki xil pul:
rupiya va tanga zarb qilingan. Besh tanga bir rupiyaga teng bo‘lgan.
Shahar nazorati va soliq yig‘ish Boshchixojaning qo‘lida edi.
Hokimning to ‘rt maslahatchisi bo‘lgan. Shahar savdosi ustidan
qozi va devonbegi nazorat qilishgan. Rais shariat qonun-qoidalari
va bozordagi narx-navo, o‘lchovlar ustidan nazorat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |