Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi


Qoraqalpoqlarning turmush tarzi haqida so‘zlab bering



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

1. Qoraqalpoqlarning turmush tarzi haqida so‘zlab bering.
• 2. Qoraqalpoqlar qanday shaharlarni barpo etganlar?
3. ,,Qirqqiz“ dostonida qanday g‘oyalar kuylanadi?
3 1 -§ . XVIII—XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi
Qoraqalpoq yozma 
X V III 
asrdan boshlab qoraqalpoq yozma 
adabiyoti 
adabiyoti shakllandi va rivojlana bordi.
XVIII—XIX asming birinchi yarmida 
qoraqalpoq adabiyotining ko‘zga ko‘ringan qator namoyandalari 
qalam tebratganlarkim, ularning nomlari bugungi kunda ham 
ardoqlanadi.
Ulardan biri Jiyen Jirov (1730—1784) edi. U mashhur baxshi 
sifatida kamol topdi. Ayni paytda, she’rlar ham bitdi. „Hoy yigitlar, 
yigitlar“ , „Xayr endi, do‘stlar“ , „Yuragimda ko‘p dog‘im “ , 
„Tuyani ber“ kabi she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklami tanqid 
qiladi. Jiyen Jirov hajviy she’rlar ustasi ham edi. U „Hoy, xonimiz, 
xonimiz“, „Xon yonida to ‘ralar“ kabi hajviy she’rlarida hukmron 
tabaqalaming kirdikorlarini, xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini fosh 
etadi.
Qoraqalpoqlar
— erksevar xalq. Shuning uchun ham ular 
doimo o‘z erklari uchun ozodlik kurashi olib borgan. M a’lumki, 
qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar 
yengilib qolgan edi. Bu maglubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga 
duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlar har 
yoqqa tarqab ketgan. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga


(Chirchiq b o ‘ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali 
Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ko‘chib ket- 
gan. M ana shu ko‘chishlarning guvohi b o ‘lgan Jiyen Jirov 
„Darbadar el“ nomli doston yozib, qoraqalpoqlarning mashaq- 
qatli davri tarixini bayon etgan.
Qoraqalpoq adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan yana 
biri Kunxo‘ja Ibrohim (1799—1880) edi. Uning butun umri 
muhtojlikda o‘tgan. Shoiming ,,0 ‘roqchilar“ , ,,Cho‘ponlar“ kabi 
she’rlari xalq orasida keng tarqalgan bo‘lib, ularda qoraqalpoq 
xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og‘ir 
ahvoli, erksiz turmushi o‘z ifodasini topgan. „Е1 bilan“, „Boy 
bolasi“ , „Mening bolam “ she’rlarida esa hukm ron tabaqalar 
kirdikorlarini fosh etadi. ,,Unutmasman“ hamda „Tuya ekansan“ 
she’rlarida u Xiva xoni ustidan kuladi.
shoirlaridan biridir. M o‘ynoqdagi eski maktabda o‘qigan. Keyin 
Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida ilm olgan. Shoiming ,,Bo‘zatov“ 
dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ко‘chib ketishga 
majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz 
shoiming ,,Kerak“ , ,,Bo‘ladi“ , ,,Yaxshi“, ,,Yigitlar“ she’rlarida 
vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari, falsafiy qarashlari ifoda- 
langan. Ajiniyozni butun Markaziy Osiyoga tanitgan „Qiz Mengesh 
bilan aytishuv“ asari edi.
1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. 
Nukusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o‘matildi.
ismi Berdimurod Qarg‘aboy o ‘g‘li) nom i bilan m ashhurdir. 
Berdaq aw al ovul maktabida, so‘ngra madrasada tahsil ko‘rgan. 
U Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli, Kunxo‘ja asarlarini chuqur 
mutolaa qilgan, ulardan o‘rgangan. Berdaq tarixni, xalq og‘zaki 
ijodini m ukam m al o ‘zlashtirib oladi. U ning ijodi 18—19 
yoshlarda do‘mbira chertib, she’r aytishdan boshlangan. 25 
yoshida u iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning 
,,Bo‘lgan em as“ , ,,U m rim “ , she’rlarida m ehnatkash xalqning 
og‘ir hayoti o ‘z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga 
qarshi xalq noroziligi ifodalangan. ,,0 ‘g‘limga“, „Ahm oqbo‘lma“

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish