on
a о isi
m a’lumotlarga ko‘ra, Xiva aholisining
soni 800 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat’iy bo‘lmas-
dan, xonlik hududining kengaya borislii bilan xonlik fuqaroligini
qabul qilganlaming soni ko‘payib borgan.
Xonlik poytaxti Xiva shahri aholisining katta qismi o‘zbek-
lardan, asosan, qo‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz, qang‘li,
xitoy, qipchoq kabi uruglardan iborat bolgan. Undan keyingi
o‘rinlami turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan.
Ularning har biri, asosan, o‘zlariga ajratilgan yerlarda joy
lashgan. Har biri alohida-alohida kanalga ega bo‘lishgan. Har bir
qabila o‘zlariga qarashli sug‘orish inshootlarini tiklash va ta’mirlash
ishlarida qatnashgan. Har bir qabilaning kanali ham shu qabila
nomi bilan atalgan.
„ . ^
.
Xonlik mutlaq monarxiya bo‘lib, oliy
Davlat tuzumi va
, ,
,
,
, ; ,
,
, .
,. . .
hukmdor — xon davlat boshlig l edi.
boshqaruv tizimi
, , ,
.
,
,., ,
, ,. , .
Ma muny jihatdan xonlik hududi 15 ta
viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Q o‘shko‘pir,
G ‘azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, A m bar-M anoq,
Gurlan, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Chumanoy va Qo‘ng‘irot)
va 2 ta noiblikka (Beshariq va Qiyot-Qo‘ng‘irot), shuningdek,
xonning bevosita o‘ziga bo‘ysundirilgan tumanlarga bolingan edi.
Davlat boshlig‘i
— xon hokimiyati vakolati nasldan naslga
o‘tgan. Xondan keyingi o‘rinda dastlabki asrlarda
inoq
turgan.
XIX asming birinchi yarmidan boshlab esa inoqning mavqeyi
pasaya borgan. M uham m ad Rahim xon I davrida nufuzli
amaldorlardan iborat Devon tuziladi. Devon davlat hayotiga oid
masalalami hal etgan. Devonda xondan keyingi o‘rinda
qo ‘shbegi
turadigan bo‘ldi. U xonning birinchi yordamchisiga aylandi.
Xonning barcha yorliq va farmonlari uning qo‘lidan o‘tgan.
Qo‘shbegidan keyingi o‘rinda
mehtar
turgan. U xonlikning moliya
vaziri edi.
Bundan tashqari,
devonbegi, shayxulislom, qozikalon
,
eshon
rais, mirzaboshi, mirshab, mahram, katta beklar
(viloyat va katta
shaharlar hokimlari),
kichik beklar
va
xon maslahatchilari
kabi
turli lavozimlar bolgan. Xonning ishonchli vakil lari hisoblangan
inoqlaming mavqeyi kuchli bo‘lgan davrlarda ulardan 5 kishi
a’zo b o ‘lgan „Xon kengashi“ (maslahat kengashi) faoliyat
ko‘rsatgan.
Xonga sadoqat bilan xizmat qilganlaming lavozimlari ba’zan
o‘g‘illariga meros qilib berilgan. Viloyatlarni beklar, noibliklami
xon tayinlagan noiblar boshqargan. Ular, asosan, moliya va
mirshablik vazifalarini bajarganlar.
Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining
biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan.
Ularning lavozimlari nasldan naslga meros b o ‘lib o ‘tsa-da,
nomzodini xon tasdiqlashi shart bo‘lgan.
Yer e ajj j
Xonlikning asosiy boyligi yer hisob-
lanardi. Bu yerlar sug‘oriladigan (axya)
va sug‘orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga
ko‘ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bolingan.
1. Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar).
3. Vaqf yerlari.
Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli
amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlaming
deyarli yarmiga egalik qilishgan. Amaldorlaming yerlari 2—3 ming
tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari undan ham
katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar
davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yerlarida
va xususiy mulk yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilganlar.
Ijara yerlarining hajmi 10 tanobgacha bo‘lgan.
Xon va boshqa xususiy mulk yerlarida dehqonchilik qiluvchilar
yarimchilar
deb atalgan. Bunday deb atalishiga ular yetishtirgan
hosilning yarmini ijara haqi uchun berganliklari sabab bo‘lgan
edi.
Xonning qarindoshlari o‘z xususiy yerlaridan davlatga soliq
to ‘lamas edilar. Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar,
tarxon yer olganlar ham ozod etilgan edilar.
Mayda yer egalari tobora xonavayron bo‘lib borganlar. Oxir-
oqibatda, ular yerlaridan judo bo‘lganlar.
Shaharlaming iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishi, yirik
sanoatning mutlaqo yo‘qligi oqibatida G ‘arbiy Yevropa davlatlarida
yersiz dehqonlar shaharga ish izlab borishdek imkoniyatga ega
bo‘lmagan. Oqibatda, ular qishloqda qolishga majbur bolganlar.
Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi.
Shu bois Amudaryodan suv chiqarishga e ’tibor berildi. XVIII
asrning 70-yillarida Davkor ko‘li yonida kanal, XIX asr
boshlarida esa Lavzan, Qilich Niyozbiy, Katta Xonobod kanallari
qurildi. Bu tadbirlar yerlarni sug‘orish holatini yaxshilashga
ko‘maklashdi.
Xiva xonligida soliq va majburiyatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |