Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

Boshqaruv hokimiyatini 
Boqi M uham m ad (1601 1605) m am - 
mustahkamlash uchun 
lakat sarhadlari jipsligini m ustahkam - 
kurash 
lash, boshqaruv tizim in i izga solish
u c h u n k o ‘p urindi. 1602-yilda E ron 
safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan b o ‘ysundirdi va ukasi 
Vali M uham m adni hokim etib tayinladi. 1603-yilda E ron 
safaviylarining Balxga hujum qilgan qo‘sliinlarini mag‘lubiyatga 
uchratdi. Boqi M uham m ad Toshkent uchun qozoq sultonlariga 
qarshi kurashdi. 1604-yilda qozoq xoni K eldim uham m ad 
q o ‘shinlarini m am lakat hudu d id an haydab chiqarib, qator 
hududlarni Buxoro xonligiga b o ‘ysundirdi.
1605-yilda Boqi M uham m ad vafot etgach, uning ukasi Vali 
M uham m ad taxtga o‘tqizildi. Ichki kurash yana avj oldi. Qabila 
beklari xon hokimiyatiga b o ‘ysunmay, muxolifatchilikni kuchay-


tirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan 
xabar to pgan Vali M u h am m ad farzand larin i olib E ronga 
qochadi. Amirlar taxtga Boqi M uhammadxonning o ‘g‘li Imom - 
qulixonni (1611—1642) o ‘tqizdilar. U Vali Muhammad boshlab 
kelgan Eron qo‘shinlarini tor-m or keltirib, mamlakat musta- 
qilligini saqlab qoldi. Vali M uhamm ad asir olinib, qatl etildi. 
Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari 
u c h u n qozoqlar, asosiy negizi o y ro tlard an kelib ch iq qan
jung‘orlar va qalmiqlarga ham da qoraqalpoqlarga qarshi muvaffa- 
qiyatli kurash olib bordi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan 
qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o ‘z tasarrufiga kiritdi. 0 ‘g‘li 
Iskandar Sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar 
Sulton boj, xiroj va boshqa soliqlami ko‘paytirib, aholiga qattiq 
zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va 
Iskandar Sulton oldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Im om ­
qulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi. Q o‘zg‘olonchilar ayovsiz 
jazolandi, Iskandar xuni uchun aholi qirg‘in qilindi.
Imom qulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan 
mustahkamlandi. Imom qulixondan keyin taxtni egallagan N odir 
M uham m ad (1642—1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik 
yana kuchaydi. Xonning o ‘zi mamlakatning asosiy viloyatlarini 
12 nafar o ‘g ‘li, 2 nafar jiyani va nabirasiga mulk qilib taqsimlab 
berdi. Oqibatda davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645-yilda 
qozoqlar yana M ovarounnahrga yurish qilib, X o‘jandgacha yetib 
keladilar. N od ir M uham m ad ularni quvib chiqarish uchun 
o‘g ‘li Abdulaziz boshchiligidagi katta qo‘shinni safarbar etadi. 
X ondan no ro zi b o ‘lgan b ir guruh am irlar yurish davrida 
Abdulazizni xon deb e ’lon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga keladi, 
aslzodalar uni taxtga o ‘tqizadilar.
N odir M uham m ad Balxga qochib ketadi va toj-u taxtni 
qaytarib olish maqsadida H indiston podshohi temuriyzoda Shoh 
Jahondan yordam so‘raydi. Shoh Jahon Balx viloyatini o‘ziga 
b o ‘ysundirish m aqsadida u yerga o ‘g‘illari M urodbaxsh va 
Avrangzeb boshchiligida katta qo‘shin yuboradi. N odir M uham ­
m ad Shoh Jahon o ‘g‘illari yordamga emas, Balx viloyatini 
egallash uchun kelayotganini bilgach, ularga qarshi chiqadi. 
M aymana yo‘lida b o ‘lgan jangda N odir M uham m ad yengilib, 
Eronga qochadi va shoh Abbos huzurida panoh topadi.
1647-yilda Shoh Jah o n o ‘g ‘illari Balxni egallaydi. N o d ir


M uham m ad shoh Abbos yordamida Balxni qayta egallaydi. Bu 
voqealardan tashvishga tushgan Abdulazizxon ukasi Subhonquli 
yetakchiligida Balxga katta qo‘shin yuboradi, 1651-yilda Subhon­
quli Balxni egallaydi va u Balx hokimi etib tayinlanadi. N odir 
M uhamm ad Makkaga hajga borayotib yo‘lda vafot etadi.
Abdulazizxon davrida (1645—1681) Xiva xonlarining talonchilik 
yurishlari kuchayadi. 1655- yilda Xiva xoni Abulg‘oziyxon katta 
qo‘shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj 
qiladi. Q orako‘l aholisining bir qismini asir olib, K arm anani 
vayronaga aylantiradi. 1658-yildaVardonzeni talab, 1662-yilda Buxoro 
shahrigacha yetib boradi.
Tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar Buxoro xonligining ijti- 
m oiy-iqtisodiy ahvolini m urakkablashtirib yuborgandi, siyosiy 
vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1681- yilda 
taxtdan voz kechib, Makkaga hajga ketadi va o ‘sha yerda vafot etadi.
Abdulazizxondan keyin taxtga o ‘tirgan Subhonqulixon (1681— 
1702) davrida ham ahvol o ‘nglanmadi. Subhonqulixon, bir tom on- 
dan, Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o ‘g‘illariga qarshi, 
ikkinchi tom ondan, M ovarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga 
qarshi urushlar qilishga majbur b o ‘ldi. U chinchi tom ondan, Xiva 
xoni Anushaxon qo‘shinlari hujum qilib, Buxoro, K arm ana va 
Vardonzeni egalladi, hatto Samarqandni ham ishg‘ol qildi. Samar- 
qandda Anushaxon nomiga xutba o ‘qitilib, uning nom idan tanga 
pullar zarb etiladi.
S ubhonqulixon qatag ‘on u ru g ‘idan b o ‘lm ish B adaxshon 
hokimi M ahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo‘shinlarini Samar- 
q an d d an quvib chiqarishga erishdi. S am arq an d liklar q attiq
jazolandi. So‘ngra Balxga yurish qilib, isyonkor o ‘g ‘li Siddiq 
M uhamm adga zarba beradi va zindonband qilib, o‘ldiradi. Balx 
hokim ligi 
yuz
qabilasining sardori M uham m ad hoji otaliqqa 
topshiriladi. Subhonqulixon Balxdaligidan foydalangan Anushaxon 
Buxoro atroflariga yana bostirib kelib, u yerlami talon-taroj qiladi 
va katta o ‘ljalar bilan qaytib ketadi. Subhonqulixon fitnasi bilan 
1686-yilda Xiva xoni Anushaxon ko‘ziga mil tortilib ko‘r qilinadi 
va taxtdan tushiriladi. Subhonqulixon 1688-yilda Xivadagi tarafdorlari 
xizm atidan foydalanib, Xiva xoni Erengxonning o ‘ldirilishiga 
erishadi va Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olinadi. Subhon­
qulixon Amir Shohniyozni Xivaga hokim etib tayinlaydi.
Qirg‘in-barot urushlar, ichki nizolar mamlakat iqtisodiyotini 
chuqur tanazzulga tushiradi.



• Ashtarxondan Buxoro xonligiga ko‘chib kelgan Jo ‘ji avlodlari 
ashtarxoniylar deb atalgan.
• 1601- yilda Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi hukm ­
ronligi o ‘matildi.
• Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi Buxoro xonligida 1,5 
asrcha davom etdi.
Ashtarxoniylar — bu... 
Zuhrabegim — bu...
Safaviylar — bu... 
Otaliq — bu...
1. Shayboniylar sulolasining taxtdan ag‘darilishiga nimalar sabab 
bo‘ldi?
2. Ashtarxoniylar Buxoroga qanday kelib qoldilar?
3. Boqi Muhammadxon qachon va qanday yo‘l bilan Buxoro xonligi 
taxtini egalladi?
4.
Boqi Muhammadxon Balx va Toshkent uchun qachon va kimlar- 
ga qarshi kurashdi?
5. Imomqulixon mamlakat mustaqilligini saqlash yo‘lida qanday 
tadbirlar ko‘rdi?

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish