Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
Shunday qilib, o‘zbek pedagogikasi tarixi turli davrlardagi g‘oyalar, ma’rifiy-pedagogik
qarashlar, taiim-tarbiya jarayonlari asosida rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Safo Ochil. M ustaqillik m a’naviyati va tarbiya asoslari - Т.: « O‘qituvchi» nashriyoti,
1995.
2. Z. Mirtursunov. «Xalq pedagogikasi». - Т., 1994
3. www.ziyouz.com
56
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
BOLALARNING RUHIY RIVOJLANISHIDA O’YINNING AHAMIYATI
Pardayeva Munira Saidahmad qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
2-kurs talabasi
Annotatsiya:
bu maqolada bolalarning psixik taraqqiyotida o’yinning muhim o’ringa ega
ekanligi u orqali bolalarda estetik zavqlanish kuzatilishi, dam olish va xushchaqchaqlik, kabi
qismlar mujassamlangandir, o’yin orqali yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati naqadar
katta ekanligi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
faoliyat nazariyasi, mazmunli, syujetli, rolli o’yinlar, kategoriyalar, vazifalar,
tadqiqotlar.
O’yin faqat bilish jarayonlarni takomillashtiribgina qolmay balki, bolaning xulq-atvoriga
ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan har bir bolaning
o’z xulqini boshqarish xulqini tarkib toptirish, bilan bog’liq psixologik muommoni o’rgangan
Z.V.Manuylekoning fikricha biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan o’yinda xulq
ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin. Xususan o’yin faoliyati haqida so’z
yuritsak, avvalambor uzluksiz ta’limning yetakchi asosiy bo’g’ini maktabgacha talim tashkilotini
rivojlantrishimiz zarurdir. Bu borada Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev joriy yilning 8-may kuni
maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi
qarorni imzoladi. Qarorda o’tgan davr mobaynida o’sib borayotgan avlodni sog’lom, va har
tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim tarbiya jarayoniga maktabgacha ta’limning samarali
tizimini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Mutaxasiss va pedagoglarning
ilmiy xulosalariga ko’ra inson o’z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning
70%ni 5 yoshgacha bo’lgan davrda oladi. A.P.Usovaning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha
mazmunli va rolli o’yin ishtirokchilarning safi yosh ulg’ayishiga qarab guruh va jamoa tarzda
kengaya boradi.
1. 3-yoshli bolalar 2-3tadan guruhga birlashib 10-15daqiqa o’ynay oladilar.
2. 4-5 yoshlilar guruhi 2-3tadan ishtirokchidan iborat bo’lib, ularning hamkorlikdagi faoliyati
40-50 daqiqa davom etadi. Va bu o’yinda qatnashuvchilarning soni ham ortib boradi. 3. 6-7
yoshli bolalarda rolli o’yinni jamoa bo’lib birga o’ynash istagi vujudga keladi, natijada
avval roller taqsimlanadi.
Mashhur pedagoglar, mutafakkirlar, yozuvchilarning o’yinga doir
qimmatbaho fikrlarni qoldirganlar. Xususan bu borada A.S.Makarenkoning fikricha, bolalarning
o’yin faoliyati, ularni jismoniy psixik jihatdan rivojlanishlariuchun birdan - bir vositadir. Katta
odamlar uchun mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli bo’lsa, bolalar uchun ham o’yin faoliyati
shunchalik katta o’ringa egadir. O’yin bolalar hayotida shunday bir katta o’ringa egadirki, unda
bolalarga mansub bo’lgan mehnat ham, kirishimlik holati ham, do’stlar bilan qanday muloqotda
bo’lishida ham katta o’ringa egadir. O’yin maktabgacha ta’lim tarbiya ishlarida eng asosiysi
hisoblanib, u markaziy o’rin tutadi. Demakki, maktabgacha yoshdagi ta’lim tarbiya ishlarining
muvaffaqiyati ko’p jihatdan bolalarning o’yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq ravishda tashkil
qila olish bilan bog’liqdir. Bolalarning haddan tashqari o’yinga berilib ketishini real voqelikdan
chetga chiqib ketish deb qaramaslik kerak. Bola voqelikni ya’ni o’zi yashab turgan muhitni va
undagi turli-tuman narsa hamda hodisalarni juda sevadi. Bola o’zining voqelikda bo’lgan cheksiz
muhabbatini va undagi narsa hamda hodisalarni bilishga bo’lgan intilishini o’zining xilma -
xil o’yin faoliyatlarida ifoda etadi. Bu borada birinchi tadqiqot ishlari nemis pedagogi Frebel
tomonidan o’rganildi. Frebel o’z tadqiqotlarida bolaning dunyoga kelgan birinchi kunlaridanoq
bilish jarayonlarni rivojlantirish zarurligini aytadi. Bolaning rivojlanishini o’yinchoqsiz tasavvur
etib bo’lmaydi. Aynan o’yinchoq bolaga o’z his-tuyg’ularini namoyon etishga, atrof- hayotni
o’rganishga ijtimoiy munosabatlarga kirishishga o’z-o’zini anglashga o’rgatadi. Bu borada
maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkilotlarida tarbiyalanayotgan o’rta va katta guruhni oladigan
bo’lsak, bu yoshdagi bog’cha bolalari o’yinchoqlar bilan o’ynaganlarida guruh bo’lib, o’ynashni
xush ko’radilar. Chunki ularni kichik guruhi bolalari kabi ayrim narsalarni emas balki, atrofdagi
eng yaqin odamlarning onasi, otasi, tarbiyachisi, mudirasi kabilarning qanday ishlar bilan
mashg’ul bo’layotganliklari ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga mazmunli-
rolli o’yinlarga uy-ro’zg’or ishlariga mehnat qurollariga doir o’yinchoqlarni berish maqsadga
57
Do'stlaringiz bilan baham: |