Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Nazorat uchun savollar 
1.
Kreditning bahosi tushunchasini tushuntirib bering.
2.
Nominal va real foiz stavkasini izohlang. 
3.
Oddiy va murakkab foizlar, ularni hisoblash tartibini tushuntirib bering.
4.
Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlarini aytib bering. 
5.
Qisqa muddatli pul bozorida kreditlar bahosining shakllanishini yoritib 
bering. 
6.
Kapital bozorida o‘rta va uzoq muddatli kreditlar bahosining 
shakllanishini ochib bering. 
7.
Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillarni mohiyatini yoritib bering? 
8.
Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasini izohlang. 
9.
Markaziy bankning lombard stavkasini iqtisodiy mohiyatini ochib bering. 


139 
XII BOB. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI 
Reja: 
12.1. Banklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan tarixiy shart-
sharoitlar.
12.2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
12.3. Bank tizimi va uning shakllarini kengayishi. 
12.4. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari. 
 
Tayanch iboralar: 
bank, tijorat banklar, markaziy bank, ikki pog‘onali 
bank, pul muomlasi, naqd pul emissiyasi, nazorat, bank tizimi, tovar-pul 
munosabatlari. 
 
12.1. Banklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan tarixiy shart-
sharoitlar. 
Banklar paydo bo‘lishining asosi bo‘lib tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo‘lishi va ularning 
rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy to‘zumlarda banklarning ham bo‘lishini 
taqozo qiladi. 
Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa 
davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik 
puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha 
foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul 
almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. 
Bank so‘zi italyancha “banca” so‘zidan olingan bo‘lib “stol”, banknota 
“pullik stol” degan ma’noni anglatadi. O‘rta asrlarda italiyalik puldorlar 
hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustida qo‘yib hisob-kitob qilganlar. 
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb atashgan. 
Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u 
o‘tirgan stol sindirib tashlangan
 
va uni “Vapso rotto”, yani bankrot deb atashgan. 
Ya’ni, bizga ma’lum bo‘lgan “bankrot” so‘zi ham “banca” so‘zidan olingan. 
Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib XVI asrda 
Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. 
Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilgan, ular o‘rtasida 
naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o‘z mijozlarini monetalar 
tarkibi buzulishidan zarar ko‘rishdan himoya qilishgan. Ular hisoblarni ma’lum 
summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan. 
O‘zlarining bo‘sh pul mablag‘larini jirobanklar davlatga qarzga, shaharlarga, chet 
el savdogarlariga ssuda bergan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va 
rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin (oltinni saqlab 
berish) bilan shug‘ullanuvchilar (masalan, Londonda bank ishini ilk bor 
rivojlantirgan Chayld nomli puldorni aytish mumkin) va savdogarlardan kelib 
chiqqan. 
Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni “
trapezida
” (grekcha-
stol), Qadimgi rimda “
mensarilar” 
(
 
lotincha-stol) deb atashgan. 


140 
Dastlabki 
banklar 
valyuta 
ayirboshlash 
operatsiyalaridan 
tashqari, 
odamlarning pul boyliklarini saqlash va omonatchilarga hisob-kitob xizmatlari 
ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanganlar. Keyinchalik bankirlar shu narsani 
tushindiki, bankda harakasiz yotgan pullarni ma’lum foiz evaziga berib daromad 
olish mumkin. Shu tariqa banklarning kredit operatsialari paydo bo‘lgan. 
Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
harajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan 
bog‘liq bo‘lgan. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi savdo-sotiq 
munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning 
rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb 
qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun xaqning pul shaklida to‘lanishi, 
doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishini esa bank tomonidan 
boshqarish zarur edi. Shunday qilib, banklar faoliyat ko‘rsata boshladi va ular 
mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara 
boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o‘laroq bankir tadbirkor sifatida ish olib 
borgan. 
Agar sanoat sohasidagi puldor o‘z kapitalini sanoatga, savdogar o‘z 
mablag‘ini savdoga qo‘ysa, bankir o‘z kapitalini bank ishiga qo‘yadi. Ssuda 
kapitalisti asosan o‘zining bo‘sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan 
jalb qilingan mablag‘larga tayanadi. Ssudaga mablag‘ beruvchi puldorning 
daromadi ssuda foizi bo‘lsa, bankirning daromadi bank foydasi hisoblanadi. 
Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo‘sh pullarini jalb qilish 
orqali katta hajmdagi kapitalni o‘z qo‘llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi 
kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular 
faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar – kredit muassasalariga 
aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‘jaligi mavjud bo‘lgan bo‘sh 
mablag‘larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Bank o‘z 
faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo‘ladi. Bu daromad bank jalb qilgan 
resurslarga yo‘naltirilgan foiz va joylashtirgan resurslar bo‘yicha oladigan foiz 
o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. 
Banklar faoliyati rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 

Davlat va aholi tomonidan banklarga bo‘lgan ishonchning ortishi ularning 
ixtiyoridagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni bankka jalb qilish imkonini beradi. 
Keyinchalik ishlab chiqaruvchi koxonalar ham o‘z pul mablag‘larini depozit 
sifatida banklarga joylashtira boshladi 

XVI asrda Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va 
kumushning kirib kelishi Italiya va Gollandiya banklarining monopoliyasiga 
barham berdi. Natijada Yevropada banklararo raqobat shakllandi. 

Banklar faoliyati rivojlanib borishi bilan ular endigna qimmatli qog‘ozlar 
bzorida paydo bo‘lgan. Shu tariqa banklarning yangi operatsiyalari paydo bo‘ldi. 

Banklar o‘zining spitsifik ya’ni “o‘ziga xos” xususiyatiga ko‘ra milliy 
to‘lov tizimining tayanchiga aylantirildi. Endi iqtisodiyotdagi barcha to‘lovlar 
banklar orqali o‘tadigan bo‘ldi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi mavqeini keskin 
oshirdi. 


141 
Birinchi Markaziy bank 1650-yilda Shvetsitaning 
Riks banki;
1694-yilda Angliya Markaziy banki; 
1800-yilda Fransiya Markaziy bani; 
1893-yilda Italiya Markaziy banki ; 
1913-yilda AQSh federal zahira tizimi tashkil etildi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish