VI. Foizlarni o‘stirmaslik maqomiga ega bo‘lgan kreditlar va ularga
hisoblangan foizlar miqdorining o‘zgarishi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi
“Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘stirmaslik siyosati
to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz
hisoblashni to‘xtatadilar:
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy
summasini va foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan
holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy
summasini va unga hisoblangan foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga
kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan
mustasno;
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni
qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda
shubxa uyg‘otgan holda.
Foiz hisoblash to‘xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi
tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda
tegishli foizli daromadlar hisobraqami debetlanadi, 16309- “Hisoblangan, lekin
undirilmagan foizlar” hisobraqami kreditlanadi.
VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob’ektlaridan foydalanish
samaradorligi.
Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida
berish kredit siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli,
garov ob’ektlaridan unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat
136
kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor garov ob’ektlarini sotish evaziga kreditlarning
asosiy qarz summasi va ularga hisoblangan foizlarni undirishga qaratiladi.
VIII. Tijorat banklarining yetarli darajada barqaror resurs manbalariga ega
ekanligi
.
Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati
bevosita ularni yetarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.
Hozirgi kunda kredit siyosatini to‘zishda har bir tijorat banki mustaqil
bo‘lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib
bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo‘jalik sub’ektlarini
kreditlash funksiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun banklar
faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor,
banklarning kredit siyosatini turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur.
Banklar oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan
kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini
oqilona tanlash va o‘tkazishni taqazo qiladi.
Tijorat banklarining qayta moliyalashtirish siyosati -bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qog’ozlarni garovga olgan holda
kreditlar berish va kredit auksionlarni o‘tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan
kelib
chiqqan
holda
markaziy
bankning
qaytacmoliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan
kreditlash,
- tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan
kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank o‘rnatilgan qoidalarga asosan,
kuyidagi aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo‘lgan muddatda kreditlar
berishi mumkin:
- oltin, chet el valyutasi, xalqaro zahiralar toifasiga kiruvchi valyuta
boyliklari va boshqa boyliklar;
- davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan. boshqa
qarz vositalari;
- Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun
maqbo‘l bo‘lgan, harid qilinishi va sotiltishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank
ular bilan ushbu qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin
bo‘lgan aktivlar;
- to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida kreditlar
berilishi mumkin.
Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foizlar
to‘lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag‘i
bo‘yicha kredit tartibiga o‘xshashdir.
Asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash maqsadida to‘zilgan pul hisob - kitob
hujjatlari pulini to‘lash uchun qabul qilinadi. Qarz oluvchi bankka garovga
137
qo‘ygan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga foizlar
qo‘shilmaydi.
Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib kredit shartnomasi tuzilgandan keyin
bank qimmatli qog‘ozlar emitentiga uning qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish
bitimi tuzilganligini hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar kiritilishi
lozim bo‘lgan depozit hisobvarag‘i raqamini ma’lum qiladi.
Lombard krediti beriladigan hollarda garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar
bo‘yicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit
hisobvarag‘iga qo‘yiladi (depozit shartnomasini rasmiylashtirmasdan) va, birinchi
navbatda, ularni saqlash harajatlarini qoplashga, shuningdek, kreditdan foydalanish
uchun foizlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Kredit jarayonida bank garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi
birja kursidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning
boshqa turlari yordamida axborot to‘plab boriladi.
Kredit davomida fond birjasida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, garovga
qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati pasaygan bo‘lsa, u holda kredit
qo‘mitasining qaroriga muvofiq qarz oluvchiga shu summada qo‘shimcha ta’minot
berish talabi bildirilishi yoki kredit miqdori qaytariladi.
Tovar (mol) garovi ostidagi lombard krediti
. Lombard krediti uchun garov
ko‘rinishida faqatgina nisbatan baholi tovarlar, qaysiki ularning savdosi birjada
yuritilishi, tovar partiyasini miqdori va sifatini belgilash bilan bir vaqtda bahosini
ham aniqlash imkonini berishi shartidir.
Qimmatbaho metall garovi ostidagi kredit
. Bu lombard kreditining eski
usullaridan bo‘lib, hozirda u juda kam ishlatiladi. Garovni baholashdagi qiymati bu
asosan oltin tangalar, slitkalar, kumush, platina va boshqalar qariyb 95% foiz
qimmatbaho metall narxiga mos keladi.
Lombard krediti
-
kreditlashning bu usuli asosan likvid mol mulk
hisoblangan tillo taqinchoqlar garov asosida kredit berishga asoslanadi. Bu kredit
muassasi uchun deyarli risk darajasi past hisoblanadi. Chunki tillo buyumlar
eskitdan yuqori likvidli tovar sifatida tarixga ega. Biz kreditlashning bu usuli orqali
pul mablag‘lariga muhtoj bo‘lgan ishlab chiqarish va savdo majmualarini
moliyaviy qo‘llab quvvatlnib boriladi.
Shu tarzda Markaziy banklar bozorlarning o‘rtacha foiz stavkalarini
belgilaydi.Bu mazkur sharoitda barcha bozorlar xususan kredit va kapital bozorlari
uchun bazaviy foiz stavkalari qabul qilinadi.
Bank kredit siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish bilan
chambarchas bog‘liq. Bank resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar,
jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlaridan tashkil topadi.
Shuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan resurslar ichida banklararo kredit ham
alohida o‘rin egallaydi.
Depozitlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan
olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan beriladigan kreditning foiz
stavkalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Kredit siyosatining aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish har bir
bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos bo‘ladi. Bank
138
tomonidan to‘plangan resurslarni to‘g‘ri va oqilona joylashtirish bankning kredit
siyosatining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kredit siyosati sifatiga va holatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini to‘g‘ri
joylashtirish va oldindan ko‘zlangan daromad olish imkoniyati yaratiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |